Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida Dashtli vohasidagi Dashli 3 manzilgohi yaxshi o‘rganilgan. Dashli 3 manzilgohi aylana shakldagi ibodatxona va kvadrat shakldagi saroy-ibodatxonadan iborat ikkita majmuani tashkil etadi. Ibodatxona majmuasi ikki qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Mudofaa devori tashqarida o‘ziga xos ikki qator xalqani tashkil etadi imoratlar joylashgan. Saroy-ibodatxona esa kvadrat shaklda barpo qilingan. Qadimgi yevropa xalqlari afsonasida aylana shakli quyosh, kvadrat esa yer tomonlarini aks ettiradigan.
Dashtli 3 majmuasi koinot tushunchalari bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lib, Janubiy Baqtriya aholisini tartib solib turadigan va ularni boshqaradigan markaz vazifasini bajarib, g‘oyaviy-maʼmuriy boshqaruv tizimini aks ettirgan ilk davlatchilik shakllarini namoyon qiladi. Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida qabr inshootlari ham muhim o‘rin egallaydi. Qabr inshootlari lahat (katakomba) qabrlardan iborat. Mayitlar marhumlarning hayotiylik davrida jamiyatda tutgan mavqeiga qarab maʼlum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘milgan. Ko‘pchilik qabrlardagi kuzatuv buyumlari o‘g‘irlanib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan.
Shimoliy Baqtriyada Sopolli madaniyati faoliyat yuritib, shartli ravishda sopolli, jarqo‘ton, ko‘zali, molali, bo‘ston kabi bosqichlarga ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |