" Bug’alteriya va audit tarmoqlari" fakulteti " Bug’alteriya hisobi va audit tarmoqlari ” yo'nalishi


QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA'LIMOTLARI


Download 217.31 Kb.
bet4/14
Sana08.03.2023
Hajmi217.31 Kb.
#1249841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqil ish

1.2.QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA'LIMOTLARI
Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar.
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir.
Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida intensiv, ko'p hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un qo'shimcha mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi.
Bu davrda qo'shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo'li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo'lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Evropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo'jaligida ustun bo'lgan (Qarang: Istoriya Drevnego Vostoka.M.,MGU,1991).
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo'jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Farbiy Evropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog'liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z mahsulotini sotishga mo'ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo'jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan qat'i nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to'lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo'lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saklanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo'yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to'plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Frantsiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nu shasini BMT binosidagi muzeyda ham ko'rish mumkin. Toshga uyib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir. Qonunda «kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak» degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining erlarini sotish yoki tortib olish man' etilgan. Sudxo'rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo'jaligini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash bo'lgan, ya'ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo'lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko'z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to'plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko'rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. (Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)
Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.
Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalni II ming yillik oxiri - I
Avesto ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).
Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo'lgan «Avesto»ning to'liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o'zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo'laklari «San'at», «O'zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e'lon qilindi.
Zoroastrizmning asosiy g'oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va rug'lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan vuzlik va Qorong'ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o'rtasidagi kurashdir.
Inson xo'jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog'liq deb uqtiriladi, ammo insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo'lib, u Yaxshilik yoki monlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi.
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g'oya, yaxshi so'z va yaxshi ishlar bilan bog'langan bo'lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko'paytirish erug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli «Avesto» matnlarida natural-xo'jalik faoliyati keng targ'ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.
Avestoda «O'z hayoti davomida go'zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo'lida xizmat qilgan odam parso va hakgo'y, pok va adolatli bo'lib, mehmonlarni beg'araz kutgan. Xotinini sevib erni mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi.
Ko'chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo'lgan mollar sonini saqlash qo'llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g'oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, em-xashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo'lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g'alabasiga olib keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo'ylab erkin harakat qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin harakat» ta'minoti muhimdir, aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan.
Ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunish kuchli hokimiyat va mo''tadillik bilan bog'liq edi. O'zaro shartnomalarga bekamu-ko'st amal qilish zarurligi, ayniqsa o'zaro moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi.
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug' jamoasi emirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo'lgan. Aholi ko'proq yarim ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo'lib, uningcha erdan shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak go'sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g'ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko'tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag'i tinmaydigan (ovqat eyishda), ziravorlar etarlicha yashirib qo'yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab ko'p miqdorda saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan.
«Avesto» bo'yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo qilish qo'llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g'oya katta o'rinni tutadi).
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Yim to'g'risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo'ylarning mo'l-ko'lligi haqida so'z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, kor va suv to'fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun «varu» (qo'rg'on) qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o'simliklar urug'i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (Nuh payg'ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo'lib, nisbatan keyingi davr voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi (avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't, mevali ekinlar o'stiriladigan, suvsiz joylarni sug'oradigan, suvi ortiqcha erlar quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto erlarga ko'p go'ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g'allakorlik ulug'lanadi. Aholini qunt bilan don etishtirishga undaladi, hatto g'allakorlar e'tiqodni olg'a suruvchilar deb talqin etiladi. «Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q», degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). «Kimda-kim zaminni chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go'zal va pokiza qizga o'xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi. Zamin ham mo'l-ko'l mevalarini in'om etadi», deyilgan, bunda erni tobora madaniylashtirish va undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi.
Xo'jalikning barcha tarmoqlari orasida g'allakorlikka eng yuksak baho beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo'qotish yoki unga yo'liqmaslik uchun ziroatchilikini rivojlantirish, yangi erlarni ochish bo'yicha faol siyosat olib borish kerakligini uqtiradi. Ammo inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam o'zgalar eshigi oldida turgan doimiy gadoyga aylanadi, deyilgan bu kitobda (hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring).
Asketizm to'g'ridan-to'g'ri qoralanadi, chunki bu odat monlik bilan kurashda insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na xo'jalik (qishloq xo'jaligi) ishlari, na farzand (ayniqsa o'g'il bolalar) ko'paytirish faoliyati bilan kerakli darajada shug'ullana olmaydi; insonlar sonini ko'paytirish ham muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko'paytiradi, Yaxshilik g'alabasiga ko'maklashadilar. Bu g'oyalarning ahamiyati hozirgi kunda ham juda muhimdir.
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha bo'lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo'lgan. Konfutsiylik g'oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy yoki Kun-TSzi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy» to'plamida («Suhbatlar va mulohazalar») o'z g'oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan izlaydi. Shu davrda obro'si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g'oyalar keyinchalik Ken-TSzi (m.a.312-289 yy.), Syun-TSzi (313-278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). shlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, er ishlarini yaxshi bajarish, hammani o'z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).
Bu g'oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to'g'ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o'sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so'nggisini ko'proq qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo'lib, hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.
Syun-TSzi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o'zida ko'p kasb egasi bo'la olmaydi, degan fikr paydo bo'ldi, ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g'oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:

  1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;

  2. Xalq to'qligini ta'minlash;

  3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.

Etarlicha ta'minot tamoyili insonning jamiyatdagi o'rniga bog'liq holda belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi, jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe', ota, o'g'il. Boshqarish ma'lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo'yicha bo'lishi, og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi.
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniy degani) oqimi paydo bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari TSzi-Chap, Li-Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona birlashgan bo'lishini qo'llab-quvvatlashgan. Legistlar (Shan Yan) ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi erlarni bosib olish). Dehqonlar ro'yxatini o'tkazish, qonun yo'li bilan yig'ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo'li bilan turli «ishyoqmaslar»ni «erga qaytarish», ya'ni dehqonchilik bilan shug'ullanishga, ya'ni mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo'llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak.Erkin sohibkorlik taqiqlangan, umumiy er egaligi va javobgarlik joriy etilgan(m.a.351 y.)

Download 217.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling