Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri
Download 41.42 Kb.
|
Mavzu rejasi Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Комплекс земледельческой культуры Алтын-депе
Murg‘ob vohasining bronza davri arxeologiyasi. Afg‘onistonning Bandi Turkiston tog‘idan boshlangan Murg‘ob daryosi Amudaryoga yetmasdan Qoraqum cho‘lida qurib qoladi. Daryoning quyi oqimidagi yerlar qadimdan dehqonchilik uchun juda qulay bo‘lgan. Bu yerlar eneolit davrining oxirida Geoksur vohasidan ko‘chib kelgan aholi tomonidan o‘zlashtiriladi.Murg‘ob vohasining bronza davri arxeologiyasi. Afg‘onistonning Bandi Turkiston tog‘idan boshlangan Murg‘ob daryosi Amudaryoga yetmasdan Qoraqum cho‘lida qurib qoladi. Daryoning quyi oqimidagi yerlar qadimdan dehqonchilik uchun juda qulay bo‘lgan. Bu yerlar eneolit davrining oxirida Geoksur vohasidan ko‘chib kelgan aholi tomonidan o‘zlashtiriladi. Bronza davrida vohaga boshqa bir etnik guruh ko‘chib kelib joylashib, o‘troq dehqonchilik manzilgohlariga asos solgan. Yangi o‘troq dehqonchilik madaniyati ildizlarini V.M.Masson Janubiy Turkmaniston hududlari bilan bog‘laydi. Tadqiqotchi olim ob-havoning quruqlashishi natijasida bu yerda yuksak darajada rivojlangan ilk shahar turidagi Oltintepa, Nomozgoh madaniyat markazlari inqirozga uchragandan so‘ng mil. avv. II ming yillikning boshlarida (mil. avv. 1800 yil) aholi o‘z joylarini tashlab, Marg‘iyona va Baqtriya hududlariga ko‘chib kelib joylashganligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surgan edi. Комплекс земледельческой культуры Алтын-депе:Комплекс земледельческой культуры Алтын-депе:1 - керамические сосуды; 2 - печати; 3 - изделия из бронзы; 4 - керамические статуэтки; 5 - голова быка (бронза, инкрустация); 6 - керамическая модель повозки; 7 - мастаба (реконструкция) (по В. М. Массону)Marg‘iyona va Baqtriya hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi umumiylikdan kelib chiqib arxeologiya fani sohasida Baqtriya va Marg‘iyona arxeologik majmuasi (BMAK), degan atamasi qo‘llaniladi. BMAKning bronza davri xronologiyasi mil. avv. 1800/1700-1100 yillar doirasida belgilangan. Oxirgi o‘tkazilgan radiokarbon tekshirishlari mazkur xronologik ko‘rsatkichni taxminan 500 yilga, yaʼni mil.avv. 2300/2150 - mil.avv. 1500 yillikka qadimiylashtirdi.Marg‘iyona va Baqtriya hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi umumiylikdan kelib chiqib arxeologiya fani sohasida Baqtriya va Marg‘iyona arxeologik majmuasi (BMAK), degan atamasi qo‘llaniladi. BMAKning bronza davri xronologiyasi mil. avv. 1800/1700-1100 yillar doirasida belgilangan. Oxirgi o‘tkazilgan radiokarbon tekshirishlari mazkur xronologik ko‘rsatkichni taxminan 500 yilga, yaʼni mil.avv. 2300/2150 - mil.avv. 1500 yillikka qadimiylashtirdi. Murg‘ob daryosining bronza davri arxeologik yodgorliklari alohida ariqlar bilan sug‘orilgan 8 ta mikrovoha hududida tarqalgan. Keleli (markazi-Keleli-1), Gonur (Gonur), To‘g‘aloq (To‘g‘aloq 1), Taxirboy, Ajiquyi, Toip, Odambosan (Odambosan 1) va Avchin kabi mikrovohalar chegarasida o‘rtacha 10-30 tadan manzilgoh o‘rin olgan. Mikrovohalar alohida xo‘jalik tumani yoki kichik maʼmuriy hududiy tuzilmani tashkil etgan. Egribogaz hududi ham alohida mikrovohani tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Ovchin mikrovohasining shimoli-sharqiy qismida Andronovo madadaniyatiga xos chorvadorlarga oid yodgorliklar ham aniqlangan. Murg‘ob vohasidagi arxeologik yodgorliklarning umumiy maydoni 0,02- 25 gektar bo‘lib, shakli va vazifasiga ko‘ra bir necha turi mavjud. Ular ilk shahar shaklidagi manzilgohlar, qalʼa-qo‘rg‘onlar, dehqonchilik qishloqlari, diniy inshoot-ibodatxona, ishlab chiqarish inshootlari va qabrlardan iborat. Download 41.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling