“ Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan tayyorlagan taqdimoti
Agar lо‘nda qilib aytsak, jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan
Download 0.8 Mb.
|
G 5-amaliy
Agar lо‘nda qilib aytsak, jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan:
1.Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.2. Diniy aqidalarga asoslangan о‘rta asr maktablari о‘rniga Ovrо‘po qabiladagi dunyoviy ilmlarni ona tilida о‘qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish.3.Jadidchilik g‘oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi о‘zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teatrni yaratish. 4.Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashlarini ta’minlash yо‘li bilan ular taqdirini о‘zgartirish va oilada islohot о‘tkazish 5.Mahalliy boylar va savdogar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bо‘lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olishiga qarshi kurash. Shu yо‘l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish. 6. Asosiy talabalari ana shundan iborat bо‘lgan jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bо‘lib, ular shu qurol yordami bilan о‘lkada ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bо‘ldilar. Munavvar Qori 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy xayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan „Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy“, „Taraqqiy“ gazetlarida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida „Xurshid“ gazetasini tashkil etgan. „
Munavvarqori ibn Abdurashidxon bir qancha darslik muallifidir. Uning „Adibi avval“ (1907), „Adib ussoniy“ (1907), „Usuli hisob“, „Tarixi qavm turk“, „Tajvid“ (1911), „Havoyiji diniya“, „Tarixi anbiyo“, „Tarixi islomiya“ (1912), „Yer yuzi“ (1916—1917), 4 qismdan iborat „Oʻzbekcha til sabokligi“ (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—1926, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914-yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, „Sabzavor“ nomi bilan nashr etgan. Behbudiy Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling