Hunarmandchilikda kulolchilik ishlab chiqarishi yetakchi o‘rinni egallagan. Oltintepaning kulollar mahallasidan 60 dan ortiq ikki qavatli xumdonlar ochilgan. Bu davrdagi sopol buyumlarini kulolchilik charxida yasala boshlanadi. Sopollarning sirtiga eneolit davri zoomorf tasvirlarning o‘rnida geometrik shaklli monoxrom naqshlar chizish urf bo‘lgan. Sopol buyumlarning uch xil turi ajralib turadi: naqshli, naqshsiz va ko‘kish rangli. Charx va xumdonlardan foydalanish kulolchilik ishlab chiqarish o‘tishga olib kelgan. Toshdan yasalgan qurollariga bo‘lgan ehtiyoj qisman saqlanib qoladi. Toshdan turli xil mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or va boshqa buyumlarni yasalgan. Chaqmoqtoshdan bargsimon kamon o‘qi uchlari yasalgan. Toshdan yorg‘uchoq, keli sopi va havoncha yasalgan. Muhrlar tosh va loydan yasalgan. Loydan yasalgan haykalchalar ayol, erkak va hayvon tasvirlaridan iborat. Hunarmandchilikda kulolchilik ishlab chiqarishi yetakchi o‘rinni egallagan. Oltintepaning kulollar mahallasidan 60 dan ortiq ikki qavatli xumdonlar ochilgan. Bu davrdagi sopol buyumlarini kulolchilik charxida yasala boshlanadi. Sopollarning sirtiga eneolit davri zoomorf tasvirlarning o‘rnida geometrik shaklli monoxrom naqshlar chizish urf bo‘lgan. Sopol buyumlarning uch xil turi ajralib turadi: naqshli, naqshsiz va ko‘kish rangli. Charx va xumdonlardan foydalanish kulolchilik ishlab chiqarish o‘tishga olib kelgan. Toshdan yasalgan qurollariga bo‘lgan ehtiyoj qisman saqlanib qoladi. Toshdan turli xil mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or va boshqa buyumlarni yasalgan. Chaqmoqtoshdan bargsimon kamon o‘qi uchlari yasalgan. Toshdan yorg‘uchoq, keli sopi va havoncha yasalgan. Muhrlar tosh va loydan yasalgan. Loydan yasalgan haykalchalar ayol, erkak va hayvon tasvirlaridan iborat. Rivojlangan bronza davri (NMZ V) Bu davrdagi yodgorliklarining madaniy qatlami 2,5 m. tashkil etadi. Manzilgohlarning maydoni kengayib, ichki tuzilmalari murakkablashgan. Bu bosqichga oid egallagan maydoniga ko‘ra uchta gurihi ajralib turadi. Yirik manzilgohlar maydoni 46-70 ga. (Nomozgohtepa va Oltintepa), maydoni 10 ga.dan ortiq o‘rtacha (Ulug‘tepa, Xopuztepa) manzilgohlar va maydoni 2-3 ga.dan iborat kichik (Toychanoqtepa, Qo‘shtepa va Sho‘rtepa) manzilgohlar faoliyat yuritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |