Bronza davri Nomozgohtepa, Oltintepa va boshqa yirik manzilgohlarning mudofaa devori bilan o‘rab olinganligi, mahobatli imoratlar, xususan, diniy-g‘oyaviy markaz hisoblangan ibodatxonaning mavjudligi, ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, tabaqalanish jarayonining barcha sohalarda namoyon bo‘lishi, xususiy mulkdan darak beruvchi muhrlarning paydo bo‘lishi va boshqa belgilariga ko‘ra ularni Misr, Mesopotamiya, Eron, Hindistondagi ilk shaharlar sirasiga kiritish mumkin. Ular nafaqat iqtisodiy, madaniy markaz balki, maʼlum bir hududning g‘oyaviy-maʼmuriy markazi bo‘lgan. NMZ V bosqichining oxirda Janubiy Turkmaniston hududidagi yirik manzilgohlar inqirozga uchraydi. Oltintepa va Nomozgohtepa kabi ilk shaharlar tashlandiq holga kelib qoladi. Mutaxassis olimlar inqiroz sabablarini qurg‘oqchil iqlim sharoiti bilan bog‘laydilar.

Oltintepa manzilgohining yuqori madaniy qatlamidan faqat kichik tuyoqli chorva mollariga tegishli suyaklar topilib, qoramol suyaklari uchramagan. Qurg‘oqchilik tufayli yem-xashak zahiralari kamayib, qora mollarni boqish uchun yetarli imkoniyat bo‘lmagan. Ikkinchi tomondan esa ekin maydonlaridan bir necha ming yillar davomida muntazam ekin ekilishi oqibatida yerlar sho‘rlanib, yaroqsiz holga kelib qolgan va hosildorlik pasayib ketgan. Bu albatta aholining yashash joylarini tashlab, yangi yerlarga ko‘chishiga sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |