Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri


Download 41.42 Kb.
bet3/15
Sana11.05.2023
Hajmi41.42 Kb.
#1452781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu rejasi Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri-fayllar.org

Oltintepaning sharqiy qismidagi tepalikda zinasimon shaklda barpo qilingan o‘ziga xos ibodatxona inshooti joylashgan. Inshoot faoliyati davomida uch marotaba qayta qurilgan. Rivojlangan bosqichida minoraning balandligi oshirilib yirik ko‘rinishga kelgan. Uning uzunligi 21 m., eni 8-10 m., balandligi 12 m. bo‘lib, shimoldan janubga tomon mo‘ljallab qurilgan. Ibodatxonaning yonida “kohin uyi” deb nomlangan imorat joylashgan.

Ibodatxona majmuasi toat-ibodat, xo‘jalik va yashash uy-joy qismlaridan tashkil topgan. Majmuaning toat-ibodat uchun mo‘ljallangan xonasida devoriga tutashtirib qurilgan “olov-mehrobi” joylashgan. Ibodatxonadan buqa va bo‘rining oltindan yasalgan haykalchasi topilgan. Buqaning shoxi kumush, ko‘zi esa lazuritdan ishlangan. Ibodatxonada yulduz belgilari aks ettirilgan narsalar ham topilgan. Bu ibodatxona inshooti Qadimgi Shumerning Ur davri zikkuratlarini eslatadi. Old Osiyo hududlaridagi ibodatxonalarda buqa boshini tasvirlash anʼanaga aylangan. Tadqiqotchi olimlarning ilmiy fikriga qaraganda buqaning boshi tasvirlangan ibodatxonalar oy xudosiga bag‘ishlangan. Qadimgi shumerliklar asotiriga ko‘ra buqa yerga guyoki oydan tushgan va uning sharafiga ibodatxonalar barpo etish anʼanaga aylangan.

Bronza davrida qabrlar manzilgoh ichkarisida, uylarning atrofida joylashgan bo‘lib, ularning bir nechta turi o‘rganilgan. Chuqurdan iborat bir kishi ko‘milgan oddiy qabrlar, ichki tomonida xom g‘ishtlar bilan terib chiqilgan xonalarda ketma-ket dafn etilgan jamoaviy qabrlar va aholining nufuzli aʼzolariga tegishli sag‘analar aniqlangan. Ibodat majmuasida ham kohinlar jamoasiga tegishli sag‘ana joylashgan. Marhumlar idishga solingan ovqat, chiroq va taqinchoqlar bilan birga qo‘shib ko‘milgan.


  • Bronza davrida qabrlar manzilgoh ichkarisida, uylarning atrofida joylashgan bo‘lib, ularning bir nechta turi o‘rganilgan. Chuqurdan iborat bir kishi ko‘milgan oddiy qabrlar, ichki tomonida xom g‘ishtlar bilan terib chiqilgan xonalarda ketma-ket dafn etilgan jamoaviy qabrlar va aholining nufuzli aʼzolariga tegishli sag‘analar aniqlangan. Ibodat majmuasida ham kohinlar jamoasiga tegishli sag‘ana joylashgan. Marhumlar idishga solingan ovqat, chiroq va taqinchoqlar bilan birga qo‘shib ko‘milgan.

  • Ilk bronza davrida hunarmandchilikning bir nechta turi faoliyat yuritgan. Metall hunarmandchiligi ancha rivojlanadi. Oltintepa manzilgohidan misga ishlov berish ustaxonasi aniqlangan. Misgarlik alohida hunarmandchilik turi sifatida faoliyat yuritgan.

  • Ilk bronzaning dastlabki bosqichda misga mishyak va keyin qo‘rg‘oshin aralashtirib bronza hosil qilingan. Mis va bronzadan uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari va boshqa kundalik ehtiyoj buyumlari yasalgan. Misdan yasalgan igna, bigiz, qarmoq, ikki tishli pichoq topilgan.

  • Ayniqsa, zargarlik hunari yaxshi rivojlangan. Oltin, kumush kabi rangli va qimmatbaho metallardan turli xil zeb-ziynatlari va ilohiy buyumlar yasalgan. Oltindan yasalgan buqa va bo‘ri boshi tasvirlangan topilmalar zargarlik sanʼatining yuksak namunasidir. Qimmatbaho toshlardan ham taqinchoqlar yasalgan.

Download 41.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling