# O`zbek bolalar adabiyotining paydo bo`lish omillari qaysi javobda bosqichma-bosqich to`g`ri ifodalangan?
+ ijtimoiy voqelik, xalq og`zaki badiiy ijodi, o`zbek mumtoz adabiyoti, yangi realistik o`zbek adabiyoti, jahon va rus xalqlari bolalar adabiyotini o`rganish va o`zlashtirish, ilk maktab darsliklari;
- folklor, jahon adabiyoti, rus adabiyoti, mumtoz adabiyot, jadid adabiyoti, mustaqillik davri adabiyoti;
- yozma yodgorliklar, xalq og`zaki ijodi, sho`ro davri mafkurasi, mustaqillik davri adabiyoti;
- yangi realistik o`zbek adabiyoti, jahon va rus xalqlari bolalar adabiyotini o`rganish va o`zlashtirish, ilk maktab darsliklari.
# Bolalar kitobxonligi haqidagi tushuncha qaysi javobda batafsilroq qayd etilgan?
+ umuman, kitob o`qish hodisasi, kattalar didi, hayotiy tajribasi dunyoqarashiga mos holda yaratilib, bolalarning ham o`qish doirasida amal qilgan hammmabop badiiy - ilmiy hamda professional bolalar adabiyoti;
- bolalarning o`zlari tomonidan ijod etilgan adabiyot namunalari;
- kattalar uchungina daxldor badiiy adabiyot;
- faqat bolalarga ixtisoslashgan, ulargagina mo`ljallangan adabiyot namunalari.
# Bolalar kitobxonligi va adabiyoti orasidagi tafovut qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
+ bolalar kitobxonligi ijtimoiy-estetik hodisa sanalib, unda mantiqiy tafakkurning ustivorligi, bolalar adabiyotida esa obrazli badiiy tafakkur amal qilib, adabiy-estetik hodisa hisoblanishi.
- bolalar kitobxonligi og`zaki, adabiyoti esa yozma shaklda bo`lishi;
- bolalar kitobxonligi kattalarga, adabiyoti bolalargagina mo`ljallanganligi;
- bolalar kitobxonligida didaktikaning ustivorligi, adabiyotida esa uning ko`zga tashlanmasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |