Mavzu: Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"


Download 35.13 Kb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi35.13 Kb.
#1479868
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari

4. Yangi tarixiy maktab va "ijtimoiy yo`nalish"

XIX-asrning ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan avvalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an'analarni davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o`rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo`lsa, Lun Brentano (1844-1931), Verner Zombart (1863-1941), Maks Veber (1864-1921) o`zlarining ijtimoiy yo`nalishlari bilan "Yangi tarixiy maktab" ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar edilar. Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o`zining "Xalq xo`jaligi to`g`risidagi umumiy ma'lumot asoslari" (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gil'debrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turini: xususiy xo`jalik, davlat xo`jaligi va diniy xo`jalikni alohida ajratib ko`rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, yetakchilik rolini ko`rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo`jaligi tarixi faniga aylantirishga urindi. U faktlarni va statistika manbalarini o`rganish, xalq xo`jaligidagi xodisalarni bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi. G.Shmoller umuman xalq xo`jaligi o`zgarishsiz qolaveradi degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo`g`inlarida juz'iy o`zgarishlar bo`lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqotlarning qat'iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo`yilgan empirizm (nazariy mashg`ulotlardan ko`ra amaliy faoliyatga ko`proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi. G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo`jalik huquqida o`zining asosiy ifodasini topadi, deb ta'kidlaydi. Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari xo`jalik turmushida burjua-pomeshchik davlati hal qiluvchi rol o`ynaydi deb bilar edilar. Ular Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi tarafdori edilar. Yangi tarixiy maktabning namoyandalari "Sinfiy inoqlik" g`oyalarini ishlab chiqib, targ`ib qildilar. G.Shmoller tomonidan tuzilgan "Ijtimoiy siyosat uyushmasi"nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo`lib, ularning dasturlari "kafedr-sotsializm" (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang`ich ta'limni majburiy kiritish, bolalar o`smirlar va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilarni kasallik va baxtsiz xodisalardan sug`urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo`qotgan chog`ida nafaqa to`lash kabi islohotchilik g`oyalari sotsialdemokratlar orasida ham keng yoyildi. Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, "Yangi tarixiy maktab" ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O`zining "Klassik siyosiy iqtisod" (1888y.), "Tarixda ahloq-odob va xalq xo`jaligi"(1894y.) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta xissa qo`shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda ahloq va huquq omillari belgilovchi rol o`ynaydi deb hisoblab ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e'tibor bermaydi. U ayriboshlash konsepsiyasining tarafdori bo`lib realizitsiya va ayriboshlash sharoitlarining o`zgarishi xo`jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo`ladi deb hisoblaydi. L.Brentano liberal kapitalistlarning manfaatlarini ifoda-lab, nemis ishchilar sifining inqilobiy-siyosiy chiqishlariga qarshi edi. U o`zining liberal "ijtimoiy inoqlik" deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tredyunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlar yordamida ishchilar o`rtaga tashlagan talablarni qondirishda foydalanish bilan birga uy joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masalalarni hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi. L.Brentano ham davlat sotsializmi g`oyalarini o`z holicha talqin qilib toboro keng tus olayotgan ishchilar harakatlarini ma'lum darajada jilovlashga harakat qilar edi. Lekin Brentano timsolida Yangi tarixiy maktab o`zining yuksak cho`qqilariga ham hali yetgani yo`q edi. Uning ijtimoiy to`qnashuvlarning oldini olishga qaratilgan "sinfiy inoqlik" nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo`nalishi uchun aosiy manba rolini o`ynadi, xolos. G.Shmollerning shogirdi Verner Zombart ham Yangi tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori Zombart o`zining K.Marksga yaqinligini ko`rsatish maqsadida "Hozirgi zamon kapitalizmi" kitobida "Meni Shmollerdan K.Marks ajratib turadi", deb yozgan edi. U K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan ajratishga urinib, marksizm asoschisi ta'limotidagi mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to`g`risidagi fikrni ko`tarib chiqdi. Shuningdek markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalarini haqiqiy mazmundan mahrum etib, o`z holicha ta'rifladi. Chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi "ishning g`oyasi" deb e'lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb ko`rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi nazariyaning tarafdori bo`lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning muqarrarligini inkor etdi. U o`z asarida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar to`g`risidagi ta'limotni va ayniqsa proletariat diktaturasi nazariyasini inkor qildi. Marksizm nazariyasiga Zombart sotsial pluralizm (lotincha pluralis - ko`pfikrlilik) deb atalgan konsepsiyani qarama-qarshi qo`ydi. U jamiyatning taraqqiyoti sotsializm sari borayotgani yo`q, balki xo`jalikning ko`pgina eski va yangi shakllarini o`z ichiga oladigan murakkab iqtisodiy sistema sari boryapti deb ko`rsatdi. So-sial pluralizm konsepsiyasi Zombartning fikricha, jamiyat haqiqiy taraqqiyotga mos ravishda kapitalizm hayotining mustahkamligi va uzoq davom etishini isbotlashi kerak edi. Zombartning iqtisodiy qarashlari bora-bora reaksion tus olib ketdi. I Jahon urushi yillarida u ochiqdan-ochiq militarizm va shovinizm tomonidan turib, Germaniya imperializmining mafkurachisiga aylandi. Uning asarlari esa nemis fashizmi mafkurasining shakllanishiga ko`maklashdi. Ayniqsa, "Nemis sotsializmi" (1934) kitobida Zombart gitlerizmni oshkora maktab yozdi, fashizmning inson zotiga nafratdan iborat doktrinasi barcha bandlari bilan birdam ekanligini bildirdi. Uning fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi. Maks Veber har tomonlama ma'lumotli va ko`pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo`shdi. Uning ijodida tarixiy maktab o`zining eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi. M.Veber hammadan ko`proq darajada noto`g`ri fikrga asoslangan millatchilik va bir taraflama "tarixiy usul"dan ozoddir. Uning ijodida hech qanday qiyinchiliksiz xalqlarning iqtisodiy hayotining rivojlanish ykllaridagi qiyinchiliklarni yengib, milliy xususiyatlar va an'analar orqali konkret tarixiy sharoitlar, milliy xarakterlar va ularning madaniyati qandaydir umumiy qonun asosida belgilanadi, degan fikrni ko`rish mumkin. O`zining dastlabki asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchi yetarli emasligini ko`rsatdi. U yuksak benuqson tiplar konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak va benuqson tip - bu o`z mohiyatiga ko`ra olim shakllantirgan konkret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayan sxemasidir. M.Veberning XVXVI asrlarda Yevropaning xo`jalik burilishiga deformatsiyaning ta'siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu izlanishlarning markazida "Protestant etikasi va kapitalizm ruhi" asari turadi. Ma'lum ma'noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, ya'ni fundamental tarixiy-iqticodiy asarini yaratdi. Bu kitob sayohatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib kuzatishi edi.


Download 35.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling