2- mavzu: Mamlakatimiz hududida davlatchilikka o’tishdagi tarixiy shart-sharoitlar. Reja
Download 189.79 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Mamlakatimiz hududida davlatchilikka o’tishdagi tarixiy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Nazorat uchun savollar
2- Mavzu: Mamlakatimiz hududida davlatchilikka o’tishdagi tarixiy shart-sharoitlar. REJA: 1. O’zbek davlatchiligining o’rganilishi tarixi 2. O’zbek davlatchiligi paydo bo’lishining shart-sharoitlari 3. O’zbek davlatchiligi paydo bo’lishining omillari Tayanch so’z va iboralar: Yozma manba, davlatchilik, tarixiy xotira, Neolit, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, ixtisoslashish, ortiqcha maxsulot, qo’shimcha maxsulot, xususiy mulk, ijtimoiy tengsizlik, mulkiy tengsizlik, sinflar, davlat, sug’orma dehqonchilik, metallning kashf etilishi, hunarmandchilikning rivoji, ayirboshlash, savdo-sotiq munosabatlari, ilk shaharlar. Nazorat uchun savollar: 1.Davlat qanday tiplarga bo’linadi? 2.Davlat shakllari vauning vazifasi? 3.O’zbek davlatchiligi tarixi fanini o’qitishdan maqsad nima? 4.O’zbek davlatchiligi bosqichlari? Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk.- T.,1998 2.Drevniye sivilizasii Vostoka. - T.,1986 3.Askarov A Drevnezemledelcheskaya kultura yuga O’zbekistana.- T.,1977 4.Formirovaniye i razvitiye trass Velikogo shelkovogo puti v Sentralnoy Azii v drevnosti i srednevekovye.- Samarqand, 1990 5.Kudratov S. Markaziy Osiye hududida ilk davlatlarning paydo bo’lishi- G.,1998 6.O’zbekiston tarixi. 1999 yil № 1-2. XX asr so’nggi yilligida o’zbek jamiyatidagi o’z tarixi va madanayatiga bo’lgan o’lkan qiziqish, ma’naviy ehtiyoj mazkur sohaning tegishli yo’nalishlarida chuqur va har tomonlama ilmiy izlanashlarni taqozo etmoqda. Natijada tarixshunoslik fanamizda yangidan yangi yo’nalishlar yuzaga kelmoqda. O’tmish taraqqiyot bugungi avlodga noma’lum bosqich va qirralari qaytadan kashf etalmoqda. Davlatchilikning taklanishi, albatta, ulug’ tarixiy voqea bo’ldi. Shu bilan birga davlatning mavjudligi jamiyat hayotida muayyan bir maqsad va vazifalarni ko’ndalang qilib qo’yishi ham tabiiy. Fikramizcha, mustaqillikka erishilgandan keyingi o’zbek jamiyati kelgusi taraqqiyotni belgalab beruvchi bosh yo’l huddi mana shu maqsad va vazifalar tasavvuri bilan bog’liq bo’lib qolgandi. Shu ma’noda mustaqil O’zbekiston davlatining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1992 y o’zbek jamayatiga taqdim qilingan quyidagi g’oya davlat rivojida, uni inson manfaatlari yo’lida xizmat qildirishda ahamiyat kasb etishi aniq: “O’zbekiston—kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir”. Shu uchun ham tadqiqotning manbaviy asoslarini, ya’ni tarixiy asarlar, ilmiy adabiyotlar doirasini imkon boricha kengroq olashga shntildik. Boshdanoq tadqiqotning o’q chizig’ini- almashtirib olishga harakat qildik. U ham bo’lsa davlatning jamiyat hayotida tutgan o’rni masalasi. Shuningdek davlat - boshqaruvi, davlatchalikdagi an’analar, qonunchilik, davlatning jamayat ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy, madaniy hayoti, tashqi aloqalarga ta’siri, uning natijalariga bosh mavzu nuktai nazaridan yondashishni asosiy vazifa qilib qo’ydik. Mavzuning o’rganilish darajasi. O’zebekiston hududida, umuman, O’rta Osiyo mintaqasida eng qadim zamonlardan kechgan davlatchilik tarixi masalasi ilgari maxsus o’rganilmagan. Hech qachon shu tarzda mavzu va maqsad qilib qo’yilmagan. Shuning uchun ham ham biz mazkur ilgari amalga oshirilgan biron maxsus ishni xotirimizga keltira olmaymiz. Har holda shunday faktni uchrata olganimizcha yo’q. Shunga qaramay, mamlakatimiz o’ramida, O’rta Osiyo mintaqasida davlatchilik tizimi bo’lgani hech qachon inkor etilmagan. Biroq mazkur davlatchilik tizimlari to’g’ridan-to’g’ri o’zbek jamiyati bilan tarzda va shu yurtda uzuluksiz kechgan bir jarayon sifatida hech qachon qarab chiqilmagan. Bunning kamida uchta sababi bor. Birinchi sabab to’g’ridan-to’g’ri yevrotsentrizm bilan bog’liq. So’nggi asrlarda siyosiy- iqtisodiy markazning Sharqdan-G’arbga “ko’chishi”, xalqaro munosabatlarda G’arb davlatlari, ular namoyandalarining alg’or, tashabbuskor, tajovuzkor, bo’lishlari kabi omal va sabablar natijasida guyoki g’arbay (yevropaviy) va Sharqiy tarixshunoslik fanlari vujudga kelganday bo’lganda. Shu ma’noda “tarix” tushunchasiga qarashli bag’ishlangan akademik-tadqiqotlardan birida beralgan quyidagi-fikrlar diqqatni tortadi: “umuman olganda qadimga davr (Yevropaning qadimgi davr tarixi nazarda tutilmoqda-A.Z.) tarix (fani) rivojida muhim bosqich bo’lib, zamonaviy Yevropa tarixshunosligi uning bevosita merosxo’ridir. Yevropalik bo’lmagan xalqlar (ta’kid bizniki—A.Z.) — Xitoy, Hindiston, Kolumb davragacha bo’lgan Amerika, Yaqin va O’rta Sharq—yozma yodgorliklari ularda ham tarixshunoslik qarashlari taraqqiy etganidan dalolat beradi. Biroq yevropaviy tafakkur mazkur madaniy o’lkalar yutuqlari bilan nihoyatja kech tanishgani sabab, ular (Yevropa tarixshunoslik qarashlariga) biron-bir sezilarli ta’sir ko’rsata olmadilar. Mazkur tadqaqot bilan tanishar ekansiz unda Sharqdagi tarixshunoslik fani to’g’risida biron so’z aytilgani, qiyosiy fikr qilinganini ko’rmaysiz. Vaholanki, mavzu umuman “tarix” tushunchasi, tarixshunoslik fani tarixi, turli sohalari, yo’nalishlari, tadqiqot usullari haqida. Guyoki faqat yevropaviy tarixshunoslik yakka yagona fanday. Boshqacha qilab aytadigan bo’lsak, davlatchilik mavzusi u yoqda tursin, umuman tarixshunoslikda yevrotsentrizm kuchli namoyon bo’lgan. Tarixiy mavzularga yondoshuvlar ham shunga yarasha. Mashhur rus tarixshunosi V.V.Bartold (1869—h930) so’zlari bilan aytganda, Yevropa “maktabining olimi Sharq tarixi bayoniga Yevropa ilmi ziyosi olib kiradi... Sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki biz ular o’zlarini bilganlaridan yaxshiroq bilishimizga tan bersalar”. Yevropada vujudga kelgan Sharqshunoslik fanining amaliy jihatlari kuchli bo’lgani ham bor gap. Osiyo, Shimoliy Afrikadaga mustamlakalarni boshqarishda, qaram xalqlarning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, diniy, qarashlarini, fe’l-atvorini har tomonlama puxta bilishlik faqat va faqat foyda keltirishini yevropaliklar yaxshi tushunganlar. Buni nafaqat siyosatchilar,-balki olimlar ham juda yaxshi anglaganlar. Yana Bartoldga murojaat, qiladigan bo’lsak “(qaram) mamlakat tarixini bilishlik ma’bmurlar va diplomatlarga to’g’ridan-to’g’ri amaliy naf berishini” u o’z paytida ta’kilab o’tganining guvohi bo’lamiz” Xullas, mazkur amaliy jihatlar orqali ham arabnoslik, misrshunoslik rivojida Fransiya, hindshunoslikda Angliya, turkistonshunoslikda Rossiya kabi davlatlarning o’rni yaqqol ko’rinib turadi. Mustamlaka sharoitida qaram mamlakat olimlarining metropoliya -ijtimoiy qarashlari ta’sirida qolishlari ham turgan gap. Buni biz Rossiya imperiyasi tarkibida davrimizdan yaxshi bilamiz. Ochig’ini aytganda, bu kasaldan bugun ham uzil kesil qutilganimiz yo’q. Ikkinchi sabab. Rossiyaning shovinistik va ulug’ davlatchilik siyosati bilan bog’liq: uni bizning mavzuga aloqador tomonini Bartoldning quyidagi aytganlaridan bilib olamiz: “Sharq xalqlarining Rossiya bilan tinch yo’sinda yaqinlashishlarida, bizning buyuk shoirimaz (Pushkin) orzu qilgan, biroq hali hozir juda uzoq bo’lmish kunni, ya’ni Rossiyaning barcha xalqlari, jumladan, “va bugungi vahshiy tungus va dasht kezuvchi qalmoq” ham, rus madaniyatining ulug’ vakiliga bosh egish uchun birlashadigan kunning kelishida rus Sharqshunoslarining kamtarona mehnatlari, bilan, rus madaniyatining boshqa yutuqlariga nisbatan ko’proq foyda keltirar”. Bir so’z bilan aytganda, imperiya tarkibidagi boshqa xalqlar oldida rus tarixi, rus madaniyatining ustukligini ko’satish, shuni tan olidirish asosiy maqsat qilib qo’yilgan. Bunga ajablanmasa ham bo’ladi. Zero, “buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar mamlakatlar bilan o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi”. Davlatchilik tarixi masalasida ham yondashuv shunday bo’lgan. “Qadimgi” Rus davlati” IX asrda shakllanganidan kelib chiqilib, imperiyaning boshqa biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur ko’rsatkichdan (IX asr) qadimroq bo’lmasligi kerak edi. Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik tarixi va etnogenezini o’rganish, ilmiy asoslash bilan bog’liq masalalarda ham ko’rish mumkin. Ya’ni o’zbeklar, ozarbayjonlar, ukrainlar, turkmanlar va boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX—XII) ertaroq asrlarga borib taqalashi mumkin emasdi. Uchinchi sabab esa Rossiya imperayasini kommunistlar boqargan davrlardagi hukmron mafkura mohiyati orqali belgilanadi. Davlat, davlatchilikka munosabat kommunistik mafkura”dohiylari” qarashlari asosida qurib kelingan. Masalan, “davlat umuman va asosan ishlab chiqarishda, hokim bo’lgan sinfning iqtisodiy ehtiyojini konsentratsiyalashgan shaklda ifoda etishdir” (Engels)”.”Davlat bir sinfning ikkinchi sinf ustidan hukmronlik qilish uchun xizmat qiladigan mashinadir”. Ko’rib turganimizdek, davlat tushunchasiga sinfiylik nuqtai nazaridan yondashilgan. Tarixga munosabat ham shu kabidir: “Tarix sinfiy kurashning bir qator lavhalaridan iboratdir”. Bu yerda ham sinfiylik .Davlatchilik taraqqiyoti bosqichlariga ham baho berishda sinfiylikdan kelib chiqilgan. Ya’ni, “quldorlik” davlati, “feodal” davlat, “kapitalistik” davlat, “sotsialistik ” davlat tushunchalari bunga yaqqol misoldir. Kommunizmga borib esa davlat degan tushuncha go’yo yo’qolib ketadi. Xullas, bunday qarashlarda hamma narsa bor, ammo eng asosiysi, davlatchilikning manbai xalq ekanligi tushunchasi yo’q. Natijada o’zbek davlatchiligi miloddan avvalgi VII asrdayoq qaror topgan bo’lsa-da, ammo marksizm-leninizm ta’limoti bo’yicha, yurtimizdagi ijtimoiy siyosiy tuzum milodiy VI asrga qadar quldorlik, 1924 yilga qadar feodal, 1991 yilgacha esa sotsialsitik mazmunga ega bo’lib kelganligi sovet tarixshunosligida muntazam uqtirib borilgan. Mana bu iboraga e’tibor bering: “sotsialistik davlat sinfiy davlat bo’lib, ishchilar sinfi rahbarligidagi ishchi dehqonlar davlatidir”. Demak, u biron xalqqa tegishli emas, balki millati va boshqa jihatlaridan qat’i nazar ishchi va dehqonlarning, xullas, sinflarning manfaatini o’zida aks ettirgan. Millat degan mohiyat umuman yo’qolib ketgan, aniqrog’i, shu yo’l bilan yo’qqa, chiqarilgan. Ammo pirovardida kommunistak ta’limotning o’zi chilparchin bo’lib, uning ham ilmiy, ham amaliy jihatlaridan asossiz ekanligini tarix isbotladi. “Kommunistik” davlatlar yashamoqda, biroq SSSR tipidagi “davlatlar” yo’q bo’lib ketdi. Sovet tarixshunoslagi maktabi tadkiqotlari mintaqamizda umuman davlatchilak an’analari bo’lganligini hech inkor qilmagan, qilolmasdi ham. Ammo jarayonni biron millat va jamiyat bilan o’zviy bog’liqlikda emas, formatsiyalar va sinfiylik nuqtai nazaridan boholaganlar. “sotsialistik” davlatni ko’kka ko’kka ko’tarish niyatida ungacha bo’lgan davlatchilik jarayonidagi barcha bosqichlarni salbiy deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham masala mohiyatidan va mavzuga o’zgacha yondoshishlar g’am borligidan behabar kishi ko’z o’ngida birdaniga bir qator davlatlar namoyon bo’lishi turgan gap edi. Masalan, buyuk Xorazm davlati, Baqtriya davlati, Kushonlar podshohligi, Eftaliylar davlati, Amir Temur va temuriylar davlati, Abdullaxon davlati, Buxoro amirligi va hokazo. Ularning bayoni, sharhida hukmdorlar, siyosatchilar, lashkarboshilar, olimlar, shoirlar va boshqalar bor, ammo o’zbek jamiyati, o’zbek xalqi, o’zbek davlatchiligi yo’q, ya’ni barcha-barchasiga manba bo’ladigan mohiyat yo’q, yo’qqa chiqarilgan. 1924 yil “O’z SSR” barpo etilishi munosabati bilan qabul qilingan murojaatnomadagi “o’zbek xalqi ulug’ Oktyabr inqilobi g’alabasi natijasida ilk bor o’zining milliy o’zbek davlatchiligini ko’rish imkoniga ega bo’ldi... ammo yangi respublika ulug’ Sovet ittifoqining qo’shni xalqlari bilan tinch mehnatda va qadoshlarcha hamkorlikda yashashi kerak va yashaydi ham” fikri, aniqrog’i, ko’rsatmasi o’zbek zaminida kechgan davlatchilik tarixini o’rganib, hukmron siyosiy tuzim va mafkura manfaatiga mos tarzda ommalashtirishda sovet tarixchilari uchun asos bo’lgan. Ya’ni 1924 yilga qadar o’zbeklarning milliy davlatchiligi bo’lmagan, ungacha mavjud davlatchilik jarayoni Kushonlarga, Xorazmshohlarga, Amir Temurga (va hokazo) tegishli, zinxor-bazinxor o’zbekka emas. Faqat “ulug’ Oktyabr” tufayligina o’zbeklar o’z davlatiga ega bo’ldi, endi esa ular sovet ittifoqi ya’ni Rossiya bilan birga undan ajralmasdan yashashlari kerak va shart, degan fikr tarix kitoblari orqali omma ongiga singdirilishi kerak edi. Mustaqillik sharofati bilan biz o’tmish taraqqiyot yo’limizni hech bir mafkuraviy aqidasiz o’rganish va yoritish imkoniga ega bo’ldik. Chunki “tarix xotirasi xalqning, o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqiqiy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglash, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”. Xususan, davlatchiligimiz tarixi masalasida ham. Davlatchilikning bosh manbai sifatida biz xalqni oldik. Buni tarixning o’zi isbotlamoqda. “O’z SSR” yo’q bo’lib ketdi, ammo o’zbek xalqi, uning o’z davlatchiligini qurish imkoniyati o’z milliy davlatida yashash istagi yo’qolgani yo’q. Mavzuning manbaviy asosi. Eng kuhna davrni tadqiq etishda arxeologik izlanishlarning xulosalari, topilmalarining ahamiyata katta. Shu bilan birga davlatchalik bilan bog’liq jihatlari u yoqda tursin, O’zbekiston zaminida o’tgan yillar davomida olib borilgan, turli maqsad va yo’nalishlardagi arxeologik tadqiqot natijalari hanuzgacha umumlashtirilmaganini ta’kidlash o’rinlidir. Shuning uchun ham ko’rilayotgan mavzuning, ayniqsa o’zbek davlatchaligining o’rta asrlardagi ahvoli va taraqqiyoti masalalarini o’ganishda asosiy manba bo’lib yozma yodgorliklar xizmat qaladi. Buning ustaga davlatchalik tariximizning eng qadamgi davrlariga oid xolatini muayyan ma’noda tasavvur qilishimiz uchun yozma guvohliklar ham yo’q emas. Biz bu yerda miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi choraklariga to’g’ri keladigan “Avesto” katobini nazarda tutmoqdamiz. Mazkur nodir manbaning maloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid qismida ajtimoiy iqtisodiy munosabatlarga bog’liq ma’lumotlarning ham mujassamlashgani ma’lum. Ular orqali o’sha zamonlarda kechgan ijtamoiy jarayonda davlatchilik kurtaklari qanday unib borganani ko’rish mumkin. O’zbek davlatchiligi tarixining dastlabki bir yarim ming yilini yoritishda Xitoy manbalarining ham o’rni katta. Biz bu yerda “Tarixiy guvohliklar” (miloddan avvalgi I asr), “Ulug’ Xan xonadoni tarixi” (1 asr). “Kichik Xan xonadoni tarixi” (V asr). Vey xonadoni tarixi (VI asr), Shimoliy podshohliklar (Beyshi) tarixi” (VII asr), “Suy xonadoni tarixi (VII asr), “Txan xonadoni tarixi” (X asr) kabi xitoy talidagi birlamchi manbalarni ham nazarda tutilgan. Tadqiqot mavzusi manbalariga biz shuningdek arman, suriyallik, rumlik (Vizantiya) mualliflari asarlarini ham kiritamiz. Ammo davlatchalik tarixini, ayniqsa, o’rta asrlar davrini keng va har tomonlama o’rganish va yoritib borishda turkyy, fore, arab manbalarinikg o’rni beqiyosdir. Albatta, biz hozir ularning barchasiga birma-bir, batafsil to’xtalib o’taolmaymiz. Chunki siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hayot, elchalik aloqalariga oid ma’lumotlarni ) O’zida jamlagan tarixiy asarlarning soni juda ham ko’p. Boshqa so’z bilan aytganda, tarixnavislikning rivojlanib borishi va ularda jamiyat hayotining turli yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlarning o’z aksini topishining o’ziyoq o’zbek davlatchaligi boy taraqqiyot yo’liga ega bo’lib kelganini ko’rsatadi. Buning ustiga tadqiqotchinilg vazifasini ma’lum ma’noda yengallashtiradigan jaxatlar ham yo’q emas. Biz bu yerda o’rta asrlar tarixnavisligidagi sulolaviy tarixlarga bag’ishlangan asarlar silsilasini nazarda tutmoqdamiz. Bu borada Abul Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Bayhaqiy”, Muhammad ibn Sulaymon ar-Rovandiyning “rohat as-sudur”, Sadriddin Ali al-Xusayniyning “Zubdat at-tavorix”, Muhammad ibn Ahmad an- Nisoviyning “Sirat as-sulton Jaloliddin Mankburni”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Tojiddin as Salmoniyning “Tarixi Toji Salmoniy”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlayin sa’dayn va majmai bahrayn”, Fazlulloh Ro’zbexonning “Mehmonnomayi Buxoro”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Muhammadyor ibn Arab qatag’onning “Musaxxir al-bilod”, Mahmud ibn Valining “Bahr al-asror fi manoqib al-axyor”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Abdurahmon Davlatning “Tarixa Abul Fayzxoniy”, Mulla Vafo Karmanagiy va Olambekning “Tuhfat al-xoniy”, Niyoz Muhammad Xuqandiyning “Tarixi Shohruxiy”, Ahmad Donishning “Risola yo muxtasari az torixi saltanati xonadoni Mang’itiya” kabi asarlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Mazkur asarlar orqali muayyan sulola faoliyat ko’rsatgan zamonlardagi ijtimoiy-siyosiy hayot, davlat boshqaruvi, tashqi siyosat masalalari to’g’risadagi tasavvurlarni ixchamlashtirib olish mumkin. Ammo bu mintaqaviy (masalan, “Tarixi Buxoro”, “Tarixi Seyiston”), umumtarix (masalan, “Tarixi Tabariy”, “Tarixi Ya’qubiy”, “Muruj az-Zahab”, “Tajorib al-umam”, “Tarixi komil”, “Majma al-ansob”, “Zayn al-axbor”, “Jome at-tavorix”, “Muntaxab at-Tavorix”, “Habib as-siyar” va boshqalar) uslubida bitilgan asarlarni kamsitmaydi, albatta. Har birining o’z o’rni bor. Masalan, sulolaviy tarixlardan Shomiy “Zafarnoma”sida Amir Temur taxt uchun kurash boshlagan yillar dan to 1404 yilgacha bo’lgan voqealar bayoni to’liq berilgan. Xam ichki, ham tashqi siyosat. Unda biz mamlakat, mintaqa va dunyodagi jarayonni Amir Temur va temuriylar faoliyati orqali ko’ramiz. Umumtarix uslubidagi “Habib as-siyar”da esa umuman temuriylar, xususan, Amir Temur faolayatidan tashqari, misol uchun, kurtlar, sarbadorlarning tarixi va o’z o’rnida ularning, aytaylik, yana o’sha temuriylar xonadoni bilan munosabatini ko’rish mumkin. Natijada bir asar orqali ularni taqqoslash, jarayoni yaxlit ko’rish imkoni tug’iladi. Ma’lumki, o’rta asrlar tarixnavisligi an’analariga ko’ra siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot, tashqi aloqalarga oid ma’lumotlar alohida bir asarda yoki muayyan bir tartibda berilmay, asar uzra sochilgan bo’ladi. Bayon yilma-yil davrma-davr, yo biron katta voqea ustida ketarkan, bir yil yoki biron sulola namoyondasi faoliyati bilon bog’liq sharhda tilga olingan mavzularning barchasi, yo faqat bir-ikkitasi bo’yicha ma’lumotlar uchrashi mumkin. Bu, albatta, tadqiqotchi ishini mushkullashtiradi. Masalan, saljuqiylar davrini olsak, Rovandiy Sulton Alp Arslonga bag’ishlangan bayonida asosan siyosiy munosabatlarga to’xtaladi. Aksincha, Xusayniy esa Sulton Alp Arslon bobida boshqaruv (vazir, devon, oxur, salor, amil, amit va boshqalar), harbiy tizim (maymana, maysara, lashkarboshi, qalb va boshqalar), etnik, tarixiy geografiya, tashqi siyosatga oid ko’plab ma’lumotlar bergan. Bir so’z bilan aytganda, har bir muallif va asarning imkoniyata har xil. Shuning uchun ham tegishli tasavvurga ega bo’lish uchun har bir manbani boshdan oyoq o’qib chiqish talab qilinadi. Chunonchi, Shahobiddin Nisoviyning asaridagi boblardan birida (85- bob) nafaqa (idror) haqida shunchaki so’z boradi. Biroq boshqa bir yerda (103-bob) xorazmshohlarning (anushteginiylar) nafaqa to’lash bilan bog’liq o’ziga xos ananasiga ishora qilinadi. U ham bo’lsa, xorazmshohlarning o’zlarigacha bo’lgan va tayinlangan nafaqalarni bekor qilmasliklari, bu tartibni hatto nafaqani dushmanlari tayinlagan holda ham buzmasliklari to’g’risidagi qimmatli guvohliklardir. Yuqorida biz bosh mavzuning manbaviy asoslarini iloji boricha kengroq olishga intilganimizni takidlagan edik. Buning sabablaridan biri shundaki, yurtimizda kechgan siyosiy jarayonlar xamma vaqt ham maxalliy manbalarda to’liq aks ettirilmagan. Masalan, XVII asr o’rtalaridagi siyosiy vaziyat Turkistonda bitilgan asarlarda sust sharhlangan. Ular asosida kalava uchini topib olish qiyin. Ayni shu davrda o’zbek davlatchiligida markaz va viloyatlar o’rtazidagi ziddayatlar, yirik amirlarning rasmiy sulola ichki ishlariga tasiri nixoyatda kuchayib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ular tutgan mavqe mustaxkamlasha boshlagan edi. Biroq mazkur yillar vokealari maxalliy manbalarda juda sayoz berilgan. Odatda, tadqiqotchilar bu borada, asosan, Muxammad Yusuf munshiyning “Muqimxon tarixi”ga suyanib keladilar. Vaholanki, 1645— 1651 yillardaga siyosiy ziddayat manzarasi Hindistonda boburiylar saroyida bitilgan “Amali Solih”, “Silsilot as-salomatin” asarlarida batafsil beriladi. Boshqacha qilib aytganda, Hindiston va Eronda yozilgan manbalarni ham sinchiklab o’rganish davlatchiligimiz taraqqiyot yo’lining u yoki bu bosqichlari, masalalarini yoritishda qo’l kelishi mumkin. Chunonchi, temuriylar siyosiy faoliyatini Hindistonda davom ettirgan boburiylar davrida dunyoga kelgaya ko’plab tarixiy asarlarda Turkiston xayotining turli yo’nalishlariga (siyosiy, iqtisodiy, ma daniy, elchilik aloqalari va hokazo) tegishli qimmatli ma’lumotlar ko’plab uchraydi. Masalan, Turkiston — Hindistop, Turkistop — Eron elchilik, siyosiy alokalarini yoritishda Hindiston manbalarining axamiyati juda katta. Birgina “Silsila as-salotin” asarida Turkiston podsholarining Rum (usmoniylar), Eron, Hindiston dav latlari hukmdorlari bilan olib borgan yozizmalarining yigirmata namunasi keltirilgan. Ular orqali biz XVI—XVII asrlarda mintaqadagi geopolitik ahvolni ta savvur qilishimiz, unga baho berishimiz qiyinmas. Yo bo’lmasa, 1206 yili Lohurda yozilgan “Tarixi Muborakshohiy” asarida Turkistondagi boshqaruv, madaniy hayot, etiqod masalasiga doir qimmatla ma’lumotlarni uchratamiz. Ixtiyorimizda to’g’ridan-to’g’ri markaziy va maxalliy boshqaruv, davlat muassasalari, hukmdorlar, hokimlar, umuman, davlat amaldorlariga qo’yiladigan talablar, ularning axlokiy jixadlari ustida so’z yuritadigan tarixiy asarlar mavjudligi quvonchli xoldir. Zero, shunday yo’nalishdagi maxsus adabiyotlarning o’z paytida dunyoga kelgani bizdagi davlatchilik an’analari, ularning muayyan tartiblar asosida qurib kelinganidan dalolat beradi. Masalan, Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida boshqaruv masalalariga alohida to’xtalinmasa-da, ammo asardan bu boradagi guvohliklarni topish mumkin. Chunoncha, Amir Temur davri davlat boshqaruvidagi adliya vazirligi (devona mazolim) to’g’risidagi ma’lumotni biz aynan Yazdiydan topdik. Ammo ijroya tizimiga aloqador guvohliklarning asosiy qismini esa shu yo’nalishdagi maxsus asar “Temur tuzuklari”dan topdik. Biroq bu boshqaruv masalalarini tadkiq etishda sulolaviy, umumtarix, mantakaviy tarix uslubidagi asarlarniig axamyatini kamsitmaydi. Masalan, somoniylar davri boshqaruvidagi devonlar tizimi hakida birdan-bir to’liq ma’lumot faqat Narshaxiyda bor. Davlat ishlari, boshqaruv tizimi bilan bog’liq qarashlar mujassamlashgan asarlarning bizga ma’lumlaridan eng qadimgilari IX—X asrlarga borib taqaldi. Biz bu yerda Abu Nasr Forobiyning (873—950) “Fozil shahar, johil shahar, buzuq shahar (adashgan shahar) hakida kitob”, “Fozil shahar ahlining boshlang’ich qarashlari haqida” “Shaharni o’rganish haqida kitob” “Millat (xalq) va shaharni boshqarish huquqlari to’g’risida so’z”, “Askarlarni boshqarish haqida so’z”, “Shahar jamoalari haqida kitob”, “Umumiy boshqarish (siyosat) kitobi” kabi asarlarni nazarda tutmoqdamiz. Abu Nasr Forobiy shahar hokimiga talablarni shunday belgilagan: “hokim sog’- salomat, farosatli, o’tkir xotirali, zukko, notiq, bilimga chanqoq, barcha narsada nafsini tiya oladigan, haqiqatparvar, nafsoniyatli, molparast bo’lmaslik, adolatparvar, kat’iy va jasur bo’lishi lozim”. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham amaldorlariga ham shunday talablar qo’yilganini ko’ramiz. Chunonchi, muallif vazir oqil, ilmli, dovyurak, imonli, ko’zi to’q, hisob-kitobni puxta egallagan bo’lishi kerak, shundagina undan elga naf tegada, deb hisoblagan. Yusuf Xos Xojib shuningdek, podshohlar, lashkarboshilar, elchilar, olimlar, dehqonlar, savdo ahli to’g’risida, ularning jamayatdagi o’rni xususida ham qimmatli fikrlarni qoldirgan. Mazkur yo’nalishdagi asarlar sirasiga Unsur al-Maoliyning “Qobusnoma” (XI asr), Nizomul Mulkning “Siyosatnoma”, “dastur al-vuzaro”, “qonun al-muluk” (XI) G’azzaliyning “Nasixat ul muluk” (XI), Amir Temurnang “Temur tuzuklari” (XIV) Hamdulloh Mustavfiyning “Nuzxat al qulub” (XIV), Ruzbexon Buxoriyning “Suluk al-muluk”, Xondamirning “dastur al-vuzaro”, “ Qonuni Xumoyuniy”, Qozi Ixtiyoriddin Turbatiyning “Axloqiy Xumoyun”, Xasan munshiy Xoqoniyning “Axloqi Hakimiy”, “Abul Fazl Allomiynang “Oyini Akbariy” (XVI asr), Muhammad Boqirxonning “Muvazai Jahongiriy (XVII asr), Mirza Badi devonning “Majma’ al- arqom (XVIII asr), Ahmad Donishning “Navodir al-vaqoye (XIX asr) asarlarini ham kiratamaz. Mazkur manbalar bilan tanishish jarayonida davlat, davlatchalik, jamiyat boshqaruvi to’g’risida qarashlar bizda aytaylik, hammaning og’ziga tushgan Nikkolo Makaavellinang (1469—1527) bu boradagi qarashlaridan ancha oldin ilmiy-nazariy shakl olganining guvohi bo’lamiz. To’g’ri, ularda ham huddi o’sha yevropaliklarda bo’lganidek, o’z zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi, tafakkurining xos ko’rinishlari, ta’siri bor. Busiz mumkin emas. Ammo, eng muhimi, shunday qarashlar an’anasi bo’lgan ijtimoiy fikrning boshqa soxalari qatori o’z yo’nalishiga ega tarzda rivojlanib borgan. Shu ma’noda davlat va uning timsoli bo’lmish hukmdorlarga qo’yilgan talablar, xukumatning jamiyat oldidagi majburiyatlari xususidagi tasavvur va qarashlar diqqatni tortmay qolmaydi. Masalan, Nizomul mulk bunday yozgan: Xukmdor dunyoni obod etish bilan mashg’ul bo’lmog’i lozimki, korizlar chiqarish, barcha foydalanishi uchun araqlar qazdirishdan (tortib), katta daryolar ustiga ko’priklar qurish, qishlok va ekinzorlarni obod qilish, qalalar tiklash, yangi shaharlar bunyod etish, oliy imoratlar ko’tarish va uy-joylar barpo qilishgacha (ishlarni) o’rniga qo’ysin. Katta yo’llar uzra robotlar qurdirsin, ilm talabgorlari uchun madrasalar soldirsinkim, (ular) uning nomini abadiy qilgusidir va bu ezgu ishlarnnig savobi narigi dunyoda unga, (albatta), teggusidir, xayr duosi (uning nomiga) hech to’htamagay”. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatdagi tartiblar, ijtimoiy adolat masalasi hukmdor, davlat faoliyati orqali o’rnatilishi fikri oldinga surilgan. Zero, “Xudoyi taolo har bir zamonda xalq orasidan bir kishini tanlab, uni podsholik hunarlari ila orasta qilib, mashhur etgay... toat yo’lidan yuruvchi raiyyat ersa o’z yumushlari bilan mashg’ul bo’lg’ay. Podshoh (ularni) zulmdan osuda saqlagaykim, to ularning adolat soyasida rohatda hayot kechirsinlar.” Ko’rinib turganidek, o’rta asrlarga xos ravishda adolatni podshohdan kutish, adolatli hukmdor siymosi mavzusi Nizomul mulk qarashlarida o’z aksini topgan, amalda ham shunday bo’lib kelgan. Demokratik, ya’ni xalq hokimiyati shakllangan davrda yashab turib salkam ming yil burungi qarashlarni tanqid va tahlil qilish oson. Ularga tabiiylik ko’zi bilan qarash kerak. Davlatchilgi mizdagi demokratik bosqichga yetib kelgunimizga qadar kechgan taraqqiyot yo’limiz bosqichlari o’rnida qabul qilishimiz lozim. Hukmdorlik Yaratgan tomonidan yuqtirilishi fikrini biz “Temur tuzuklari”dan ham topamiz. Chunonchi, unda shunday deyiladi: Tangri taolo har yuz yilda Muxammad, unga tangrining marhamatlari va salomlari bo’lsin, diniga rivoj berish va (uni) yangilash uchun bir kishini islom dinining yoyuvchisi va yangilovchisi sifatida ixtiyor etadi. Bu sakkizinchi yuz yillikda (ya’ni XIU asrda — A. Z.) Amir Sohibqiron islom dinini jahon ahliga tarqatdi”. Ammo “Temur tuzuklarlari”ning davlat va jamiyat boshqaruvi to’g’risidagi qarashlarining sifatiy rivojida tutgan alohida o’rni bor. U ham bo’lsa, asarda davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni hukuqiy asosda qurish g’oyasi keng targ’ib qilinishidan bilinadi, “Bu tuzuklarni,-deb yozadi muallif,- saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalanganlar… ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar”. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, davlatchiligimiz tarixida davlat boshqaruvi haqida asar yozib qoldirgan yagona hukmdor Amir Temur hisoblanadi. Umuman olganda, bu dunyo xalqlari o’tmish tarixida kamdan-kam uchraydigan holdir. O’zbek davlatchiligining Amir Temur va Temuriylar boshqargan davrini tahlil qilishda, davlat boshqaruv tizimining tarixiy taraqqiyot yo’lining o’ziga xos tomonlarini aniqlashda “Temur tuzuklari” bizga nihoyat qo’l keldi. Masalan, Nizomul Mulkning yuqorida keltirilgan “toat yo’lidan yuruvchi raiyat” tushunchasiga qarshi o’laroq, Amir Temur jamiyatning biron tabaqasini ajratmaydi. Garchi o’z zamonasi tartiblariga mos ravishda u jamiyatni o’n ikki toifaga taqsimlasa-da, ammo mohiyat z’tibori balan mazkur o’n ikki toifaga barcha ijtimoiy guruhlar kirgan. “Saltanatim martabasi bo’lmish to’ro-tuzuklar va qonun-qoidalarni ham shu o’n ikki toifaga bog’lab tuzdim”,—deb ta’kidlagandi. Amir Temur. e’tibor bering, tuzuklar, qonunlar toifalarga moslashtirilgan, aksincha emas. Umuman olganda, jamiyatni konunlar asosida boshqarish madaniyati bizda eng qadimgi davrlardan shakllanib kelgani haqida tarixiy guvohliklar yetarli. Chunonchi, xitoy tilida bitilgan tarixiy asarlardan “Beyshi”da (VI asrga tegishli) yurtimizdagi bu boradagi ahvol haqida shunday ma’lumotlar bor: “Ularda ibodatxonada saqlanadigan turkiy tuzuklar to’plami bor. (Biron janoyatchiga) jazoni belgilashda mazkur tuzuklar (to’plamini) olib, (unga suyangan holda) hukm chiqaradilar”. Ya’ni qilingan jinoyat uchun jazoni biron-bir shaxs emas, balki muayyan huquqiy normalar belgilagan va u hamma uchun barobar kuchga ega bo’lgan. O’lkamizga islom dini kirib kelishi munosabati bilan jamiyat huquqiy hayotida yanga hukmron mafkura asoslari bilan bog’liq muayyan o’zgarishlar ro’y bergani shubhasiz. Ammo dastlabki yillardanoq, usuliy ziddiyatlar bulmagan hollarda islom makalliy huquqiy normalarga qarshi chiqmagan, ular saqlangan. Shu o’rinda bir gapni aytmasdan iloj yo’q. Mamlakatimizda islom dani qaror topgandan keyingi davrlardagi taraqqiyotning ba’zi yo’nalishlarini islom tushunchasi bilan bog’lash odati bor. Masalan, islom madaniyati, musulmon qonunchiligi, degan gaplar. Mazkur tushunchalarga e’tiqodi islom bo’lgan xalk madaniyati, jamiyat qonunchiligi nuqtai nazaridan yondashish to’g’ri, albatta. Ammo ba’zan uchrab turadigan holatlar, chunonchi, madaniy rivoj belgisi sifatida dinni asos qilib olish haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Zero, Turkistonda madaniyat, qonunchilik islomga qadar o’z yo’lida rivoj topib kelgan va bu o’ziga xoslik VII asrdan keyin ham mohiyatan o’zgarish topgani yo’q. Qonunchilik borasida ham Turkistonda qadimiy tarixiy an’analar bo’lgan. Islom davriga kelib bu an’analar yangi mafkuraviy rivoj bosqichida kechib bordi, xolos. Mustahkam tarixiy ildizga ega bo’lgani uchun ham turkistonlik qonunshunoslar (faqihlar) faoliyati tamomila musulmon dunyosida tan olangan. X—XI asrlardan yuksalish yo’liga kirgan “Movarounnahr fiqh (qonunshunoslik) maktabi ta’sirida Suriya, Misr, Kichik Osiyo va boshqa musulmon mamlakatlarda shu maktab tarafdorlari markazlari yuzaga kelgani” ma’lum. Shu ma’noda davlatchilik mavzusini tadqiq etishda turkistonlik qonunshunos olimlarning o’tmishda yaratgan qator asarlari qimmatli manba bo’lishini alohida ta’kidlagan bo’lardik. Birgina Burhoniddin Marg’inoniyning (vafoti 1197 yil) “Hidoya” asarida jamiyatning o’sha kezlardagi huquqiy holatini ko’z o’ngimizda gavdalantiradigan qanchadan-qancha ma’lumotlar bor. Chunonchi, bu asarda huquqiy, axloqiy normalar, oila va nikohning huquqiy asoslari, davlat va huquq qurilishi, jayaoay javobgarlak, mulkch uku kafolatlari, doiralariga oid qarorlar, ajrimlar, sharhlar (zakot, nikoh, taloq, o’g’irlik, jazo, vaqf, sudxo’rlik, qozilarning vazifalari, guvohlik berish, da’vogarlik, mulkchilik, meros, ijara, shaxs daxlsizligi va hokazo) aniq va lo’nda bayon qilingan. Shuning uchun ham mazkur asar musulmon dunyosida, ayniqsa, Hindiston va Kichik Osiyoda o’z vaqtida katta obro’-e’tibor qozonib, amaliy istifodada bo’lgan. Qonunshunos olimlarimiz faoliyati keyingi asrlarda ham hech bir susaymagani aniq. Bunga hozirda o’zimizda va chet el kutubxonalari, jamg’armalarida saqlanayotgan fiqhga oid yuzlab asarlar dalildir. Biz tanlagan mavzu uchun ularning ahamiyati shundaki, huquqiy davlat, huquqiy jamiyat tushunchasi O’zbekastonga kirib kelmaganini, hayotni huquqiy asoslarda tashkil qilish bizga ajdodlardan qolgan madaniy meros ekanligini amalda ko’rsata olamiz. Xullas, ko’rib o’tganimizdek, mavzuning manbaviy asoslari keng. Davlatchiligimiz tarixini yoritish uchun turli tillarda bitilgan tarixiy asarlar soni ko’p. Ularda jamlangan hujjatlar, materiallar o’zbek davlatchiligi qadimiy tarix va uzoq taraqqiyot yo’liga ega ekanligini ilmiy ravishda isbotlaydi. Ushbu ilmiy tadqiqotni yozish jarayonida biz, shuningdek, yaqin o’tmish tarixchi olimlari asarlaridan ham foydalanildi. Yuqorida sovet tarixshunosligi nima bo’lganda ham umuman mintaqamizda davlatchilik an’analari bo’lganini baribir inkor qila olmaganini aytib o’tgan edik. Haqiqatdan ham shunday. Chunki bor narsani butunlay yashirish qiyin. Shuning uchun ham sovet tarixchilari mavzuni bir butun jarayon, o’zbek xalqi nomi bilan bog’lagan holda emas, sinfiylik nuqtai nazaridan yoritishga uringanlar. Jamiyatning qonunlar asosida, muayyan tizimlar doirasida boshqarilgani masalasi umuman ochib berilmagan. Davlatamizni u yoka bu davrda boshqarganlarga “zolim, hukmron sinf manfaatlarining himoyachisi, bosqinchi”, degan tamg’alar urilgan. Asrlar davomida olib borilgan bunyodkorlik ishlarida davlatning o’rni beqiyos bo’lganligini bilib turib, davlatchiligimiz an’analarini yerga urish, o’tmish hukmdorlarini kamsitish yo’li tutilgan, tarixiy haqiqat ochilmagan. Maqsad bitta—sotsialistik tuzum va davlatchalikning afzalligini ko’rsatish, tarixni kommunistik mafkura targ’ibotchisiga aylantarish. Shu sababdan ham biz sovet ilmiy adabayoti namunalariga tanqidiy ko’z bilan qarab ayni chog’da holislikni sasaqlashga harakat qildik. Tadqiqotchi uchun Islom Karimovning ijtimoiy siyosiy qarashlari jihatdan qiziq va muhimki, birinchidan, Islom Karimov O’zbekastonni mustaqillikka olib keldi, keyingi taraqqiyot yo’lining asosay yo’nalishlarini belgilab berdi. Ikkinchidan, xohlaymizmi yo yo’qmi, bundan qat’i nazar, ming yillar davomida birnchi rahbar, davlat boshlig’ining roli katta bo’lib kelgan jamiyatimizning ushbu yillardagi taqdiri ko’p jihatdan Prezidentning dunyoqarashi, salohiyati va faoliyatiga bog’liq edi. Uchinchidan esa, faqat “sovet” tuzumigina tarixdagi shaxsning rolini inkor qilib keldi. Qolgan barcha davrlarda bu omil hech qachon nazardan chetda qolmagan. Shu ma’noda bir tuzumdan ikkinchisiga o’tish bosqichida har qanday jamiyat uchun tarixiy shaxs, milliy yetakchining ahamiyati, uning ijtimoiy siyosiy qarashlari benazir bo’lishi shubhasiz. Islom Karimov faoliyatining biz tanlagan mavzu uchun yana bir muhim tomoni bor. U ham bo’lsa, uning o’zbek davlatining tarixi, bugungi holati, kelajagi to’g’risida qarao’laridir. Bu borada, ayniqsa Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari diqqatga sazovordir. Asarning tadqiq qilinayotgan mavzu bilan bog’liq uchta eng asosiy jihatiga e’tiborni jalb qilsak. Birinchidan, asar o’zbek davlatchiligining 2700 yillik tarixi mobaynida mavjud bo’lib kelgan qonuniyatlar, omillarni, ularning ijobiy yo salbiy ahamiyat kasb etgapligidan qat’i nazar, bir tizimga solingan tahlilidir. Chunonchi, mintaqaviy mojarolar, din va davlat, millatlararo munosabatlar, jinoyatchilik, mahalliychilik, urug’ aymoqchilik kabi omillar o’z zamonasiga qarab shaklan o’zgarib turgan bo’lsada, ammo mohiyat e’tibori bilan olganda davlat qurilishi, jamiyat hayotida o’z o’rniga ega bo’lib kelgan. Ammo ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida mazkur omillarning davlat va jamiyat quralishidagi ta’siri tadqiq qilinmagan. Natijada muammo muammoligicha qolavergan. Har bir yangi avlod unga to’qnash kelavergan. Masalan, mahalliychilik va mintaqaviy mojarolar. Mohiyatan ayni shu ikki omil XVII-XVIII asrlarda davlatimizning uchga (Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari) bo’linib, XIX asrda esa Rossiya mustamlakasiga aylanishiga sabablardan biri bulganligi sir emas. Yo bo’lmasa yana bir tarixiy muammo—davlat qudratini oshirib borash, erishilgan marralarni saqlash an’anasining shakllanmaganligi. Tan olish kerak, o’tmishda bir necha martalab ulkan saltanatlarga asos solingani, ilm-fan, madaniyat sohalarida tarixiy va o’z davri uchun olamshumul yutuqlarni qo’lga kiratishimizga qaramay pirovardida yuksalishni yana boshdan boshlashimizga to’g’ri kelgan. Islom Karimov asarining ikkinchi bobi esa to’laligicha aynan ushbu tarixiy masala tahliliga qaratilgan. Unda ilk bor davlatchilikni shakllantirish, mustahkamlash va mazkur jarayonda mafkura, ma’naviyat, davlat institutlari iqtisodiyot, insoniy, tabiiy resurslarning‚ o’rni, xalqaro munosabatlarning tasiri, tashqi dunyo bilan hamkorlik kabi omillar muayyan bir ketma-ketlikda va demak, o’zaro bog’liqlikda tadqiq qilingan. Ikkinchidan, o’tmishda amalda bo’lagan ijtimoiy qarashlarga ko’ra davlat qudrati, jamiyat holati, asosan, hukmron sulola yakka hukmdolr faoliyati bog’liq bo’lgan. Chunonchi, odamlarning ongida davlat-taxt hukmdorga Yaratgan tomonidan ato qilingandir, degan fikr qat’iy o’rnashgan edi. Yakka hukmdorlik asosida qurilgan ijtimoiy siyosiy tuzum uchun har holda tabiiy bo’lgan mazkur aqida so’nggi asrlarda ham hech bir o’zgarish topmagan. Vaholanki, ushbu davrda dunyoning boshqa qismlarida xususan, G’arbda jamayat va davlat hayotina tashkil qilishda “quyi” tabaqalarning ham o’z o’rni va huquqi borligi bilan bog’liq qarashlar izchil rivojlana boshlagan. Bir so’z bilan aytganda, davlat taraqqiyotini ta’mimlashda jamiyatda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanish, ularni safarbar qilish ilmi biz uchun endi an’anaga aylanmokda. Islom Karamovning zikr etilgan asari aynan mazkur talab asosida yaratilgan birinchi salmoqli qadamdir. Uchinchidan, asarda o’zbek davlatchiligi tarixi taraqqiyotiga xos bo’lgan, ammo xanuzgacha ta’riflanmagan bir muhim qonuniyat ochib berilgan. U ham bo’lsa “Tarixiy nuqtai nazardan olganda, Markazay Osiyo davlatni malliylik belgisiga qarab tashkil etish an’analariga ega emas edi. Bu yerda Rossiya tomonidan mustamlaka qilib olinguncha mabjud bo’lgan hamma davlatlar asosan sulolaviy yoki hududiy (Buxoro, Qo’qon, Xiva xonliklari) prinsiplar bo’yicha tashkil etilar edi”. Ya’ni davlat millat nomi bilan atalmagan. Demak, 1991 yili davlat mustaqiligimiz qayta tiklanishining tarixiy ahamiyatlaridan biri aynan mazkur omilning yuzaga chiqishi bilan bog’liq— shu sanadan boshlab davlatimiz millatimiz nomida ravojlanish yo’liga kirdi. O’zbekiston tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan xolda o’rganiladi. Insoniyatning eng qadimgi davri «tosh davri» deb atalgan va eng qadimgi davlardan mil.avv. 4-3 ming yilliklargacha davom etgan. O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar tosh davrining ilk davrlaridayoq joylasha boshlangan. Ilk paleolit davriga oid makonlar Farg’ona vodiysidagi Selungur va Toshkent viloyatida joylashgan Ko’lbuloq makonlaridan topib o’rganilgan. Ularning makonlari asosan buloq va daryo bo’ylarida joylashgan, asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. O’zbekiston hududida qadimgi odamlarning dastlabki vakillaridan biri neandertal odamlari hisoblangan. Bu odam qoldiqlari Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, miloddan avvalgi 100 – 40 ming yilliklarda Osiyo va Yevropada keng targ’algan edi. Bu davrda odamlar qo’lidagi qurollar turlari ko’paydi va nayzasimon, qirg’ichsimon, pichoqsimon va boshqa qurollar paydo bo’ldi. Bu davrda iqlim ancha sovuq bo’lib, odamlar g’orlarda yashaganlar va olovdan foydalanganlar. So’nggi tosh davrida (miloddan avvalgi 40 – 12 ming yilliklar) zamonaviy qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi bilan birga yirik xayvonlarni ov qilish jarayoni rivojlandi. Yerto’la va chaylasimon turar joylar paydo bo’ldi. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, urug’ jamoasi yuzaga keldi. Ayolning jamiyatdagi mavqei ancha yuksaldi. Ona urug’i davri – matriarxat vujudga keldi. So’nggi tosh davrining eng katta yutuqlaridan biri tasviriy san’atning yuzaga kelishi edi. Haykaltaroshlik va rassomchilik, diniy tushunchalar shakllana boshladi. Mezolit – o’rta tosh davrida (miloddan avvalgi 12 – 7 ming yilliklar) muzlik chekindi va xayvonot hamda nabotot dunyosida ko’pgina o’zgarishlar sodir bo’ldi. Inson hayotidagi dastlabki yirik kashfiyotlardan biri – o’q - yoy kashf etildi. Ovchilik bilan birga baliqchilik ham rivojlandi. Xayvonlarni xonakilashtirish natijasida chorvachilikka asos solindi. Mezolit davrining so’nggi bosqichlaridan Old Osiyo va Ikki daryo oralig’ida dexqonchilik xo’jaligi shakllandi va bu jarayon O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda keyinroq yuzaga keldi. Neolit-yangi tosh davrida (m.avv.6-4 m.yy) Janubiy Turkmaniston hududlarida dexqonchilikka o’tish boshlandi. Xo’jalikning ishlab chiqarish shakliga o’tilishi insoniyat tarixida, kishilik jamiyatida inqilob yuz berishiga olib keldi. Eneolit-mis-tosh davrida (m.avv. 4-3 m.yy) odamlar metallni kashf etdilar va shu davrlardan boshlab O’rta Osiyo kishilik jamiyati tarixida yangi madaniy va iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Kulolchilik, to’quvchilik vujudga keldi, paxsadan uylar qurila boshlandi. Qurilishda xom g’ishtdan ham foydalanildi hamda ko’p xonali turar joylar barpo etildi. Miloddan avvalgi 4 ming yillikda O’rta Osiyo janubida sug’orma dexqonchilik yuzaga keldi, ko’plab sug’orish tarmoqlari vujudga keltirildi, unumdorlik asta osha bordi. Bronza davri boshlanishi bilan (miloddan avvalgi 3-ming yillik o’rtalari) jamiyatda otaning maqei oshdi va patriarxat yuzaga keldi. Bu davrda O’zbekiston hududlarida dexqonchilik keng tarqaldi. Ishlab chiqarish munosabatlari rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar taraqqiy etdi. Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy qismida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi ingichka ko’rinishdagi odamlar tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dashti va cho’l qismida boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta Yer dengizi irki vakillari deb yuritiladi, ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Xindiston hududlarida tarqalgan. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoliy-Sharqiy qismi, Ural, Volga chegaralarigacha tarqalgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududlarida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni, dexqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanuvchi odamlarning aralashuvi boshlandi va bu hududlarda turli elatga asos solindi. O’zbekistonda so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar keyingi xalqlarning shakllanishida o’z o’rniga ega bo’lgan. Bu xalqlar xaqida ayrim antik davr tarixchilari o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab yirik madaniy-tarixiy viloyatlar: Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) kabilar yuzaga keldi va o’rta asrlarda ham Sharqdagi eng mashxur siyosiy va madaniy markazlaga aylanib qoldi. Antropologik va yozma manbalar O’rta Osiyoda aloxida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda yuz berganligi xaqida ma’lumot beradi. Etnogenez jarayoni turli xalqlarning ajdodlari tarixidan boshlanadi. O’rta Osiyo murakkab etnik-madaniy taraqqiyot chorraxasida joylashgan bo’lib, mezolit davridayoq bu yerda dastlab qadimgi ovchilar va baliqchilar, keyingi davrlarida dexqonlar, ovchilar, baliqchilar, dexqonlar va chorvadorlarning turli ko’rinishdagi o’zaro aloqalari paydo bo’ldi. Ularning bu yaqinligi faqatgina madaniy jixatdan emas, balki, etnik jixatdan ham aralashib ketishiga olib kelgan. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, xar qancha yangi qabilalar kelib qo’shilmasin, o’zbek etnogenezi asosini tub maxalliy axoli tashkil etgan. I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q «Tariximiz kabi qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruhlar, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Bu tabiiy xol, chunki, xech qachon xech qayerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo’lmaydi». Ming yillar davomida O’zbekiston hududlarida yashab o’tgan qabilalar va elatlarning tarixi va madaniyati izsiz yo’qolib ketmagan. Ushbu elatlarning ayrimlari ajdodlarimizning yirik guruxlarini tashkil etib, eng qadimgi yozma manbalarda tilga olingan. Arxeologik ma’lumotlar O’zbekiston hududlarida dexqonchilik miloddan avvalgi 2 ming yillikda keng tarqalganligini tasdiqlaydi. Bronza davriga oid makonlar O’zbekistonning Surxondaryo, Buxoro, Xorazm hududlaridan topib, o’rganilgan. Sopollitepa, Jarqo’ton manzilgoxlarida mudofaa devorlari bilan o’rab olingan ko’p xonali turar-joylar, hunarmandchilik ustaxonalari, qurollar topib o’rganilgan. Dexqonchilik va chorvachilik madaniyati yodgorliklari orasida Xorazmdagi Tozabog’yob madaniyati ancha mashxur. Bundagi turar joylar va mexnat qurollari ko’plab topilgan. Buxoro voxasidan topilgan Zamonbobo ko’li yaqinidagi manzilgox dexqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar makoni xisoblanadi. Bu davrda Zamonbobo odamlari qoramol, ot, tuya, qo’y, echkilarni qo’lga o’rgatganlar. O’zbekiston hududlaridan topib o’rganilgan, turli davrlarga oid Sarazm, Kaltaminor, Mo’minobod, Gujayli, Chust, Burgulik kabi dexqonchilik va chorvachilik madaniyatlari usha davr taraqqiyotidagi muxim xususiyatlarini o’zida mujassam etgan. Shu davrdagi O’zbekiston tub axolisi xayotida katta ijtimoiy, iqtisodiy va madniy o’zgarishlar sodir bo’lgan. Ilk davlatlar paydo bo’lishining shart-sharoitlari. Markaziy Osiyoda neolit davriga kelib, dehqonchilik va chorvachilik paydo bo’lishi, keyinchalik dehqonchilikdan ajralib chiqishi natijasida aholi ma’lum qismlari dehqonchilik, chorvachilik yoki hunarmandchilikka ixtisoslasha bordilar. Aholiniig ma’lum bir sohaga ixtisoslashuvi tajribaning ortishiga va ish qurollarining takomillashuviga, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmining o’sishiga, uning sifatining yaxshilanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmining o’sganligini bronza davrida don saqlovchi omborlarning, katta hajmdagi don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari saqlovchi idishlarning ko’payganligidan bilish mumkin. Natijada insonning minimum ehtiyojidan ortiqcha mahsulotning paydo bo’lishi kuzatiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining uzluksiz sur’atda o’sib borishi esa ortiqcha mahsulotning qo’shimcha mahsulotga aylanishiga olib keladi. Bunday xolatda maxsulot bir kishi tomonidan ishlab chiqilib, boshqa kishi tomonidan o’z lashtiriladi, ya’ni ekspluataqiya mukosabatlari yuzaga keladi. Ko’shimcha mahsulotning yuzaga kelishi bilan xususiy mulk shakllana boshlaydi. Xususiy mulknnng shakllanishi ishlab chiqarishning yuksalishi bilan bog’liq ikkita bir xil jarayon natijasidir. Birinchidan, mehnat unumdorligining o’sishi va uning ixtisoslashuvi ishlab chiqarishning individuallashuviga olib keladi. Bu asa o’z navbatida bir kishi tomonidan ishlab chiqilib, o’zgalar tomonidan o’zlashtiriladigan qo’shimcha mahsulotning paydo bo’lishiga imkon yaratadi. Ikkinchidan, mehnat unumdorligining o’sishi va ixtisoslashuvi ayirboshlash uchun maxsus ishlab chiqilgan maxsulotning paydo bo’lishiga imkon yaratadi. Natijada o’zlashtirilgan xususiy mulk paydo bo’ladi. U jamoa va shaxsiy mulkdan farqli o’laroq ekspluataqiya munosabatlariga yo’l ochadi. Xususiy mulk dastlab dastlab do’hqonlik rayonlarida oziq-ovqat mahsulolari, hunarmandchilik buyumlari, ishlab chiqarish ko’rinishida, chorvachilik rayonlarida asa chorva ko’rinishida bo’lgan. Keyinchalik jamiyatda ayirboshlash akvivalentlari paydo bo’lganligi sababli xususiy mulk nafaqat natural formada, shu bilan bir qatorda mahsulotlar ayirboshlash uchun qabul qilingan ekvivalentlar (pul o’rnidagi narsalar - K.S.) ko’rinishida ham to’plana boshlagan. Markaziy Osiyo qadimgi dehqonchilik jamiyatlari ajolisiga tegishli qabrlardan topilgan ko’plab zoomorf va geometrik tasvir ko’rnishidagi muxrlar xususiy mulkning paydo 6o’lganligi va to’plana borgaligi haqida guvohlik beradi. Ko’shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo’lishi bilan jamiyatda njtimony va mulkiy tengsizlik yuzaga kela boshlaydi. Zero, xususiy mulk odatda qabila va urug’ boshliqlarida to’plana borgan. Bu bejiz amas, sababi, aynan ular urug’ va jamoaga tegishli mollarni taqsimlash‚ huquqina ega bo’lganlar. Ayni paytda ularning oddiy jamoadoshlari esa arzimagan mol-mulkga, ko’p hollarda hech mol-mulkka ega emasdilar. Tabaqalanshning qaysi biri: ijtimoiy tabaqalanishmi, yoki mulkiy tabaqalanish oldin paydo bo’lgan – degan savolga javob berish ancha mushkul. Ko’pchilik mutaxassislar ular bir vaqtda paydo bo’lgan, ya’ni ijtimoiy mavqeidan farqlar mulkiy tengsizlikka olib kelgan bo’lsa; o’z navbatida mulkiy tengsizlik jamiyat a’zolarinnig ijtimoiy tengsizligiga olib kelgan deb hisoblashadi. Arxeologik tadqiqotlar hunarmandchilik va savdo markazlari hisoblangan shaharlarda aholining ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish jarayoni qishloqlardagiga qaraganda nisbatan tezroq borganligini ko’rsatmoqda. Masalan metall, muxr, qurol-yarog’ singari hokimiyat ramzlari va diniy xarakterdagi predmetlar mavjud qabrlar aksariyat holda “ilk shaharlar” tipidagi Oltin-tepa, Ulug’-tepa, Jarqo’ton, Sopollitepa kabi yodgorliklarga tegishlidir. Agarda ilk shaharlarga tegishli qabrlarda 6—9 xil ko’rinishdagi buyumlar uchrasa, kichikroq aholi manzilgohlaridan topilgan qabrlarda 2—Z xil ko’rnishdagi buyumlargina uchraydi. Ijtimoiy-mulkiy tengsizlikni chuqurlashuvi injtimoiy sinflarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ijtimoiy sinflarniig paydo bo’lishi ibtidony davrni sinfiy davrdan ajratunchi chegara hisoblanadi. Ijtimoiy va mulkiy tengsizlik jamiyatda qarama-qarshilik va nizolar keltirib chiqaradi. Jamiyatning yuqori toifa kishilari o’z imtiyozlari va boyliklarini jamiyatning oddiy a’zolari taxdididan himoyalashga zarurat sezadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishga va uni taqsimlashga bo’lgan huquq urug’ va qabila boshliqlariga o’z atroflariga shaxsiy qo’riqchilar, maslahatchilar va shu kabilarni to’plash imkonini beradi, ya’ni davlatnnng ibtidoiy ko’rinishlari shakllana boshlaydi. Demak, ishlab chiqaruvchi ho’jalikning paydo bo’lishi, jamiyat a’zolarining xo’jalikiing biror-bir turiga ixtisoslashuviga, ish tajribasining oshishiga va nsh qurollarining takomillashuviga olib keladi. Yuqoridagi jarayon o’z navbatida ishlab chaqarilayotgan mahsulot hajmining uzluksiz ortib borishiga, ya’ni qo’shimcha mahsulotning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ko’shimcha mahsulotning yuzaga kelishi bilan xususiy mulk shakllana boshlaydi. Xususiy mulk o’z navbatida jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishga, ya’ni ijtimoiy sinflarning yuzaga kelishiga olib keladi. Va, nihoyat, ijtimoiy sinflarning yuzaga kelishi davlatning bo’lishini taqozo etadi. Shunday qilib, jamiyatda ibtidoiy davlatlar paydo bo’lishiga shart-sharoitlar yetiladi. Davlatlarning paydo bo’lishida unnng yuzaga kelish jarayoniga sezilarli ta’sir o’tkazgan omillarni bilish ham muhimdir. Sug’orma dehqonchilik madaniyatining rivoji. O’zlashtiruvchi xo’jalikning ishlab chiqaruvich xo’jalik bilan Markaziy Osiyo hududida, ayniqsa uning dehqonchilik turi bilan almashinuvi davlat paydo bo’lishida muhim tutadi. Biroq, har qanday dehqonchilik ham emas, balki dehqonchilikning yuqori unumdor formalarigina hal qiluvchi o’zgarishlarga olib keladi. Ekinni ko’p marta sug’orish tizimi hosildorlikni ancha oshnrib, mehnat unumdorligining oshishiga olib kelgan. Aniqroq qilib aytganda, sun’iy sug’orishga asoslangan deqonchilikning rivoji qishloq xo’jaligida qo’shimchp mahsulotning rivojini ta’minlagan. Ma’lumki, qo’shimcha mahsulot davlatnint shakllanishida yetakchi o’rin tutuvchi xususiy mulkning shakllanishiga olib keladi. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik Markaziy Osiyo deqonchilik hududlari xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lgan. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida (Turkmanistonning Marv vohasida, O’zbekiston va Tojikistonning janubiy qismida) bronza davrida shakllanadi. Markaziy Osiyoning shimoliy hududlarida (Toshkent vohasi, Farg’ona vodiysi, Jizzax va Xo’jand oralig’ida) bu jarayon birmuncha kechroq, ilk temir davrida sodir bo’ladi. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik rivoji murakkab suv inshootlari qurilishini taqozo etgan, zero dehqonchilikning intensiv rivojlanishi faqatgina birmuncha murakkab bo’lgan sug’orish inshootlarining amalga oshishi tufayligina mumkin bo’lgan. O’z navbatida sug’orish inshootlarining qurilishi ko’plab aholi uyushmasini talab qilgan. Ko’pchilik aholini majburiy ravishda sug’orish inshootlari qurilishiga jalb etish markazlashgan boshqaruvni, aniqrog’i davlatning paydo bo’lishini taqozo etgan. Shu sababli mashxur Sharqshunos olim M.M.Dyakonov “yirik daryolar bo’ylaridagi vodiylarda sug’orishga asoslangan dehqonchilikning boshlanishi O’rta Osiyo jamiyatlarida sinfiy tuzum davlatchilik asoslarining o’rnatilishi bilan bog’liq”, degan fikrni bildiradi. Demak, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning yuksalishi ilk davlatchilik tuzilmalarini yuzaga keltirgan muhim omillardan hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoda ilk davlatlar tuzilmalari chegaralari aksariyat hollarda sug’oriladigan vohalar chegaralari bilap to’g’ri keladi. Masalan, Amudaryoning yuqori oqimida va uning irmoqlari bo’ylarida Baqtriya, Murg’ob daryosi bo’ylarida Marg’iyona, Amudaryoning quyi oqimi bo’ylarida Xorazm, Kopetdog yon bag’irlarida Parfiya, Zarafshon bo’ylarida Sug’d davlatlari tashkil topgan. Ushbu xolat ham yuqoridagi fikrlarning to’griligini ko’rsatadi. Xuddi shunday jarayonlar Qadimgi Sharqning boshqa hududlarida ham kuzatiladi. Masalan rus olimi I.Mechnikov “Sivilizatsii i velikiye istoricheskiye reki” (sivilizatsiyalar va buyuk tarixiy daryolar) nomli asarida Misrda sug’orish ishlariga bo’lgan zaruriyat davlatning paydo bo’lishiga olib keladi, de6 yozadi. B.B.Piotrovskiy ham o’zining Qadimgi Nudiya hududida olib borgan arxeologik tadqiqotlar natijasida, ushbu hududda davlatniig paydo 6o’lishi sug’orishga asoslangan dehqonchilikning yuksalishi bilan 6og’liq degan xulosaga keladi. Umuman olganda, Qadimgi Sharq sun’iy sug’orish madaniyatining yuksalishi va inqirozi xalqlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixi bilan chambarchas 6og’liqdir. Sun’iy sug’orishning rivojlangan davri siyosiy hayotning yuksalishi davri bilan 6og’liq 6o’lsa, jamiyat inqirozi esa ko’p hollarda sug’orish inshoootlarning tashlandiq xolga kelishiga olib kelgan. Tarixchilar Andrianov B.I., Muhamedjanov A.R.larning ta’kidlashicha, sug’orish inshootlari xarakteri bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarniig rivojlanishi darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’rtasida bog’liqlik mavjkud. Masalan: I. Ibtidoiy davr uchun — limon olib sug’orish, o’zanlarni dambalash va uncha katta 6o’lmagan sug’orish inshootlari II. Ilk davlatlar uchun — ko’p kuch talab qiladigan, uzoq vaktga mo’ljallangan murakkab suv inshootlari; III. O’rta asrlar uchun — nisbatan tejamli va samarador suv inshoootlari xarakterlidir (Andrianov B.V., Muhammadjonov A.R. 1986. 34-54 6). Kezi kelganda shuni ta’kidlash kerakki, davlatchilikning rivojlanishida sug’orishning roliga haddan tashqari ortiqcha 6aho beradiganlar yoki aksincha uni umumman inkor etuvchilar ham uchrab turadi. Masalan, K. Vitfogel “Vostochniy despotizm. Sravnitelnoye izucheniye totalitarnoy vlasti» (Sharq despotizm, Totalitar hokimiyatni taqqoslash yo’li bilan o’rganish) nomli asarida davlatning paydo 6o’lishini faqatgina yirik sug’orish inshootlari bilangina 6og’liq degan fikrni ilgari suradi. Amerikalik olim Mak Adams esa, aksincha, bu jarayonda sug’orishning rolini butunlay inkor etadi. Shubxasiz, xo’jalikning rivojlanishi sun’iy sug’orishni talab qilgan hududlarda davlatchilikning shakllanishida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik muhim omil hiso6lanadi. Biroq, uni barcha hududlarga taalluqli deb hisoblash ham noto’g’ridir. Masalan qadimgi Mesopotamiiyada davlatchilik ko’rinishlari sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikka 6og’liq bo’lmagan holda shakllanadi va rivojlanadi. Metallning kashf etilishi. Markaziy Osiyo hududida davlatchilik shakllanishining asosiy omillaridan yana biri— insoniyat tomonidan metallning kashf etilishidir. Inson dastlab ishlab chiqarishda ko’llagan metall misdir. Tabiiy misni sovuq xolatda yoki o’tda qizdirilgan xolatda bolg’alab, undan biror-bir buyum yasalgan. Neolit davrining oxirlariga kelib, mis rudalarini quyish texnikasi egallanadi. Hozirgi fan ibtidoiy metallurgiyaning qaysi davrda paydo bo’lganligi to’g’risida aniq ma’lumotga ega emas. Dastlab tabiatda uchraydigan metall toshning bir turi hisoblani6, toshga qanday ishlov berilgan 6o’lsa unga ham shunday ishlov berilgan. Insoniyat tajribasi osha borgach, ba’zi bir “tosh”larning egiluvchanlik xususiyati borligini tushunadi. O’sha davr kishilari gulxanlarda ruda xolidan sof holatga o’tgan metall bo’laklarini ko’p uchratadi va ularda ruda xolidagi metalldan eritish yo’li orqali sof metall olish mumkinligi tushuncha paydo bo’ladi. Insoniyatning loyni olovda pishirish yo’li bilan kulolchilikni kashf etganligi (Markazly Osiyo hududida er. avv. VI—V ming yilliklar — K.S.) ham uning metallni eritish jarayonini bilishda muhim rol o’ynaydi. Umuman bu jarayonni to’liq egallash qiyinchilik bilan kechadi va arxeologlar fikricha bir necha ming yil davom etadi. Mis qurollari paydo bo’lgan davr (Markaziy Osiyo hududida er.avv. IV—III ming yilliklar — K.S.) eneolit yoki xolkolit deb yuritiladi. Mis tabiatda kam uchragani uchun nodir hisoblanar, buning ustiga ish sifatlariga ko’ra hamma vaqt ham toshdan ustun bo’lavermaydi. Shu sababli, bu davrda insonning ish quroli hamon toshdan ishlagan mehnat qurollari bo’lgan. Biroq, metalldan mehnat qurollari ishlashning kashf etilishi shubhasiz, jamiyatning kelgusi rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. Keyinchalik misdak yasalgan mehnat qurollari o’rnini bronzadan yasalgan mehnat qurollari egallaydi. Misning qalayi, qo’rg’oshin‚ rux, surma, margumush singari metallar bilan aralashmasi—bronzadan yasalgan mehnat qurollari mis mahsulotlariga qaraganda birmuncha yuqori sifatli edi. Ular nisbatan‚ qattiq o’tkir, hamda misga qaraganda past haroratda eriganligi sababli, uni quyish ham oson edi. Markaziy Osiyoning ko’plab qadimgi yodgorliklaridan (Masalan: Jarqo’ton, Sopolli, Chust) metall ishlab chiqarishda qo’llanilgan ish qurollari topilgan. Ayrim yodgorliklarda maxsus metall quyish ustaxonalari bo’lgan bo’lsa, ba’zi aholi manzilgohlari faqatgina metall eritish va quyishga ixtisoslashgan. Yuqoridagi dalillar er.avv. II ming yillikda Markaziy Osiyoda metall xo’jalikda keng foydalana boshlaganidan dalolat beradi. Markaziy Osiyoda bronza davrida mis rudasi qazib olinidigan bir qancha konlar bo’lganligi ma’lum. Masalan, Farg’onada mis, Naukatda hamda Chotqol-qurama tog’larida qazib olingan. Qalayi Zarafshon vodiysining janubida Karnob konida qazib olingan. Mehnat qurollarining metalldan ishlana boshlanishi ish unumdorligini sezilarli oshirib, yetishtirilayotgan mahsulot hajmining oshishiga imkon yaratadi. Mahsulot hajmining oshishi yuqorida ta’kidlaganiizdek, pirovard natijada davlatchnlikning shakllanishida muhim o’rin tutuvchi qo’shimcha mahsulot hamda xususiy mulkning shakllanishiga olib keladi. Download 189.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling