+ Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo`ydi
Download 122 Kb.
|
yakuniy 2-kurs uchun 200 ta test (2)
#Yonboshingizdagi ulug`vor tog`lar, jonning huzuri, g`ir-g`ir shaboda … Sut, qimiz serob, – hazillashdi Komila. Berilgan gapda jarangli portlovchi til undoshi bilan boshlanuvchi nechta bo`g`in bor? + 6 ta - 8 ta - 10 ta - 12 ta #Berilgan gaplarning qaysi birida payt mazmunini bildirgan ravishdosh shakli qo`llangan? + Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo`ydi. - Ona kelar yo`lda yugurib, Ko`ringandan qizini so`rab. - Yodgor kelib-kelmay hasharni adog`iga yetkazdi. - Doirani olgandan so`ng, chalgani odam izlab ketdi. #Erkin ertaki ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. Gapda yasama so`zlarning yasalishi uchun asos bo`lgan so`zlar qaysi turkumga mansub? +ot, ravish, fe’l -sifat, ravish -ot, sifat, ravish -ravish, fe’l #Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak, chunki bir bor chekkan ohing, mingta doston, o`zbegim. Berilgan gapda old qator unlisidek talaffuz qilinuvchi “a” necha o`rinda ishlatilgan? +8 ta -7 ta -9 ta -6 ta #Qaysi gapda fonetik o`zgarish hodisasi faqat yasovchi qo`shimcha qo`shilishi bilan so`zning asos qismida yuz bergan? +U tug`ilib esini taniganidan buyon qanday yashadi, yig`lagan yetimning ko`z yoshini artdimi? -O`zbekistonning xalqaro obroyi kundan-kunga oshib bormoqda -Birovning narsasini so`roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi. -Xalqimizning tilagi bitta – tinchlik. #Javoblarning qaysi birida ichi bo`sh so`z miqdor bildiruvchi so`zga ishora qilgan? + Hazil-huzul bilan birpasda birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. -Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. -Siz hayotda qanday kishilarga ergashasiz -Nega uni otdami, aravadami eltib qo`ymadi? #Rus, ingliz, qozoq, boshqird, qirg`iz, uyg`ur, xitoy, koreys. Ushbu tillardan nechtasi o`zbek tiliga qarindosh til sanaladi? -5tasi +4tasi -6tasi -3tasi #Javoblarning qaysi birida fonetik o`zgarish hodisasi faqat yasovchi qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz bergan? +Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo`lmaydi. -Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab turib baho beradilar. -Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab turib baho beradilar. -Mehnat bilan inoqlashsang, tan og`rig`in ko`rmassan. #Qaysi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan? +Ilm va dinning mashhur kishilari o`z maslahatlari bilan podsholarga ham yordam berib kelganlar. -Mehnatsevarligi uchun xalq ortasida obro`-e’tibor topdi. -Vatan uchun to`kkali yo`qmi bir qoshiq qoning? -Vaqt o`tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr ishlariga tashna bo`lib yashaydi. #Qaysi qatorda yordamchi so`zlarning har uchala turi qo`llangan gap berilgan? +Agar G`ilay tirsagi bilan turtib yuborsa, to`pponchasi ish bermay qolishi, hatto Bo`tqaning o`girilishiga ham ulgurmasligi mumkinligini o`ylamadi. -Hamdardlik – bir odamning qayg`u-hasratlariga achinib o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. -Haqiqat tikanli gulga o`xshaydi, shuning uchun u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. -Aql va farosat quyoshga o`xshaydi, beparvolik tufayli tushish mumkin bo`lgan dog`larga o`rin qoldirmaydi. #Asos+so`z yasovchi+shakl yasovchi+so`z yasovchi qolipidagi yasama so`z berilgan javobni belgilang. +eslaganlik -mulkdorlik -ko`kishroq -yig`lamsira #Tili zahar, hamisha atrofdagilarning diliga ozor yetkazadigan kimsalarning hayotda qoqilishi tabiiy bir holdr. Qo`shimcha qo`shilishi bilan tovush o`zgarishiga uchraydigan so`zlar soni nechta? +3ta -4ta -2ta -1ta #Haq yolida Siz ilmning ummatlari, Xalq yoli hidoyati, hikmatlari. Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari, Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang. Parchadagi kesimlar tarkibida kelgan jarangli portlovchi undoshlar miqdori nechta? +11 -10 -9 -8 #“O`zbekistonda o`tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek, qatnashchilarning o`zlari tanlagan tilllar anjumanning ish tili hisoblanadi”. Ushbu fikrlar “Davlat tili” to`g`risidagi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan? +9-modda - 6-modda -12-modda -15-modda #Eng maqbul fazilat – Vatanga va odamzodga ko`rsatilgan xizmatdir. Berilgan hukmlardan qaysilari to`g`ri? 1. Gapda faqat majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan; 2. Gapdagi tire eganing ta’kidlangani uchun ishlatilgan; 3. Gapda hosil bo`lish o`rniga ko`ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan so`zlar 3ta; 4. Ma’nosi ta’kidlangan uyushiq bo`laklar qatnashgan. +1,2,3,4 -1,2,4 -1,3,4 -1,3 #Qayerdaki nopoklik, razillik, e’tiqodsizlik bo`lsa, u yerda ma’naviyat quyoshi porlamagay. Berilgan gapda qaysi turkumga mansub yasama so`zlar qatnashgan? +ot, ravish - faqat ot -ot, sifat -ot, sifat, ravish #Javoblarning qaysi birida yasama so`zlar gapning grammatik markazidan boshqa barcha bo`laklar vazifasida kelgan? +Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insoniylikning birinchi shartidir. -Aqlli xalqqa intilsa, nodon o`z qarindosh-urug`lariga intiladi. -Baxt kulgi bor uyga kiradi -Birgalashib ovqatlansang– lazzatlanasan? Birgalashib ishlasang – xursand bo`lasan. #Nopok va harom yo`llar bilan topilgan taomni jig`ildonga tiqishtirayotib ozodalik gigiyenasiga har qancha rioya qilmaylik, bu bilan luqmamiz poklanib qoladimi? Ushbu gapda berilgan so`z turkumlaridan qaysilari qatnashmagan? 1.ot; 2.sifat; 3.komakchi; 4.olmosh; 5.bog`lovchi; 6.fe’l; 7.ravish; 8.modal so`z; 9.yuklama +7,8 -1,4,6,8 -3,5,7,9 -5,6,7,8 #Javoblarning qaysi birida barqaror so`z birikmasi imlosida xatolik uchramaydi? +O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti -Fan va Texnika qo`mitasi -Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti -Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti #Qaysi qatorda tasviriylik, ta’kid ma’nosi kuchliroq bo`lgan juft qatnashgan? +Yigitning ukasi kelib, qo`yarda-qo`ymay kasalxonaga borib kelishimni iltimos qildi. -Gazetamizda “Ota-onamdan olgan saboqlarim”, deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa. -Yig`ilishda hayotiy tajribasi va obro`-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. -To`qqiz yil oldin bo`lib o`tgan voqea-hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi. #Javoblarning qaysi birida sifat bog`langan so`z kengaygan birikmali hol vazifasida kelgan? +Tushlik o`tib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom bo`lgandan keyin kasalxona gavjum bo`lib ketadi. -Mashina qora oqqushdek yengil suzib borar, yon derazadan bahor shabadasi shiddat bilan yopirilib kirar. -Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarni ko`raga tergan, boyagi qassob bola allaqachon qo`yni tinchitgan edi. -U zina oldiga yetganda qo`ng`iroq uzoq asabiy jiringladi. #Yoq, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o`lchovmizga sig`maydigan o`z olami borga o`xshaydi. Berilgan gapda modal so`zlar qanday vazifada kelgan? 1.so`zgap, 2.to`ldiruvchi, 3.kirish so`z +1,2,3 -1,3 -2,3 -faqat 3 #–chi yuklamasi quyidagi so`roq, buyruq, iltimos, xohish, ta’kid, uqtirish ma’nolaridan nechtasini bildiradi? + hammasini bildiradi -3tasini -4 tasini -faqat so`roq, ta’kid #Qaysi qatorda uyushiq to`ldiruvchilarni bog`lagan vazifadosh bog`lovchi qo`llangan? +Mol-u davlatimiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go`zl xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. -muloyim kishida insof ham, diyonat ham, e’tiqodga sodiqlik ham, vijdon ham, sadoqat ham – hammasi bo`ladi. -Birov odob o`rgatsa, o`rganmagan kishi hayvon, ammo uzr so`rasa, qabul qilmagan kishi shaytondir. -Mevani gullata bilishgina emas, balki undan mo`l va shirin hosil yetkaza bilish san’atdir. #Qaysi qatorda boshqalariga nisbatan ism asosli yasama so`zlar miqdori ko`p? +Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do`st bo`l. -Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg`oq bo`mog`i darkor. -Aslida inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan bahramand bo`lish uchun tug`iladi. -Turli katta-kichik marosimlar bayramlar, tug`ilgan kunlar, to`ylar bilan bir qatorda, do`stona yig`inlar ham bu munosabatlarni tobora mustahkamlab turuvchi vositalardir. #Bolalikdan boshlangan do`stlik odamzodning keyingi ulg`aygan va kamolotga erishgan davrida orttirgan barcha do`stlari orasida alohida o`rin tutadi. Gapda ismlarning munosabat shaklini olgan so`zlarda jarangli undosh bilan boshlanuvchi bo`ginlar soni nechta? +18 ta -16 ta -17 ta -19 ta #sunbul, sarv arg`uvon, zag`far, sumanpar, ishqi pechan. Berilgan so`zlardan nechtasi yoqimli hidi va go`zal ko`rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar nomini bildiradi. +2 tasi -3 tasi -4tasi -5 tasi #Suvni tejash, pokligini, sofligini, tozaligini, sifatini saqlash, uvol qilmaslik savoblarning eng kattasidir, ibodatlarning eng ulug`idir, amallarning eng chiroylisidir. Ushbu gapda tovushlari va harflari teng kelmagan so`zlarda nechta yopiq bo`g`in bor? +15ta -14ta -16 ta -17 ta #Qaysi qatorda ko`chma ma’noli so`z ishtirok etgan gapda ortirma nisbat shaklidagi fe’l qatnashgan? +Tojixon Saidaning kelganidan xursand bo`ldi, minnatdorchilik bildirgani so`z, o`tqazgani joy topolmay qoldi. -Mamlakatning istiqboli ham, kelajagi ham yoshlar, sog`lom insonlar qo`lida bo`lishi tabiiy holdir. -Qo`shnimizning o`g`li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. -Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho`zib yuborilmoqda. #Qaysi gapda qo`shimchalarning asosga qo`shilish tartibi buzilgan yasama so`z berilgan? +Yuqoridagi ko`rsatmalarga amal qiling. -O`zbekistonning kelajagi yorug`, ertasi porloq. -G`azablanmang, g`azab sizni to`g`ri izdan chiqarib yuboradi. -Yurtimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqamiz. #Haq yolida Siz ilmning ummatlari, Xalq yoli hidoyati, hikmatlari. Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari, Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang. Berilgan she’riy parchada nechta sodda gap bor? +4ta -5ta -6 ta -3 ta #Ma’naviyat har bir xalqning tarixi, urf-odatlari, milly qadriyatlariga mos ravishda yuzaga chiquvchi eng oily tuyg`u. Ushbu gapdagi yasama so`zlarga asos bo`lgan so`zning turkumini aniqlang. +ot, sifat, fe’l -ot, fe’l -sifat, fe’l -faqat sifat #Otlarga –lar qo`shimchasi egalik qo`shimchasidan keyin qo`shilsa u qanday manoni anglatadi? + hurmat manosini -tur,xil yoki nav manosini - piching kesatiq - gramatik ko`plini #Bolalarning shovqinidan boshlarim og`rib ketdi . Berilgan gapda ko`plik qoshimchasi qanday ma`noni anglatgan ? + ma`noni kuchaytirish - hurmat - birgalik . -jamlik, umumiylik #Quyidagi gaplarning qay briida sof ko`plik manosi ifodalangan? + A va C - o`sha mahallar biz ham yosh edik - ba`zi ishlarim ko`ngildagidek emas. -urush yillarini eslash naqadar ogir, #–lar qo`shimchasi jamlash umumlashtirish manosini bildirgan qatorni toping ? + O`rtangan shirinlarning fojialari yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari hayolimda jonlanadi - o`rta baho oldilar shekilli - do`konlarda unlar va yoglar sotilmoqda. .-sizga qarab zavqlarim toshib ketdi. #Quyidagi –cha bilan shakillangan so`zlarning qaysi qatorida kichraytirish ma`nosi ifodalanmagan? + novcha, yangicha, o`zgacha - qushcha ,bolgacha , zarracha - yulduzcha ,bog`cha ,kitobcha - qizcha ,ko`zacha, daftarcha #Qaysi qator faqat kichraytirish otlaridan iborat? + kelinchak ,bo`taloq, kitobcha - yulduz, archa ,cho`ntak - tuginchak qo`zichoq kuyunchak - qizaloq, yalinchoq, qo`girchoq #Birlik sonda predmetlar to`dasini anglatadigan otlar qatorini toping? + xalq , armiya, el. - qush ,olma ,shahar - ko`chat, ishchi, universitet - terak, yaproq ,avtobus #Ko`plik qo`shimchasi chamani ifodalagan misolni toping? + Kechqurunlari bosh bo`laman , keling suhbatlashamiz - onda sonda ochilgan chanoqlar ko`k dengizda sadafdek yaltiraydi - Quvnashdi havsdan ko`p bilan ko`ngilar - Vatandoshlarim bilan quvonaman #Qaysi qatorda ko`plik qo`shimchalari qo`llangan? + So`zlar so`zlar tarixdan hamon - bu yerda kechalari sovuq kunduzlari biroz issiq bo`ladi - Ilgarilari bundayimkoniyatimiz yo`q edi, -U do`stining taqdirini ko`p o`ylardi. #Shu sevinch ikkovlariga ham kuch- gayrat ,dadillik baxsh etganday bo`ldi . Ushbu gapdagi mavhum otlar sonin aniqlang ? + 3 - 4 - 6 - 5 #Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping. + Shu yaqindan o`tib ketayotgan ikkita ovchi urishqoqni aravaga ortib ketishdi. -Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. - Ko`z tashlab ko`rilsa, ko`m-ko`k suv ko`k charxiga o`xshaydi. - Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. #Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori aniqlang. + 3 - 1 - 2 - 4 #Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo`shma sifat berilgan? + Toshbag`ir odamdan yaxshilik kutma. - Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. - Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. - Shirinsuhan, oqko`ngil insonlar mevali daraxtga o`xshaydi. #Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? + Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. - Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. - U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. - U yosbligidan ota-onasiz katta bo`lgan. #Tarkibida juft sifat ishtirok etgan gapni aniqlang. - Uyga kelib qarasa, hamma yoq ag`dar-to`ntar bo`lib yotibdi. - Bu masalani uzil-kesil hal qilish vaqti kelmadimi? + Shag`al to`kilgan o`ydim-chuqur yo`ldan yurish it azobini beradi. - Barcha javoblar to`g`ri #Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo`lgan buyuk shaxs edi. Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to`g`ri hukmlarni aniqlang. 1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida 6) hol vazifasida +1,3,5 -1,3,4, 5 -2,4, 5, 6 -1,2, 3, 5 #Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud? 1. Yo`lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. 2. Uning chanqoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. 3. Pastdagi bog`dan xazon hidi ko`tarilib, uning xayollarini to`lin oy sehrlagan dalalarga olib ketar edi. + 1, 2, 3 - 1 va2 - l va 3 - 2va 3 #Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog`langan qatorni aniqlang. + Shamning qizg`ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. - Yorug`lik uning oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi. - Qoramtir yuzi, siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi. - Barchasi #Ho`kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog` quruq poyani tashlab qo`yarekan. ( "Susambil") Ushbu gapda yasama so`z qaysi so`z turkumiga mansub va qaysi gap bo`lagi vazifasida kelgan? +sifat, aniqlovchi - ravish, hol - fe’l,kesim - fe`l , hol #Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang. + Dunyoda eng orzumand xalq o`zbek bo`lsa ajabmas. -Ular yolg`izoyoq yo`ldan nihoyatda sekin borishardi. - Quvvatsizligidan juda tez charchab qolardi. - Barcha javoblar to`g`ri #Quyidagi so`zlardan qaysi biri qadimda og`irlik o`lchovi sanalgan? + paysa, misqol, dahsar -chaqirim, botmon,tanob - qarich, yog`och, qalam - botmon, tanob, gaz #Quyidagi so`zlardan qaysi biri qadimda uzunlik o`lchovi sanalgan? + qarich, yog`och, qalam -chaqirim, botmon,tanob - paysa, misqol, dahsar - botmon, tanob, gaz #Qadimda ishlatilgan sarjin so`zi qanday o`lchov birligi sanalgan? + yer o`lchovi - og`irlik - masofa - pul o`lchovi #Qaysi gapda qo`llangan o`lchov so`zi alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o`lchov ma’nosini bildiradi? + Uygacha yuz qadam qoldi. - Shahargacha hali uch chaqirim bor. - Uyning orqasida 4 sotix ekin maydoni bor. - To`rt nafar talaba darsga qatnashmadi. #Berilgan o`lchov so`zlarining qaysilari faqat o`lchov-hisob ma’nosini bildiradi, qaysilari alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o`lchov birligi ma’nosini bildiradi? 1) qarich 2) qadam 3) quchoq 4) bochka 5) paqir 6) shisha + barchasi predmet ma`nosini va o`lchov ma`nosida kelishi mumkin - 1, 4-faqat o`lchov-hisob;2, 3, 5, 6-ham o`lchov-hisob, ham predmet ma’nosini bildiradi - 1, 2, 4-faqat o`lchov-hisob, 3, 5, 6-ham o`lchov-hisob, ham predmet ma’nosini bildiradi - barchasi faqat o`lchovhisob ma’nosini bildiradi #-ala qo`shimchasi qaysi sonlarga qo`shiladi? + besh, olti, o`n - yetti, to`qqiz, o`ttiz - o`n besh, qirq, ellik - bir, sakkiz, uch #Qaysi sonlarni yasaganda tovush tushishi sodir bo`ladi? + ikki, olti, yetti - ikki, uch, olti - ikki, to`rt, yetti - ikki, besh, olti #Tartib sonlar yo`q gapni toping. + Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi - Ukam beshinchi sinfda o`qiydi - Yettinchilar, shanbalikka chiqinglar - Beshinchi, oldinga chiqing Sonlarga –ta qo`shimchasini qo`llanadigan so`zlarni toping. + barchasi to`g`ri - bosh, nafar - tup, litr - litr, gramm #Sonlarni ma`noviy turini hosil qiluvchi qoshimchala qanday ataladi? + lug`aviy shakl yasovchi - son yasovchi - sintaktik shakl yasovchi - aloqa munosabat qo`shimchasi #Qaysi qatorda olmoshning ikki turi qatnashgan? + Qachonlardir qarshiman o`tsang seni derdim oddiy yo`lovchi - Mana bu manzarani qaranglar, - dedi Manzura. - O`zingni o`zingga maqtagandan qo`rq. - Siz o`z ota-onalaringizni jigar go`shalarisiz, bu kam. #Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bunday qushlar sayrashi? Gapda olmosh turkumiga oid so`zlar necha o`rinda qo`llangan? + 5 - 4 - 3 - 6 #Qaysi javobda ko`rsatish olmoshlari haqidagi noto`g`ri hukm berigan? + So`z ma’nosini aniqlab keluvchi ko`rsatish olmoshlari o`zi aniqlayotgan so`zdan yo oldin yo keyin keladi. - Ba’zan ko`rsatish olmoshlari og`zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi - Mustaqil so`zlar va gaplar o`rnida kelib, ularni ko`rsatib keladi - Ko`rsatish lmoshlari egalik, kelishik, -day, -aqa, -cha shakllarini olganda talaffuzda va imloda tovush ortadi #Qaysi gaplarda olmosh turkumiga mansub so`zlar qo`llanagan? 1) Bu gul o`zidan nur taratish xususiyatiga ega ekan 2) Odilning shu tobda ko`chaga chiqqisi, toza havoda sayr qigisi keldi. 3) Qachonlardir qarshimdan o`tsang, seni derdim oddiy yo`lovchi. 4) Mehnatsevarlik, rostgo`ylik nima, bilasizmi? + 1,3,4 - 1,2,3,4 - 1,2,4 - 2,3 #Berilgan olmoshlardan qo`shma olmoshlarni ma’no turini toping. Mana shu, o`sha-o`sha, siz-biz, hech kim, allaqaysi, har bir. + ko`rsatish, bo`lishsizlik, belgilash - ko`rsatish, kishilik, bo`lishsizlik, gumon, belgilash - ko`rsatish, bo`lishsizlik, gumon, belgilash - ko`rsatish, bo`lishsizlik, kishilik, belgilash #Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatiladi? + kishilik, ko`rsatish - ko`rsatish, belgilash, so`roq - ko`rsatish - ko`rsatish va o`zlik #Qaysi javobda quyidagi gapda qo`llangan olmoshlar soni va turi to`gri ko`rsatilgan? Noshukurlik, -debdi u, -noshukurlikning bxosiyat tomoni shundaki, bu illatga o`ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand bo`lish qobilyatini yo`qotadi. + 4 ta 1 ta kishilik, 2 ta ko`rsatish, 1 ta belgilash - 4 ta 3 ta ko`rsatish, 1 ta belgilash - 3 ta 1 ta kishilik, 2 ta ko`rsatish - 3 ta 1 ta kishilik, 1 ta ko`rsatish, 1 ta belgilash #Hech kimdan kam emassan, kam bo`lmagaysan, Yerda qolsang, oftob bo`lib kulmagaysan., Qachon belni mahkam torrib bog`lagaysan? Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada olmosh turkmiga mansub so`z necha marta qo`llangan? + 3 - 1 - 4 - 2 #Kishilik olmoshlari o`zlik olmoshi bilan bog`langanda kishilik olmoshlariga qanday ma’no yuklanadi? + ta’kid - Yakkalash - manmanlik - g`ururlanish #Oldingi gap, biror so`z, so`z birikmasi o`rnida qo`llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so`zni aniqlab keluvchi olmoshlar… + ko`rsatish - kishilik - belgilash - so`roq #Ko`makchi fe`lning qaysi shakli harakatning boshlanishini bildiradi? + boshlamoq - olmoq - yotmoq - chiqmoq #Aytib qo`ymoq fe’li haqidagi noto`g`ri mulohaza qaysi qatorda berilgan? + qo`shma emas, sodda fe’l - ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi - ravishdosh shaklida - Zamonni ifodalamagan #Ko`makchi fe`lning qaysi biri harakatning to`la yakunlanganini bildiradi? + chiqmoq - boshlamoq - olmoq - yotmoq #Mustaqil va yordamchi fe’llardan iborat qaysi birlik qo`shib ham yozilishi mumkin? 1) ayta ber; 2) bora oladi; 3) olib qochdi; 4) bilar ekan. + l,2,4 - 1,2, 3,4 - l,2 - l,3 #Otamiz aravaga qo`shilgan otlarni yetaklab borar edi. Berilgan gapda harakat tarzi fe`llari qanday ma`noni anglatyapti? + harakatning davomiyligi - harakatning to`la yakunlanganligi - harakatning bajarishga imkoniyat mavjudligini - harakatning boshlanishini #Qaysi qo`shimchalar yetakchi fe`lga ham ko`makchi fe`lga ham qo`shiladi? + A va B - nisbat - bo`lishsizlik - zamon #Qaysi qo`shimchalar faqat ko`makchi fe`lga qo`shiladi? + A vaB - zamon - shaxs son - nisbat #Xazonlarning shabadadan shitirlashi-yu chala berkitilgan vodoprovod jo`mragidan oqayotgan suvning jildirashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Mazkur jumlada ishtirok etgan fe’l turkumiga mansub so`zlarning nechtasi yasama hisoblanadi? + 3 tasi - Barchasi yasama. - 2 tasi - 4 tasi #Qaysi so`z turkumidan afikssatsion yo`l bilan fe`l yasab bo`lamaydi? + fe`llardan - otlardan - sifatlardan - olmoshlardan #-la, -a qo`shimchasi qaysi so`z turkumlaridan fe`l yasaydi? + ot, sifat - ot, sifat, son - ot, sifat, son, olmosh - ot, sifat, son, olmosh, ravish #bir maslahatni aytib bo`ladi, … ro`zg`or ishini. Nuqtalar o`rniga qaysi ayiruv bog`lovchisini qo`yish mumkin? +yo..yo - goh..goh - na..na - ham… ham #Ishqilib, yo ilmli, yo hunarli bo`lish payida bo`linglar. Berilgan gapda bog`lovchi qaysi turkumdagi so`zlarni teng bog`lagan? + sifat - ot - fe’l - ravish #Bir xil vazifani bajaruvchi sof va vazifadosh bog`lovchi qatnashgan gap(lar)ni toping? 1)Matniyoz xotini nima desa shuni qilardi-yu, lekin ich-ichidan unga achinib qo`yardi. 2)O`zi balo tog`ining va ofat bulog`ining boshida o`tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish. 3)Menda na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor. + 1, 2 - 1, 2, 3 - 2 - 1 #Teng bog`lanish qismlarini bog`lovchi vositalarni toping. 1)biriktiruv bog`lovchilari; 2)zidlov bog`lovchilari; 3) bog`lovchi vazifasidagi inkor yuklamasi; 4) bog`lovchi vazifasidagi kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi; 5) sabab bog`lovchilari; 6) ayiruv bog`lovchilari + 1, 2, 3, 4, 6 - 1, 2, 3, 4, 5, 6 - 1, 2, 3, 4 - 1, 2, 6 #Balki so`zi vazifadosh bog`lovchi bo`lib kelgan gapni toping. + Xalqni qo`rqitadigan emas, balki xalq dardiga sherik bo`la oladigan odam marddir. - Balki, ertalab o`ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. - Bo`lib o`tgan voqea, balki, seni shoshirib qo`ydi. - Balki so`zi vazifadosh bog`lovchi sifatida qo`llanmaydi. #O`zaro tobe munosabatda bo`lgan gap bo`lagi va gaplarni bog`lash uchun ishlatiladigan bog`lovchilar qaysi qatorda berilgan? + negaki, basharti, garchi, agar - hamda, bilan, chunki, agar - shuning uchun, hamda, ya’ni, -ki - balki, chunki, bilan #Vazifadosh bog`lovchi berilgan gapni toping. + Barchasida qo`llangan. - Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko`rishmaydi. - Xalqni qo`rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo`lgan odam marddir. - Onam bilan men ertalab yo`lga chiqdik. #Qaysi gapda vazifadosh bog`lovchi qo`llangan? + Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. - Kun ilishi bilan daraxtlar kurtak yoza boshladi. - Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. - Sen ham, men ham shunga ishonimizmiz-a? #Ham, ham bog`lovchisi qaysi bog`lovchi turiga kiradi? + biriktiruv - zidlov - ayiruv - ergashtiruv #O`zaro ma’nodosh bog`lovchilarni toping. 1) va, 2) –u, -yu, 3) hamda, 4) bir, 5) yo, 6) bilan, 7) ham, ham + 1,2,3,6,7 - 1,2,3,6 -1,3,6 - 1,2,3,4,6,7 #Qaysi qatorda tomon so`zi ko`makchi vazifasida qo`llangan? +Ovoz ko`cha tomondan kelyapti - Sen mening tomonimni olishing kerak - Har ikki tomon bu taklifni qo`llab-quvvatladilar - Dushmanning zaif tomonidan foydalanish lozim #Kelishik qo`shimchasi bilan ko`makchilar o`zaro ma’nodosh bo`lib kelganda, ularning qaysi birida ma’no umumiyroq, noaniqroq beriladi? + ko`makchilarda - kelishik qo`shimchasida - ba’zan chiqish kelishigida - har ikkalasida ma’no aniq bo`ladi #Kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirishda xatolikka yo`l qo`yilgan gapni aniqlang? 1. Mahallada duv-duv gap tarqaldi. Mahallada duv-duv gaplarni tarqatdi 2. Botirning ahvoliga achindi. Botirning ahvoli uchun achindi. 3. Ashulalarida Vatanni madh etdi. Ashulalari orqali Vatan madhini barilla kuyladi. + xatolik yo`q - 1, 2, 3 - 2, 3 - faqat 2 #Qaysi qatordagi gapda vazifadosh ko`makchi ishtirok etadi? +Bu kitob qo`liga tushgandan keyin bosh ko`tarmay mutolaaga tushadi -Avval o`yla, keyin so`yla -xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg`oq bo`lmog`I darkor -Ish bilan ovora bo`lib, kunning o`tganing ham sezmay qolasan #“ Hamma yerda bulbulning shirin kuylari hamisha qulog`i ostida jaranglab turardi” gapida qaysi turkumga mansub birlik ishtirok etmagan? +olmosh - ravish - ko`makchi -sifat #Ko`makchilar oldida kelgan ismlar qanday kelishik shakllarida bo`lmaydi? +o`rin-payt va tushum -bosh va qaratqich -tushum va jo`nalish -chiqish va qaratqich #Sezmadim mozoringda, o`chib qolgan sham kabi, G`ofil o`ylar ichida So`nib qolganin qalbim. Nechta ko`makchi qo`llangan? +2ta -ko`makchi qo`llanmagan -1ta -3ta #Tarkibida uchta ko`makchi qo`llangan gapni toping. +Ehtimol, u ham kun bo`yi jon-jahdi bilan ishlab, haddan tashqari charchagandir -Qisqa qilib aytganda, Jalolov bilan birga xatoning oldini oldik, menimcha -Ular bir qadam bosishlaridan oldin avval hassalari bilan yerni paypaslab ko`radilar . -Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham bo`ldik avval, lekin satqayi gazeta ketsin senga, deb yozmadik #So`z birikmasida sabab ma’nosi ifodalanib kelganda qaysi ko`makchilar orqali tuzilgan bog`lanishlar o`zaro sinonimlik hosil qila oladi? 1) deb, 2) uchun, 3) tufayli, 4) bois +1,2,3,4 -1,2,3 -2,3,4 -1,2,4 #Qaysi gap tarkibida 3 ta ko`makchi mavjud? +Shundan beri inson tinmayin , Shu yer uzra ter to`kar hamon. Yerni go`zal qilgani sayin, Go`zal bo`lar o`zi ham inson -Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hammayog`I buzilib-yorilib ketib yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi.. -Duo bilan el ko`karar. Yomg`ir bilan yer ko`karar -Aslida, inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan baxramand bo`lish uchun tug`iladi. #Qaysi gapda gumon yuklamasi qatnashgan? +“O`lsa o`lgandir, bung anima janjal!”- deb qo`ydi tag`in birov. - Suv hayot manbayidir. -Urug`ingdir, aymog`ingdir, biror og`zi maymog`ingdir, Ulardan ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu osonmi? -Sizni yo`qlab qachondir bir go`zal kelgandi. #Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi xolos. Ushbu gapda nechta yuklama qatnashgan? +3 -2 ta -4 -5ta #Xotin, bu gaplar kitobda bor, xolos, hayot boshqa. Gapda qaysi yuklama qatnashgan? + ayiruv-chegaralov -so`roq-taajjub - kuchaytiruv-ta’kid - o`xshatish #Qaysi gapda yuklama bor? + Nosir oxun eski bo`lsa-da, ozoda libosda edi. - Qiz erta-yu kech soatga qaraydi, daqiqalar sanaydi. - Birrov kirdi-da, chiqib ketdi. - U anchadan keyin o`ziga keldi-yu, tepasida xoini turganini, qizchalari yig`layotganini payqadi. #Namiqqan shuvoqlar oldin tutab, yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, gurillab ketdi. Ushbu gapda nechta yordamchi so`z qatnashgan va ularning turlarini ayting +2 ta yuklama va bog`lovchi - 2 ta yuklama - 3 ta yuklama va bog`lovchi - 4 ta yuklama, bog`lovchi, ko`makchi #O`xshatish qiyoslash yuklamalarini toping. 1) –oq(yoq), 2) bamisli, 3) hatto, 4) –da,5) go`yo, 6) faqat, 7) xuddi, 8) hech, 9) naq, 10)g`irt + 2,5,7,9 - 5,6,7 - 1,2,9 - 3,4,10 #Qaysi hukm noto`g`ri? + –u(yu), -da ham yuklama, ham ko`makchi - bilan ham ko`makchi, ham bog`lovchi - ham, na…na ham bog`lovchi, ham yuklama - balki ham bog`lovchi, ham modal so`z #Qaysi javobda uchta yuklama qatnashmagan gaplar berilgan? 1) Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoldi, xolos 2) Qizning nihoyatda ta’sirlanib gapirgan fikrlariga feruza ham bir nima deya olmadi-ya. 3) Xullas, hammasi yaxshi ketayotgan edi-yu, to`satdan ikkovlari ham shaharga, o`z uyiga qaytish payiga tushib qolsa bo`ladimi? 4) Nahot, meni ham shu gapga ishonmadi deb o`ylaysiz-a + 2,3 - berilganlarda uchtadan yuklama qatnashgan - 1 - 2,3,4 #Quyidagilardan qay birlari yuklama? 1) balki, 2) nahotki, 3) nihoyat, 4) axir, 5) agar, 6) hech, 7) sira + 2,4,6,7 - 1,2,4,7 - 2,3,5,6 - 2,3,4,7 #Men-ku bu haqda o`ylab ko`rdim. Siz-chi? Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi qatnashgan? +kechaytiruv-ta’kid, so`roq yuklamasi - So`roq-taajjub yuklamalari - ayiruv-chegaralov yuklamalari - so`roq yuklamasi #Inkor so`z qatnashgan gapni aniqlang? + Dunyoni qizg`anma mendan, azizim. Sen yurgan yo`llardan yurmasman aslo. - Muzqaymoq yemaysizmi? – Mayli. - Yuring salqinga o`tamiz. – Xo`p. - Mingboshi suvni o`zi so`radimi? – Ha, o`zi so`radi. #Yozuvda undov so`zlardan keyin qanday tinish belgisi qo`yiladi? + vergul - nuqta - tire yoki undov - undov #Erkalash, rohatlanish, norozilik, g`azab-nafrat, og`riq singari hissiyotlarni ifodalovchi so`zlar qanday so`zlar? + his-hayajon undovlari - buyruq-xitob undovlari - haydash-chaqirish undovlari - modal so`zlar #His-hayajon undovlari qaysi qatorda ko`rsatilgan? + uf, iye, voy-bo`, oh - hey, voy, oh, uh - oh, hey, chu, o`h-ho` - voy, xo`sh, chip-chip #Buyruq-xitob undovlari berilgan qatorni toping. + hey, xey, chu, beh-beh - hoy, hey, kisht, oh - uf, chu, voy, voy-bo` - xo`sh, hey, oh, chip-chip #Undov so`z ishtirok etgan gapni toping? + Tiss, – dedi Sayyora, barmog`ini labiga qo`yib. - Chiroq lip-lip etdi. -Ehtimol, ertalab o`ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. - Otasining xuddi o`zi. #Undov so`z ishtirok etmagan gap berilgan qatorni ko`rsating. + Boshidagi yal-yal yonarmish. - Iya, bularni nima qilasan? - Hammasi o`tkinchi, xo`sh, nima o`tmas? - Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding? #Holatga taqlidni bildirgan so`zlar berilgan qatorni aniqlang. + jimir-jimir, dag`-dag`, lip-lip - lip-lip, jimir-jimir, voy-dod - yal-yal, dupur-dupur, tars-turs - chars-churs, tars-tars, tap-tap #Ovozga taqlidni bildirgan so`z ishtirok etgan gapni toping. + To`rtta savag`ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. - Namoz g`azabi oshib, dag`-dag` qaltiray boshladi. - Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. - Boshidagi toj yal-yal yonarmish. #Taqlid so`zlar qaysi jihatiga ko`ra tovushga va holatga taqlid turlariga bo`linadi? + nimaga taqlidni bildirishiga ko`ra - tuzilishiga ko`ra - ma’nosiga ko`ra - hosil bo`lish usuliga ko`ra #Qaysi qatorda ravishlar turlanmagan? + G`ulomjon orqadan qarab qoldi - Ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi - Baxt axtarib yurgan ko`plarni bilaman - Hozirning o`zida uning dong`i olamga ketdi #Belgi bildirish quyidagilarning qaysi biriga xos ? 1 sifat 2. ravish 3.sifatdosh 4.ravishdosh + 1,2,3 - 1,2,3,4 - 1,2 - 2,4 #Sabab ravishini toping. + Qorong`i tushgach, noiloj o`yinni tugatishga to`g`ri keldi - Erta ekkan xirmon qilur , kech ekkan armon qilur - Bu yil azamat dehqonlarning fidokorona mehnati yaxshi bo`ldi - Horibcharchab, zo`rg`a oyoq tashlab, yotoqxonalarigaqaytgan vaqtlarida yarim kechadan ancha o`tib qolgan edi #O`rin ravishini toping. + Shamol oldindan esardi - Ko`pincha tog` tomondan shamol esib turardi - To`lagan chol o`rnidan turdi - Huddi shu do`kondan ikki respublikaning chegarasi o`tardi #Maqsad ravishini toping. + Ovozingni eshitish uchun ataylab keldim - Men sizni olib ketgani keldim - Umrimizga yuz bahor yo`ldosh bo`lsin - Feruza bilan Shahnoza Azizani o`ynatmoqchi bo`lib kelishgan ekan. #Holat ravishi qaysi gapda keltirilgan? + Birdan eshik ochilib, do`stim keldi - Sayohatchilar yuqori ko`tarilishib qayinzorga o`zlarini urdilar - Gulomjon aytayin qaradi - Bahorda paxtakorlarga ish ko`p edi #O`rin ravishini toping. + Ular hech ikkilanmay olg`a yurishdi - Yo`lchi boshini quyi solib birpas jim o`tirdi - Kechasi bilan yog`ib chiqqan qor togn paytida tindi - Bular yaqinda Toshkentdan ko`chib kelishdi #Mana shu tepalikda tez-tez sayil bo`lib turardi. Gapdagi ravishning ma`no turini toping. + daraja –miqdor - sabab - holat - o`rin #Sharofat xola ro`molni salgina tuzatib, so`ri tomon asta yurib bordi. Gapda ravishning qanday ma`no turi qo`llangan? + holat, daraja- miqdor - o`rin, holat, darajamiqdor - daraja –miqdor - holat, o`rin #Chang va tutundan mashina va odamlar zo`rg`a ko`rinar edi. Ushbu qo`llangan gapda ravisni ma1no turini toping. + holat ravishi - daraja-miqdor - sabab ravishi - payt ravishi #Quyida necha o`rinda modal so`z berilgan? Darhaqiqat, misoli, asosan, avvalo, demak, deya, xayriyat, xo`sh, umuman, nahotki, deb, ko`ra +5 ta - 6 ta - 7 ta - 8 ta Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling