Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


-jadval Andijon viloyatida 2020-yil birinchi chorak bo`yicha yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturining ijrosi , kishi


Download 109.04 Kb.
bet4/5
Sana10.12.2020
Hajmi109.04 Kb.
#164127
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mehnat sotsiologiyasi Kurs iwi 2020


10-jadval

Andijon viloyatida 2020-yil birinchi chorak bo`yicha yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturining ijrosi , kishi



Tuman shahar nomi

2020-yil dasturi, jami

Amalda

Bajarilishi, %

1.

Andijon sh.

1255

1516

121

2.

Xonobod sh.

175

202

115

3.

Andijon

793

795

100

4.

Asaka

1660

1661

100

5.

Baliqchi

832

839

101

6.

Bo`z

179

179

100

7.

Buloqboshi

580

581

100

8.

Jalaquduq

739

739

100

9.

Izbosgan

891

891

100

10.

Ulug`nor

419

426

102

11.

Marxamat

553

553

100

12.

Oltinko`l

710

710

100

13.

Paxtaobod

660

661

100

14.

Xo`jaobod

382

384

101

15.

Shahrixon

864

864

100

16.

Qo`rg`ontepa

593

594

100




Jami










Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan

10-jadval ma`lumotlardan ko`rib turganimizdek, viloyatning barcha tumanlarida yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturi ijrosi ortig`i bilan bajarilgan. Dastur bajarilishining ijrosi Izbosgan va Oltibko`l tumanlarida yuqori ko`rsatkichlarda bo`lib mos holda 0,5% va 0,4% ni tashkil qilgan. Xo`jaobod, Bo`z, Jalaquduq tumanlarida ish o`rinlarini tashkil etish 0,2-0,3% dan yuqori darajada bo`lgan. Viloyat bo`yicha eng past ko`rsatkich Asaka va Marxamat tumanlarida bo`lgan.

Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish sohasidagi yangi ish o`rinlari viloyatda yaratilayotgan jami ish o`rinlarining qariyib 38,1% ini, kasanachilikning barcha shakillarini tashkil etish hisobiga yaratilayotgan ish o`rinlari jamiga nisbatan 29,5%ni tashkil qilmoqda.



  1. ANDIJON VILOYATIDA YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISH YO`LLARINI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash sharoitida aholini ish bilan ta`minlash darajasini oshirish mavjud hamma imkoniyatlarni to`la ishga solishni talab qiladi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keyingi bosqishda iqtisodiy o`sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomativiga aylanishi mumkun bo`lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo`naltirilgan holda qo`llab-quvvatlashni ta`minlash zarur”16 – deb ta`kidladi.

Umuman olganda, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hususan, uning milliy yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi Buyuk Britaniyada 50,0-53,0%, Frantsiyada 55,0-62,0%, AQSHda 50,0-52,0%, Yaponiyada 52,0-55,0% dan ko`proqni tashkil etishi ham buni isbotlab turibdi. Ayni paytda bu mamlakatlarda iqtisodiy faol aholining 60.0% dan 80.0% gachasi ushbu sohada banddir.

Qonunchilikning takomillashtirishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish, ularni ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, shuningdek faoliyatning alohida turlari bilan shug`illanish huquqini beradigan litsenziya va ruhsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi.

Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasi hisobga olinib, mamlakatda so`nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy asos yaratildi17

Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga ruxsat beradigan tashkilotlar soni keskin qisqartirildi, bu tamoilni tartibga solish maqsadida tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik sub`yektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyalari tashkil etildi. Kichik biznes sub`yektlari xo`jalik faoliyatini faqat muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsati bilan tekshirish tartibi o`rnatildi. Bunda mikrofirmalar, kichik korxonalar xo`jalik faoliyatini har to`rt yilda bir marta tekshirishga ruxsat beriladi. Yangidan tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalarda ular ro`yxatdan o`tgan vaqtdan boshlab 2 yil mobaynida hech qanday rejaviy tekshirishlar o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi. 2008 yildan kuchga kirgan yangi Soliq Kodeksiga muvofiq kichik biznes va xususiy korxonalarning soliq stavkalari keskin kamaytirildi.

Fikrimizcha, ish joylarini tashkil etish va saqlashning hududiy mexanizmini takomillashtirish zarur. Yangi ish joylarini tashkil etish kabi mavjud ish joylarini saqlab qolish ham ish bilan bandlikni ta`minlashning muhim yo`nalishidir. Mavjud ish joylarini saqlab qolish quyidagi sabablarga ko`ra ahamiyatlidir:



  • Birinchidan, yangi ish joylarini tashkil etish mavjud ish joylarini saqlab qolishga nisbatan ancha qimmat;

  • Ikkinchidan, mamlakatda bo`lgani kabi hudud iqtisodiyoti uchun ham mavjud ish joylarini saqlab qolish ijtimoiy ahamiyatga ega. Chunki, muayyan ish joylarida ishlayotgan xodimlarni ishdan bo`shatish jamiyatdagi ijtimoiy tanglikni kuchaytiradi, qolaversa, hududda boshqa ish joyi toppish oson emas. Shuning uchun ham biz mavjud ish joylarini saqlab qolishni yangi ish joylarini tashkil etish bilan baravar kuchga ega bo`lgan omil deb hisoblaymiz.

Olib borgan tahlillarimiz yangi ish joylarini tashkil etish va amaldagi mavjud ish joylarini saqlab qolishning barcha yo`nalishlari investitsiyalarni bilvosita va bevosita sarflash bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi (1-rasm)


Investitsiya mablag`ari

Bilvosita sarflash

Bevosita sarflash

Yangi ish joylarini yaratish

Mavjud ish joylarini saqlab qolish

Investitsiya mablag`lari samaradorligi

Qaytgan investitsiya mablag`lari

Investitsiya foydasi



1-rasm. Yangi ish joylari tashkil etish va mavjudlarini saqlab qolishning iqtisodiy mexanizmi

Manba: Zokirov K. Ish joylarini tashkil etish va saqlashning hududiy mexanizmi//-Toshkent.: Bozor, pul va kredit. 2007.1-son.-44-45b

Bevosita investitsiyalashda sarmoya sarflashdan asosiy maqsad ish joylarini tashkil etish yoki mavjudligini saqlab qolish hisoblanadi. Masalan, sanasiyalashning asosiy maqsadlaridan biri- ish joylarini saqlab qolishdir. Xuddi shuningdek, ishlayotgan korxonalarda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi ishlab chiqarish ob`yektlarini ishga tushirish bevosita investitsiyalashning samarali yo`nalishlaridan hisoblanadi.

BK va AIMQM ayniqsa aholining ijtimoiy jihatdan nochor qismi:



  • I va II guruh nogironlari;

  • kasbga ega bo`lmagan 16 yoshgacha bo`lgan yoshlar;

  • bir yildan ko`p muddatda ishsiz bo`lgan fuqarolar;

  • jazo muddatini o`tash joylaridan ozod qilishgan shaxslar;

  • maktabgacha yoshdagi yoki nogiron bolalarni tarbiyalayotgan ko`p bolali yoki yolg`iz ota-onalar va hakozolar uchun yangi ish joylarini yaratgan ish beruvchilarni bevosita moliyalash huquqiga ega bo`lishlari muhimdir.

Ish bilan ta`minlashga ko`maklashuvchi davlat jamg`armasi mablag`lari hisobiga ish joylarini yaratgan korxona va tashkilotlarda mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda xodimni ma`muriyatning tashabbusi bilan ishdan bo`shatish, moliyaviy yordam bergan bandlik xizmatining ruxsati bilan amalga oshirilishi ko`zda tutilishi zarur. Shu bilan birga, bunday korxona va tashkilotlarda bo`shagan ish o`rinlariga mehnat orginlarida ishsiz sifatida ro`yxatda turgan fuqarolarni joylashtirish tartibi ham amal qilishi kerak.

O`z-o`zidan tushinarliki, barcha tuzilgan shartnomalar bo`yicha moliyaviy yordamning umumiy miqdori bandlik xizmati byujetining ushbu bandiga tegishli davrga belgilangan mablag`larning umumiy miqdordan ortiq bo`lishi mumkin emas. Ish o`rinlarini tashkil etish uchun ajratilgan mablag`larning maqsadli sarflanganligi monitoringini ham tashkil etish mumkin.

Mamlakatda turli tarmoqlar va hududlar bo`yicha ish joylarini tashkil etish va mavjudlarini saqlab turishni bilvosita rag`batlantirishga misol bo`luvchi katta va mavjudlarlarini saqlab turishni bilvosita rag`batlantirishga misol bo`luvchi katta tajriba mavjud. Xususan, yangi texalogiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va mamlakatga olib kirish borasidagi imtiyozlar ilg`or texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish va amaliyotda qo`llash bilan bog`liq sohalarida ish joylari tashkil etishni rag`batlantiriadi.

Shu bilan bir qatorda, ish bilan ta`minlashga ko`maklashuvchi davlat jamg`armasi mablag`larning shakllanishi va sarflanishi to`g`risidagi Nizomning 9-bandiga ko`ra nogironlar jamoat tashkilotlari va ta`lim axborotning tarqalishiga ketgan vaqtni qisqartirish va uning samaradorligini oshirishdan iboratdir. Ular birinchidan, ishsizlarning bo`sh ish o`rinlari qidirishlariga, tadbirkorlarning esa xodimlar qidirishlariga sarf etiladigan vaqtni qisqartirishni ta`minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarningo`z talablarga eng ko`p darajada mos keladigan xodimlar yollashga, xodimlarga esa mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga ko`maklashadilar. Bandlikka ko`maklashuvchi muassasalar faoliyati bir necha yo`nalishlarda olib boriladi:



  • ishsizlarni ro`yxatga olish;

  • bo`sh o`rinlarni hisobga olish;

  • ishsizlar va ish izlovchi shaxslarni ishga joylashtirish;

  • mehnat bozori kon`yukturasini o`rganish va bu haqida ma`lumot taqdim etish;

  • ishga kiruvchilarni test sinovidan o`tkazish;

  • ishsizlarni kasbga yo`llash va kasbiy qayta tayyorlash; nafaqat to`lovlarni amalga oshiradi.

Bandlikka ko`maklashuvchi muassasalar bir necha bo`g`inlarga ega bo`lib, ular qator funktsiyalarni amalga oshiradilar. Ana shunday funktsiyalardan biri – ijtimoiy madadga muhtoj kishilarni qo`llab-quvvatlashdir. Mehnat bozorida raqobatiga kirisha ilmaydigan ayollar, yoshlar, shu jumladan (kasbiy malaka va tayyorgarlikka ega bo`lmagan), ko`p bolali ayollar, pensiya yoshdagi shaxslar, nogironlar va boshqalar). Aholining ayni mana shu ijtimoiy qatlamlari korxonalarda ishchi o`rnini qisqartirilishi hisobiga ishsiz qoladilar, yangi ish topishga qiynaladilar. Bundan tashqari, bandlikka ko`maklashish markazlari vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ish qidiruvchilarga kasblar bo`yicha maslahatlar berish va ishsizlarni yangi mutaxassisliklar bo`yicha o`qitish;

  • nogironlar, yoshlar, harbiy xizmatdan bo`shab kelgan yoshlar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya qilinishga muhtoj bo`lgan boshqa guruhlari uchun ish joylarini band qilib qo`yish;

  • ish kuchini hududlar bo`yicha qayta taqsimlash;

  • oddiy yo`l bilan ishga kira olmaydigan fuqarolarning (ko`p bolali va yolg`iz ota-onalarning) ish bilan bandlilgiga ko`maklashish uchun ish o`rinlarini qo`llab-quvvatlash;

  • ishsizlarning tadbirkorlik va mustaqil faoliyati bilan shug`illanishlariga yordam ko`rsatish;

  • ommaviy ishdan bo`shatishlarni to`xtatib qolish kompensastiya to`lovlarini amalga oshirish.

Ana shunday sharoitda aholining ish bilan bandligini yo`lga qo`yishdagi muammolar yechimini oqilona hal etishda joylardagi bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari muhim o`rin tutadi.

Respublikamizda davlat ish bilan bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan edi. Ish bilan bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari halqaro tajribaga mos keladi. Masalan, “Aholining ish bilan bandligi ta`minlash to`g`risida”gi Qonunga ko`ra davlat fuqarolariga o`zlari uchun mos keladigan ish tanlashda va ishga joylashda bepul yordam ko`rsatadi, ishsizlarga bepul ta`lim olish imkoniyati yaratilib beriladi, yangi kasbga o`qiyoygan vaqtda stipendiya to`lanadi, haq to`lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoni beriladi, ishsiz fuqarolar daromadlarini qo`llab-quvvatlash siyosati amalga oshiriladi. Ish bilan bandlik xizmati murojat qilgan mehnatkashlarga va ish beruvchilarga ishga ega bo`lish imkoniyati haqida va ish kuchi bilan ta`minlash to`g`risida, biror kasb egallashni istaydigan fuqarolarga qo`yiladigan talablar haqida axborotlar beriladi; fuqarolarning o`zlariga mos keladigan ish topishlarida, ish beruvchilarga esa zarur xodimlar tanlashda ko`maklashadi.

Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari ish beruvchilarga yoshlar, nogironlar, yolg`iz va ko`p bolali ota-onalar uchun ish o`rinlari saqlash va tashkil etish dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi. Lekin, bandlikka ko`maklashuvchi muassasalar joylarda ayniqsa, tumanlarda mehnatga qobil yoshlarni ish bilan band etishdagi faoliyatini to`laqonli deb baholab bo`lmaydi. Demak, joylarda bandlikka ko`maklashuvchi muassasalar faoliyatiga ko`maklashuvchi muqobil bandlik xizmat turlarini rivojlantirish, buning uchun muayyan davlat ro`yxatidan o`tgan, davlat hamda nodavlat tashkilotlarini shakillantirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Bugungi kunda O`zbekistonda kasb salohiyati ostida mijozlarni toppish va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan va ma`lum darajada ish bilan bandlikni hal etishga ko`maklashadigan nodavlat tashkilotlar vujudga kelmoqda. Bu tashkilotlar mehnat bozorini malakali tadqiq etish va mutaxassislarni saralab olishga asosiy e`tabor qaratmoqdalar. Keying vaqtlarda muqobil bandlik xizmatiga talab ortib bormoqda. Bu esa boshqaruv konsaltingini yangi yo`nalishi bandlikni (to`ldirish) yoki rekryting xizmatini shakillanishiga asos bo`lmoqda. Ana shu o`sib borayotgan talabni o`rganish asosida O`zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar 2012-yilga borib muqobil bandlik xizmati 5-8 martaga oshishi mumkinligini bashorat qilmoqdalar.

Aholini ish bilan ta`minlash ishlarini kuzatish va tahlil qilish shuni ko`rsatmoqdaki, fuqarolar ish topishning turli yo`llaridan foydalanmoqdalar. Hozirgi kunda nafaqat kasb-koridan, istak hohishidan kelib chiqadigan, balki oilaning o`rtacha hayoti farovonligini moliya bilan ta`minlovchi ish o`rniga ega bo`lishni ko`pchilik hohlaydi. Aholini ish bilan ta`minlash jihatlari shubhasiz turli xil vaziyatlarda, turli munosabatlarda shakllanib boradi. Ularning dolzarblik kasb etishi, vaziyatga muvofiq kelishi, samaradorligi mintaqada yaratilgan shart-sharoitlarga bog`liq bo`ladi. Kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlob mehnat bozoridagi faol siyosatining asosiy yo`nalishi hisoblanadi, chunki hozirgi dunyoda ishga ega bo`lish istiqboli tez o`zgarishlar va tarkibiy islohatlar bilan bog`liq bo`lib, inson kapitaliga qo`yilgan mablag`lar bilan yuqori sifatli ma`lumot va zamonaviy kasb egallashga yordam beradi, bular ishsiz bo`lib qolishdan kafolatlaydi.

Ko`p sonli dalillar shunday dalolat berdiki, yuqori malakali xodimlar uchun xos bo`lgan ishsizlik xodimlardagiga nisbatan 4-7 barobar kamdir. Shuning uchun ham dunyodagi barcha mamlakatlarda ishsizlar va ishsiz qolish xafi ostida turgan xodimlarning kasb tayyorgarlgi va ularni qayta tayyorlashdan iborat turli-tuman dasturlarni ishlab chiqish tajriba qilib ko`rilayotir. Bunda mazkur dasturlar birinchi navbatda oldingi kasb malakasi iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarga, ish o`rinlarning yangi kasbiy tuzilishiga javob bermaydigan kishilarga, shuningdek, aholining zaif hioyalanayotgan qismiga (hozircha zarur kasbiy tayyorgalikka ega bo`lmagan yoshlarga, mehnat bozoriga qaytishga qaror qilgan ayollarga; kasbga yo`naltirishga ehtiyoj sezadigan nogironlar va boshqalashga) qaratilgan.

Ko`pincha ta`lim olish uchun nomzodlarni davlat ish bilan bandlik xizmati aniqlaydi. Kasb tayorgarligi va qayta tayyorlov dasturlari davlat, tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining ishtirokida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bu dasturlarning bevosita tashkilotchisi ko`pincha davlat ish bilan bandlik xizmati hisoblanadi, u markazlar va o`quv kurslarining maxsus tashkil etilgan shaxobchalarda, shuningdek, o`quv yurtlari yoki korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etadi; ta`lim oluvchilarga stipendiyalar to`lanadi. Ish bilan bandlik xizmati davlat manfaatlarini ko`zlab ish olib boradi. Ishsizlarning ta`lim olishi va qayta o`qishini ularga mablag`lar ajratish shaklida nafaqalar to`lash orqali rag`batlantiriladi.

Davlat korxonalari xodimlarining ta`lim olish uchun ajratilgan mablag`lar hisobidan soliqlarni olib tashlash orqali tadbirkorlarni ham rag`batlantiriladi. “Aholining ish bilan bandligini ta`minlash to`g`risida”gi qonunda ishsiz fuqarolar ham ish bilan bandlik xizmati yo`llanmasi bilan bepul kasb tanlash, kasb tayyorgarligi, qayta tayyorlash va malaka oshirish huquqiga egadirlar, deb ta`kidlangan. Mazkur huquqlar Qonunning boshqa moddalari va bandlarida ham kafolatlangan. Mehnat bozoridagi faol siyosatning ana shu yo`nalishini amalga oshirishdagi asosiy murakkablik iqtisodiyotning bo`lajak kasb-malaka tuzilishi to`g`risida,o`rta va uzoq muddatli istiqbolda kasb sohasidagi mehnatga bo`lgan ehtiyoj qanday bo`lishi haqidagi axborotning yetishmasligidadir.

Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyati faqat ish bilan ta`minlash emas, balki ishlab chiqarish tarmoqlari strukturasidagi o`zgarishlar bilan bog`liq xolda o`zgarib turadigan mehnat bozori ehtiyojini qondirishdan iborat.

Ba`zi mamlakatlarda, masalan Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiyada davlat birjalari ishsizlikni ro`yxatga olib ishsizlik nafaqasi beriladi. Mehnat bo`limi tomonidan taklif qilingan ishdan bosh tortsa, ishsiz nafaqadan maxrum qilinadi. Fransiyada ishsizlik bilan bandlik bo`yicha Milliy agentlik shug`ullanadi. Uning faoliyati Mehnat Vazirligi nazoratida amalga oshiriladi. Davlat mehnat birjalari bilan bir qatorda ishchi kuchini yollash bo`yicha xususiy pullik agentliklar hamda kasaba uyushmalari, diniy va yoshlar tashkilotlari qoshida ish bilan ta`minlash byurolari mavjud.

Yana bir muammo ishdan mahrum bo`lgan shaxslarning kasbiy jihatdan qayta tayyorlanishga kam talab bildirishidir, chunki ular oldingi kasblari bo`yicha ishga joylashishga umid qiladilar. Mehnat booridagi faol siyosatning mazkur yo`nalishini rivojlantirishga to`sqinlik qiluvchi omil ish bilan bandlik xizmati faoliyatini moliyaviy jihatdan ta`mionlashning cheklanganligi hamdir. Mustaqil ish bilan bandlik va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash tizimi hozirgi vaqtda mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirish sohasidagi faoliyat doirasida mustaqil ish bilan bandlikni rivojlantirish, tadbirkorlik malakalarini o`rganish va kichik biznesni tashkil etishga ko`maklashish dasturlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Mehnat bozoridagi siyosatning buy o`nalishi eng muhim ijtimoiy vazifa- yangicha mehnat dunyoqarashini shakllantirishdir. Ma`lumki, odamlarning faqat 3-5 foizida o`z ishini tashkil etish va yuritishga moyil hamda qobilyat bo`ladi. Ana shundan kelib chiqib, ish bilan bandlik xizmatining vazifasi o`ziga murojaat qilganlarning o`z firmasini ochishi mumkin bo`lganlarni tanlab olishdir. Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari xizmatining yana bir vazifasi mustaqil mehnat faoliyati bilan shug`ullanishni istaydiganlarni o`qitishdir. Bu kishilar ishga doir asosiy ko`nikmalarni (narx belgilash asoslari, muhosiblik hisobi, rejalashtirish va hokazo) o`qish jarayonida egallab chiqadilar.

Yangi tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash yana quyidagilarni o`z ichiga oladi: maslhat xizmatlarini ko`rsatish, imtiyozli qarz berish, ishlab chiqarish binolari, xom-ashyo bilan ta`minlash, xom-ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqa o`rnatish va tayyor mahsulotni sotish. Hozirgi vaqtda mustaqil shug`ullanish va tadbirkorlik tashabbusi aosida kichik ishlab chiqarish korxonalarining shakllanishi keng istiqbolga egadir. Hozir ish bilan bandlikning qariyb 15 foizi muklchilikning barcha shakllaridagi kichik korxonalarda mehnat qilmoqda. Shunday hodisalar chunonchi, xususiylashtirish, raqobatning kuchayishi munosabati bilan korxonalar hajmining qisqarishi, ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan ixtisoslashuvga o`tilishi shuningdek, tarkibiy qayta qurish jarayoni, mutaxassislarning fikricha, o`tish iqtisdiyotiga ega bo`lgan boshqa mamlakatlardagi kabi yirik firmalardagi yangi ish o`rinlari kichik korxonalarga nisbatan kamroq bo`ladi. Jamoat ishlari dasturlari, ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorida amalga oshiradigan faol siyosatining navbatdagi yo`nalishi ishsizlarga vaqtincha va jamoat ishlarining dasturlarining rivojlantirish orqali mehnat bozoriga qaytishda yordam ko`rsatadi. Bunday dasturlar birinchi marta AQSHda 30- yillarda paydo bo`lgan edi. O`sha yillarda jamoat ishlari umummilliy xususiyatga ega edi va o`ziga yuqori malakani talab qilmaydigan ishlarni qamrab olardi. Xalqaro tajribaning ko`rsatishicha, hozirgi vaqtda mazkur dasturlar ba`zan butun mamlakatni, ko`pincha esa aholining ayrim toifalarini, hududlarni yoki davrlarni o`z ichiga oladi.

Mazkur dasturlar ishsizlarga maxsus kasb tayyorgarligisiz hamma uchun qulay faoliyat turlarini taqdim etadi. Bu dasturlarni amalga oshirish tajribasini umumlashtirish shuni ko`rsatadiki, ular quyidagi ish turlarini bajarishga qaratilgan:



  • yo`l qurilishi va uni ta`mirlash;

  • ko`priklar barpo etish va ta`mirlash;

  • yerlarni o`zlashtirish- daraxtlar o`tkazish, irrigatsiya, kanallar, portlar,aerodromlar qurilishi va ularga xizmat ko`rsatish;

  • ekologik tadbirlar.

Respublikamizda mehnat bozorini shakllantirish va uni tartibga solish masalalarini xal qilishda davlat bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 aprel 616-sonli “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhafaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga binoan mehnat bo`limlari “Bandlikka ko`maklashuvchi markaz” deb o`zgartirildi. Bu qarorning asosiy maqsadi aholi bandligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar tashkil etish, mehnat bozori infratuzilmasinki yanada rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, ushbu masalalarni hal etishda mehnat va aholini ijtimoiy muhafaza qilish organlarining rolini faollashtirishdan iborat. Aholini ish bilan ta`minlash- amalga oshirilayotgan islohotlarimizni muhim ijtimoiy jihatidir.

Bandlik sohasida qishloq xo`jaligidagi ortiqcha mehnat resurslarini sanoat, savdo, transport, aloqa, qurilish va boshqa tarmoqlarga jalb qilishdan iborat sezilarli o`zgarishlar amalga oshirildi. Viloyat bandlikka ko`mklashish va aholini ijtimoiy muhafaza qilish markazlari faoliyatining tahlili ko`rsatishicha, mehnatga yaroqli kishilarning norasmiy ish bilan bandligi oshib bormoqda. Bunga faqat demografik o`zgarishlar sabab bo`lmasdan, bundan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi sabablar ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Masalan, yaratilayotgan ish joylarining o`sish sur`ati mehnatga layoqatli aholining o`sish sur`atidan orqada qolmoqda. Tahlillardan shu narsa ma`lum bo`ladiki, Andijon viloyati mehnat bozorida ish izlovchilar orasida yuqori malakaga ega bo`lmaganlarning ko`pligi ham mehnat bozoridagi vaziyatni keskinlashtiradi.

Aksariyat ish beruvchilar o`z hisobidan kadr tayyorlashdan ko`ra, bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhafaza qilish markazlari orqali arzon ishchi kuchiga ega bo`lishga xarakat qiladilar. Arzon ishchi o`rinlari bizga ma`lum ishlovchilarga yetarli darajada ish haqlarini ta`minlamaydi.


Download 109.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling