Mavzu: Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)


Download 35.13 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi35.13 Kb.
#1479868
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari

3. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)

F.List tarixiy maktab o`tmishdoshi (salafi) bo`ldi. Shu maktabning o`zi XIX asrning 40-yillarida vujudga keldi. Uning namoyandalari siyosiy iqtisodning yagona nazariyasi bo`lishi ehtimolining o`zini rad etdilar. Ular barcha kapitalistik mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan obyektiv iqtisodiy qonunlarni pisand qilmadilar. Tarixiy maktab abstrakt usulini rad qilib, uni oshkora empirizm (amaliy hayotga moyillik) bilan almashtirdilar. Iqtisodiy subyektivizm bu maktabning o`ziga xos xususiyatidir. Tarixiy maktab usulining mana shu hamma xususiyatlari shu bilan izohlanadiki, bu maktab namoyandalari hatto vulgar - madhiyabozlik nusxasidagi siyosiy iqtisodning ham nazariy asoslarini tugatish uchun jonjahdlari bilan kurashdilar. Bu maktab nazariyotchilariga F.List ta'limoti kuchli ta'sir o`tkazdi. Biz buni quyidagi holatlarda sezishimiz mumkin:

1. Tarixiy maktab vakillari siyosiy iqtisodni xo`jalik rivojlanishining umumiy qonunlarini o`rganadigan fan deb emas, balki davlatning yetakchilik rolini e'tirof etgan milliy xo`jalik haqidagi fan deb hisobladilar;

2. Ular klassik maktabga va unga ergashuvchilarga tanqidiy yondashdilar, abstraksiya usuliga qarshi chiqdilar;

3. Ular mamlakat iqtisodiy rivojlanishini bosqichma-bosqich olib borish konsepsiyasiga asoslandilar.

Lekin tarixiy maktab vakillari Listdan ilgarilab borib, siyosiy iqtisodda alohida tarixiy usulni yaratdilar. Tarixiy maktabning g`oyalari tobora tushunarli bo`lib boradi, chunki bu iqtisodiy ta'limotlarning negizlari Angliyadagi rikardochilar va Fransiyadagi Sey maktabi qarashlariga yaqin turadi. Shuningdek ular iqtisodiy fan markazida ma'naviy va psixik murakkab, milliy va tarixiy xususiyatli konkret kishi bo`lishini istar edilar. Shu asosda iqtisodiy fanning asosiy yo`nalishini tarix, etika, huquq, psixologiya va etnografiya fanlariga almashtiradilar, ya'ni jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonunlarini bilishni rad etadilar. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida tarixiy maktabni uch taniqli olimlar: Rosher, Knis va Gildebrandlarnng ijodi bilan bog`lab o`rganilsada, bu yo`nalishda yana boshqa ko`pgina olimlar ham ish olib borganliklarini aytishimiz zarurdir. Shunday bo`lsa ham, bu professorlar tarixiy maktabning asosiy namoyandalari bo`lib, iqtisodiy nazariyaga katta hissa qo`shdilar. Gettingem va Leypsig dorilfununlarining professori Vilgelm Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843 yilda u "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari" kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlarning obyektivligini rad qilish bu ta'limotning o`zagidir. V.Rosher ijtimoiy iqtisodiyotning umumiy qonuniyati yo`q, balki faqat iqtisodiy omillar taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da'vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat oldida burch tuyg`usiga ega bo`lgan ma'naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod predmetini ta'riflashda Listning sistemasini to`la-to`kis qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy kurash mavjudligini inkor etdi. Rosher urushning madhiyachisi edi, u urushni tabiiy holat deb hisobladi va Germaniyani mustamlakalar va ta'sir doiralarini bosib olishga chaqirdi. Rosher tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo`lini, unga xos bo`lgan feodal sarqitlarni (dehqonlarning yer egalariga bo`ysunishi, xunarmandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko`klarga ko`tarib maqtashdan, faktlarni to`plashdan va shu faktlarni tarixiy o`xshashliklar asosida izohlashdan iborat. O`zining nazariy qoidalarida Rosher qiymatni iste'mol qiymatidan (foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste'mol uchun mo`ljallangan har qanday mehnatni tushundi. J.V.Seyning ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini V.Rosher tarixiy usul pozitsiyalarida turib talqin etdi. Foydani kapitalistlar mehnatining natijasi deb e'lon qilib, daromadlarni taqsimlashda uyg`unlik hukmronlik qiladi, tengli esa iqtisodiy taraqqiyot omili bo`lib xizmat qiladi deb hisobladi. Iqtisodiy kategoriyalarni talqin etishda Rosher aslida odamlarning buyumga bo`lgan munosabatini ko`rdi. Garchi u klassik maktab qoidalarini o`zgartirgan bo`lsa ham, ammo rasman hali bu maktabning merosi bilan aloqani uza olmagan edi. Uning izdoshlari va maslakdoshlari undan ilgarilab ketishdi. Tarixiy maktab g`oyalarini Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o`rgandi. 1853 yilda uning "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod" kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo`q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da'vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy mulkchilik va kapitalizmning abadiyligi to`g`risida xulosa chiqardi. Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usul pozitsiyalarida turib tez qayta qurish mumkinligini asoslamoqchi bo`ldi. Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy xodisalarni tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalarni berishga qodir emas. Knis iqtisodiy xodisalarni bilib olish xodisalari deb statistika va tarixiy bayonni tan oldi. U iqtisodiy siyosatga katta ahamiyat berdi. Bu siyosatni amalga oshirish uchun turli xalqlarning iqtisodiy turmushiga oid kuzatuvlardan olingan aniq-ravshan shart-sharoitlarni bilish zarurligini uqtirdi. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas'uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo`ldi, pulni talqin etishda metallchilar konsepsiyasi pozitsiyasida qoldi. 1848 yilda Bruno Gildebrand (1812-1878) "Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi" kitobini e'lon qildi. Bu kitobda u F.Engelsning "Angliyada ishchilar sinfining ahvoli" asariga qarshi chiqdi. B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi kurashdan ma'no yo`q, deb hisoblaydi. B.Gil'debrand iqtisodiy xodisalarni tadqiq qilishning o`z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul jamiyat tizimining iqtisodiy qonunlarini tahlil etishga statistika va tarixiy ma'lumotlarni yuzaki tarzda to`plashni qarama-qarshi qo`ydi. U qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning himoyachisi bo`lib maydonga chiqdi. Xususiy mulkchilikni har qanday ta'na qilishni tarixiy qonuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb ta'rifladi. B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining sistemasi natura, pul va kredit xo`jaligini o`z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga asoslanib ish tutadi va ishlab chiqarish vositalarining bu xarakterini tan olmaydi, holbuki uning xarakteri iqtisodiy formatsiyaning ijtimoiy tabiatini va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini tashkil qildi. 1861 yilda B.Gil'debrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha Yen universitetida faoliyat ko`rsatdi. U o`z asarlarining maqsadi qilib millat xo`jalik rivojlanishi qonunlarini o`rganishga e'tiborni qaratdi, turli xalqlar iqtisodiy tarixini o`rganishda taqqoslash usulini qo`llash zarurligini ko`rsatdi.


Download 35.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling