Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Download 109,04 Kb.
|
Mehnat sotsiologiyasi Kurs iwi 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Kurs ishi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.
- Kurs ishi ob’yekti va predmeti.
- Kurs ishi maqsadi va vazifalari.
- Kurs ishi ning asosiy masalalari va farazlari.
- Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
- Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Kurs ishining ilmiy yangiligi.
- AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI.
- YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISHNI XISOBGA OLISH USULLARI
- Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini tahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi
- Ma`lumot mazmuni Taqdim etish muddati Taqdim etish shakli
Mundarija Kirish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish
Jamiyatning asosiy boyligi insonlar bo`lib, respublikamiz uchun mehnatga qobilyatli aholining ish bilan bandligini oshirish bo`yicha muammoni hal qilishni eng samarali qirollaridan biri bo`lgan mehnat bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini Kurs ishi qilish, ishsizlik tushunchasi mohiyatini chuqur o`rganish va bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Respublikamizda va uning mintaqalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga muhim e`tibor qaratilayotgan bir paytda, aholining ish bilan bandligini oshirish va mintaqalarda ishsizlik darajasini yanada pasaytirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Milliy iqtisodiyotimiz va uning mitaqalarida mavzud mehnat salohiyatini saqlab qolish va undan oqilona foydalanish juda muhimdir. So`ngi yillarda mamlakatimizda mehnat bozorini rivojlantirish va takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan masaladir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z ma`ruzasida “Aholini ish bilan ta`minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlar va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassaslari ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo`yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim”1 – deb, ta`kidlagan edi. Mavzuning dolzarbligi yana shunisi bilan muhimki, hozirda respublikamizda har yili 600 mingga yaqin yoshlar kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqmoqdalar. Ularni ish bilan ta`minlash uchun esa islohotlarning tanlangan yo`nalishiga mos holda yangi ish o`rinlarini tashkil etish, ishsizlikni kamaytirish va ish bilan bandlikni oshirish siyosatini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kurs ishi ob’yekti va predmeti. Kurs ishining ob’yektini Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil eishni takomillashtirish, qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimi tashkil etish, predmeti esa – viloyatda yangi ish joylarini tashkil etish yo`nalishlarini rivojlantirish, ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir. Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish takomillashtirish bo`yicha nazariy va ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqish Kurs ishining maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
Kurs ishi ning asosiy masalalari va farazlari. Ish bilan band bo`lmagan shahslar uchun ish joylarini tashkil qilish quyidagi holatlarda samarali bo`ladi:
Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va yangi ish joylarini tashkil etish muammolari dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalalardan bo`lganligi sababli, ushbu mavzu bo`yicha ko`plab ilmiy Kurs ishi lar, izlanishlar, tajriba loyihalari amalga oshirilgan va ilmiy nashrlar qilingan. Yangi ish joylarini taraqqiyotidagi o`rni va roli klassik iqtisodchi-olimlar Ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbga o`qitishning yangi tizimini shakllantirish muammolari bir qator mamlakatimiz va xorijiy Kurs ishi chilar tomonidan o`ganilmoqda. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va ishsizlikni kamaytirish masalalari N.Volgin2, V.Bulanov3, B.Genkin4, A.Smit5, kabi olimlar tomonidan o`rganilgan. O`zbekiston Respublikasida ushbu yo`nalishdagi nazariy asoslarni o`rganish va yechimlarini aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borishgan yetakchi olimlar qatoriga Q.H.Abdurahmonov6, N.Q.Zokirova7, D.N. Rahimova8, B.X.Umurzakov9, Sh.R.Xolmo`minov10 larni kiritish mumkin. Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida ish bilan bandlikni oshirish maqsadida yangi ish joylarini tashkil etishni takomillashtirishni tadqiq etishga nisbatan yangi yondashuvlar va usullarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishining amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undagi mavjud xulosalar va takliflardan Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil etish chora-tadbirlarini rivojlantirishning yangi yo`nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Bozor islohotlari sharoitida ish bilan bandlikni oshirish muammolarining turli jihatlari bilan shug`ullanuvchi olimlar va amaliyotchi mutahassislar, shuningdek iqtisodiy yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlarining o`qituvchilari, aspirantlarva talabalar uchun nazariy va amaliy qiziqish uyg`otadi. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbiy tayyorlashga doir mualliflik yondashuvining ishlab chiqishidan iborat bo`ldi. O`zining asosiy mazmunida u quyidagilardan iborat:
Xozirgi, bozor munosabatlari jadallashib borayotgan bir davrda aholini ish bilan ta`minlash muammosi dolzarb bo`lib bormoqda. Shu sababli uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`rganish muhim hisoblanadi. Bunda avvalo, ish bilan bandlik tushunchasining ijtimoiy-iqtisdiy mazmunini chuqur anglab yetish maqsadga muvofiqdir. Aholini ish bilan ta`minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog`liq bo`lgan rhtiyojlarni qondirish yo`lini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qayerdaligidan qatiy nazar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qununida qayd etilganidek: “Ish bilan ta`minlash – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir”11. Bundan ko`rinadiki, insonning ijtimoiy kamolotida va uning takror ishlab chiqarilishida ish bilan bandlik muhim rol o`ynaydi. Darhaqiqat, ish bilan bandlik faqat iqtisodiy munosabatlar bo`libgina qolmay, u avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik ko`p ukladli iqtisodiyotning muhim ijtimoiy jihati, chunki bu bilan kishilarning daromadi hosil bo`ladi, ular ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topadi, qobilyat va iste`dodlarini yuzaga chiqara oladi. Shundan kelib chiqib ish bilan bandlikning quyidagi eng kam deganda to`rtta ijtimoiy jihatini hisobha olish kerak bo`ladi:
O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qonuniga muvofiq quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”ga muvofiq quyidagi sabablarga ko`ra vaqtinchalik ish joyida bo`lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qolinadi va ular ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:
O`zini mustaqil ta`minlaydigan fuqarolar toifasiga quyidagilar kiradi:
Aholini ish bilan bandlik masalalarini o`rganish jarayonida mehnat va ish bilan bandlik o`rtasidagi tafovutni ajrata bilish han muhim hisoblanadi. Mehnat – insonning o`ziga xos bo`lgan xususiyatiga ega bo`lgan faoliyat bo`lib, unda harakat, kuch-quvvat sarflanishi, natijakorlik, ijtimoiy foydalilik kabi holatlar mavjud bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat- ishchi kuchini ishlab chiqishda ishlarish jarayonidir. Ish bilan bandlik esa insonning mehnat qilish munosabati bilan va ,ehnat sohasidagi ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq holda kechadigan ijtimoiy rivojlanishning muhin tomonidir. Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, aholining ish o`rinlariga bo`lgan talabining pasayishiga, uning ayrim guruhlarining xaddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun bolali ayollar, ishni o`qish bilan qo`shib olib borayotgan yoshlarga handa pensionerlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to`liq bandlikni ta`minlashning zarur sharti deb qaralishi kerak. MDH davlatlari ayrin iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni tartibga solishni ish bilan bandlik siyosati, “mehnat”ni esa “ish bilan bandlik”ka tenglashtiradilar. Jumladan, E.Saruxanov ish bilan bandlikni mehnat faoliyatiga kirishish deb hisoblaydi hamda mehnat bozorini ish bilan bandlik deb atash, mehnat bozorini tartibga solishni esa ish bilan bandlik va ishsizlik muammosini tartibga solish, deb atash to`g`rib o`ladi degan xulosa chiqaradi. Uning hisoblashicha, ish o`rnini egallash bo`yicha munosabatlar ish bilan bandlik munosabatlaridir. Inson ishga kirishishi bilan bu munosabatlarning amal qilishi to`xtamaydi, shu vaqtdan boshlab navbatdagi- mehnat faoliyati bosqichi boshlanadi va bu ish bilan bandlik hamda mehnat bilan bog`liq emas14. Bu nuqtai nazarga zid qarashlarda mehnat bozori, ish bilan bandlik va ularni tartibga solish jarayonlari farqlanadi. Bu qarashlar tarafdorligi ish kuchini takror hosil qilish va mehnat bozori ish bilan bandlikning tarkibiy qismlari, deb hisoblaydilar. Masalan, G.G.Rudenko, M.I.Kulapov, S.A.Kartashov mehnat bozori odamlar ishlab chiqarish qobiliyatlarini takror hosil qilish bo`yicha bozor munosabatlarining tizimi ekanligini e`tirof etadilar. Mehnat bozori ish beruvchi uchun ish kuchini jalb etgan holda moddiy ne`matlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yollanma xodim esa o`z ish kuchini sotishi hisobiga mehnatiga haq oladi va o`zining mehnat qobiliyatini takror hosil etadi15 Aholining ish bilan bandligi sohasi tarkibiga mehnat bozoridan tashqari aholining o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashi, ularning uy xo`jaliklari tarkibidagi faoliyatlari, kadrlarni tayyorlash, va ishga joylashtirish maqsadli dasturlari ham kiradi. Ya`ni, ish bilan bandlik sohasi mehnat bozori chunchasidan kengroqdir. Mehnat bozorini tartibga solish ish bilan bandlikning bir qismi hisoblanadi. Iqtisodiyot fanida ish bilan bandlikning quydagi turlarini farqlaydilar:
2. YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISHNI XISOBGA OLISH USULLARI Aholi bandligini ta`minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim iqtisodiy xususiyatlardan biri hisoblanadi va iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O`zbekistonda aholini ta`minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalish sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha ishlar amalga oshirlmoqda. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasi hamkorlikda 2010-yil mamlakatimizda “Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi”ni tasdiqladi Ushbu tartib hududiy va tarmoq yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi doirasida ish o`rinlarini tezkor va statistik hisobini yuritish va monitoring mexanizni tartibga soladi. Ushbu Tartibda qo`lanilgan asosiy tushunchalar:
Agar ish o`rinlari tezkor va statistik hisobotda ko`rsatilgan bo`lsa, haqiqatda yaratilgan hisoblanadi. Hisob davri – oy, chorak va yillik bo`ladi. Yangi ish o`rinlarini tashkil etish quyidagicha hisobga olinadi:
Ushbu ma`lumotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo`yicha umumlashtiriladi. Tuman (shahar) Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tezkor ma`lumotlarni quydagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Dastur aholining keng qatlamlari bozor jarayonlarida ishtirokini davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash asosida to`rtta yo`nalishlar bo`yicha:
Ushbu tartibga ko`ra kamchiliklar va boshqa holatlar yuzaga kelganda ular muhokama qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi. Tashkil etilgan yangi ish o`rinlarini hisobga olish, umumlashtirish va ma`lumotlarni taqdi etish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval)
Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini tahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi
Manba: Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish Tartibi. Mamlakatimizda yaratilgan ish o`rinlarini hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlar statistika qo`mitasi hamkorligida ish o`rinlari sonini yuritish bo`yicha tartib ishlab chiqilgan bo`lib, u orqali mamlakatimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilgan ish o`rinlari hisobi ham to`liq yuritilishi ta`minlanmoqda.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling