“ Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 0.8 Mb.
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1033276
1   2   3   4
Bog'liq
G 5-amaliy

XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bо‘la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha “jadid” sо‘zidan olingan bо‘lib “yangi” degan ma’noni bildiradi).

Islohotchilar rahnamosi Marjoniy о‘zining dasturida quyidagi olti asosiy masalalarni qо‘yadi:

  • 1. Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda о‘zlari erkin fikr yuritsinlar. 2. Birovning birovga kо‘r-kо‘rona ergashishi qat’iy man qilinsin. 3. Madrasalarda о‘qitiladigan hoshiya va shrq kabi quruq mazmunga ega bо‘lgan va madrasa о‘quvchilari uchun foydasiz bо‘lgan hamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi 4. darslar dars jadvallaridan olib tashlansin. 5. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar о‘tilsin. 6. Arifmetika, tarix, jо‘g‘rofiya, tabobat, xandasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni о‘qishga qarshilik kо‘rsatilmasin. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhissalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish kо‘zda tutilsin

XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning kо‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Jadidchilik jamiyati tо‘ntarish yо‘li bilan emas, islohotlar yо‘li bilan rivojlantirishni о‘zining asosiy vazifasi deb belgiladi.

  • XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning kо‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Jadidchilik jamiyati tо‘ntarish yо‘li bilan emas, islohotlar yо‘li bilan rivojlantirishni о‘zining asosiy vazifasi deb belgiladi.

Jadidlar 1906 -yildayoq “Taraqqiy” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, о‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan kо‘p о‘tmay, “Xurshid”, “Shuhrat” singari yangi gazetalar dunyo yuzini kо‘rdi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling