Mavzu: Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari. Reja
Download 35.13 Kb.
|
Mavzu Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"
Mavzu: Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari.REJA:Kirish1. Germaniyadagi tarixiy maktab iqtisodiy g'oyalarning mohiyati2.F.Listning iqtisodiy qarashlari3. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)4. Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"XulosaFoydalanilgan adabiyotlarInsoniyat o`zining ko`p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalarni har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko`p yillik tajriba mujassamlashgan bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga oladi. Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan chambarchas bog`liq, lekin undan katta farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so`nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un bo`lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi. Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti bilan chambarchas bog`liqligini namoyon etadi. "Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas" deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki, keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo`lgan. Ba'zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o`rganishni taklif etishadi, ammo, bu so`nggi nazariya avvalgi ko`p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo`ladi yoki bugun biz "yangi" degan fikr ma'lum vaqtdan keyin o`zgarishi mumkin. Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog`liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o`rganish orqali ekonomiks, xalq xo`jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o`zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o`zgarishning shartsharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko`mak beradi. Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to`g`risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "Xalqlar boyligi" asarida asosan to`la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g`oyalar esa qadimdan ma'lum. Ularni o`rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq etish yaxshi samara beradi, ko`p hollarda Amerikani yangidan kashf etishga hojat qolmaydi. Hozirgi paytda dunyodagi ilg`or g`oyalarni o`rganish davomida hurfikrlilikka (pluralizmga) keng o`rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi aniq bo`lib qoldi. Bu fanni chuqurroq o`rganish tufayli, bir qancha yechimini kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug`iladi. Masalan, bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan bog`lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog`i, "ishlab chiqarish omillari" paydo bo`lishi bilan izohlaydilar (mehnat, yer va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan ekan). Keyingi fikr bo`yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi. O`z davrida ilg`or Sharqning ortda qolish, G’arbning ilgarilab ketish sabablari, kelajak to`g`risidagi prognozlar ham muammo bo`lib turibdi. Darslikda shu masalalarni hal etishga oid fikr mulohazalar beriladi.Download 35.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling