" Bug’alteriya va audit tarmoqlari" fakulteti " Bug’alteriya hisobi va audit tarmoqlari ” yo'nalishi


Download 217.31 Kb.
bet2/14
Sana08.03.2023
Hajmi217.31 Kb.
#1249841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqil ish

Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg'or metodlari yig'indisidan iborat bo'lib, tarixiy, indukцiya, mantiqiy abstrakцiya va boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog'liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so'nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o'zgarishlar davrida evolyuцiyada bo'ladi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g'oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konцepцiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo'jalik ob'ekti bilan chambarchas bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinцipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy qisqacha xulosalarsi sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma'lum vaqtdan keyin o'zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog'liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomiks, xalq xo'jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konцepцiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o'zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o'zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko'mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to'g'risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida asosan to'la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g'oyalar esa qadimdan ma'lum. Ularni o'rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko'p hollarda Amerikani yangidan kashf etishga hojat qolmaydi.
Hozirgi paytda dunyodagi ilg'or g'oyalarni o'rganish davomida hurfikrlilikka (plyuralizmga) keng o'rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi aniq bo'lib qoldi.
Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha echimini kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug'iladi. Masalan, bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq echimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan bog'lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog'i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi bilan izohlaydilar (mehnat, er va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan ekan). Keyingi fikr bo'yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi.
O'z davrida ilg'or Sharqning ortda qolish, Farbning ilgarilab ketish sabablari, kelajak to'g'risidagi prognozlar ham muammo bo'lib turibdi.
Darslikda shu masallarni hal etishga oid fikr mulohazalar beriladi.

Download 217.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling