Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri


Download 41.42 Kb.
bet1/15
Sana11.05.2023
Hajmi41.42 Kb.
#1452781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu rejasi Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri-fayllar.org


Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri

Bronza davri va uning o’rganilishi.

Mavzu rejasi:


  • 1. Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri (Nomozgoh IV, Nomozgoh V, Nomozgoh VI).

  • 2. Janubiy O'zbekiston va Tojikiston hududlarida bronza davri (Sopolli madaniyati).

Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri (Nomozgoh IV, Nomozgoh V, Nomozgoh VI).

Mazkur hududning bronza jamiyati eneolit davri mahalliy NMZ III majmuasi davomida rivojlangan. Bu yerda ilk bronza (NMZ IV) davri yodgorliklarning madaniy qatlam 4-9 m. Manzilgohlar egallab turgan maydoniga ko‘ra uch xil turi ajralib turadi. Maydoni 25 ga. ortiq yirik manzilgohlar (Oltintepa, Nomozgoh), maydoni 2-10 ga. dan iborat o‘rtacha manzilgohlar (Toychonaqtepa, Sho‘rtepa, Xopuztepa, Ulug‘tepa) va kichik manzilgohlar maydoni 1 ga. gacha (Oqtepa, Sho‘rtepa). Yirik manzilgohlardan Nomozgohtepa va Oltintepa yodgorliklari nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Nomozgohtepada tor ko‘chalar bilan ajratilgan ko‘p xonali uylarning o‘rni va kulolchilik xumdonlari ochilgan. Oltindepa manzilgohi alohida joylashgan bir necha tepaliklardan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 26 ga. ni tashkil etadi. Eneolit davrining oxiriga kelib har tomonlama rivojlangan Oltintepa manzilgohi bronza davrida mahalliy hududning yirik markaziga aylangan. NMZ IV bosqichining boshida manzilgohning atrofida mudofaa devori barpo etiladi.

Keyinchalik birinchi devorga ikki marta qo‘shimcha devor qurilib, qalinligi oshirilgan. Kirish darvozasi chetidagi pilon-minorasifat inshootlar ham barpo etilgan. Ularning devori “plyastr” bilan bezatilgan. Uchinchi bosqichida, yaʼni ilk bronzaning oxirlarida manzilgohning ichkarisidan muhofaza devoriga qo‘shimcha devor qurilib, uning qalinligi 6 metrga yetgan. Mudofaa devori tashqi tomonidan tutashtirib qurilgan yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Darvozada arava va piyodalar uchun alohida yo‘laklar ajralib turadi. Bu yerdan boshlangan kirish yo‘liga sopol siniqlari to‘shalgan. Unga tutashgan kichik ko‘chalar mahallalarni o‘zaro ajratib turadi. Manzilgoh kulollar, misgarlar, davlatmand shaharliklar, zodogonlar mahallalari va diniy markaz qismlardan iborat. Mahallardagi uy-joylar imoratlar xonadon egalarining jamiyatda tutgan mavqeiga qarab bir va ko‘p xonali qilib qurilgan. Uylar ko‘lami, mustahkamligi va shinamligi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ulardan topib o‘rganilgan moddiy ashyolar o‘rtasida katta tafovvut mavjud.


Download 41.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling