Mavzu: Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


Download 35.13 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi35.13 Kb.
#1479868
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari

XULOSA

F.List va tarixiy maktab namoyandalari o`z asarlari va uslubiyatlari bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo`jalik siyosiy muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko`rsatib berishda o`z o`rnini topadi. F.Listning traktati to`rtta asosiy kitobdan iborat bo`lib, "Tarix", "Nazariya", "Sistemalar" va "Siyosat" deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o`rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy qarashlarining nazariy asoslarini ko`rsatib beradi. Uchinchi kitobda List siyosiy iqtisodning bir nechta sistemalarini ko`rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar sistemalari bilan bir qatorda sanoat sistemasi mavjudligini ko`rsatib o`tadi. F.List xo`jalik rivojlanishini, ya'ni taraqqiyotining turli bosqichlarini ko`rsatar ekan, umumiy qonuniyatlarni e'tibordan chetda qoldiradi. Lekin u o`z qarashlarini tarixiy-geografik, milliy sharoitlardan kelib chiqqan va hamma uchun umumiy bo`lgan holatlarni tasdiqlovchi manbalarni aniq ko`rsatib o`tdi. Shuningdek, milliy sanoat, millatning sanoat tarbiyasi va ayniqsa tashqi savdo taraqqiyoti muammolari keng ilmiy tahlil qilindi. F.List tomonidan bir davrning o`zida turli mamlakatlar teng rivojlanishi mumkin emasligining ilmiy asoslanishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Tarixiy maktab olimlari iqtisodiy fan rivoji yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdilar. Ular o`z asarlarida tarixiy va statistika manbalarini keng qo`llagan bo`lsalar-da, ayrim hollarda yuzaki bayonchilikni ham uchratishimiz mumkindir. Lekin shuni aytish zarurki, B.Gil'debrandning "Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi" va K.Knisning "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod" nomli kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta'limotlar tarixida tarixiy maktab o`rnini mustahkam belgilab berdi. Ushbu maktabning "tarixiy" usuliga xos xususiyatlarni V.Rosher quyidagicha belgilaydi:


Download 35.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling