Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri


Download 41.42 Kb.
bet12/15
Sana11.05.2023
Hajmi41.42 Kb.
#1452781
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu rejasi Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri-fayllar.org

Sopollitepadagi mahallalardan biridan xumdonlar ochilgan. Ular ikki kamerali va ikki yarusli bo‘lgan. Sopol idishlari kulolchilik charxi va qisman qo‘lda yasalgan. Kulolchilik charxida yasalgan idishlarning sirtiga angob surtilgan va yaxshi pishirilgan. Qo‘lda ovqat pishirishga mo‘ljallangan yirik va qalin idishlar yasalgan. Ularning loyiga xashak qo‘shilgan. Bronza va toshlardan ham sopol idishlariga o‘xshagan buyumlar yasalgan. Bronzadan yasalgan qurol yarog‘lar-xanjar, kamon o‘qlari; uy-ro‘g‘or buyumlar-pichoq, bolta, tesha, bigiz va pardoz-andoz buyumlari-oyna, surmadonlardan iborat. Toshdan yasalgan urchuqboshlarning ko‘p nusxalari ham topilgan. Muhrlar loy, tosh va bronzadan yasalgan. Ularning sirtiga o‘yib naqsh solingan. Naqshlar turli geometrik shakllar, ilon, chayon, tog‘ echkisi va boshqa tasvirlardan iborat. Muhrlardan birining to‘rt tomonida ilonlarning tasvir boshqa birida tog‘ echkisining tasviri tushirilgan. Muhr va ulardagi tasvirlar bir tomondan diniy tushunchalar aks ettirsa, boshqa tomondan aholi o‘rtasida xususiy mulkiy munosabatlarning shakllanishidan dalolat beradi.


  • Sopollitepadagi mahallalardan biridan xumdonlar ochilgan. Ular ikki kamerali va ikki yarusli bo‘lgan. Sopol idishlari kulolchilik charxi va qisman qo‘lda yasalgan. Kulolchilik charxida yasalgan idishlarning sirtiga angob surtilgan va yaxshi pishirilgan. Qo‘lda ovqat pishirishga mo‘ljallangan yirik va qalin idishlar yasalgan. Ularning loyiga xashak qo‘shilgan. Bronza va toshlardan ham sopol idishlariga o‘xshagan buyumlar yasalgan. Bronzadan yasalgan qurol yarog‘lar-xanjar, kamon o‘qlari; uy-ro‘g‘or buyumlar-pichoq, bolta, tesha, bigiz va pardoz-andoz buyumlari-oyna, surmadonlardan iborat. Toshdan yasalgan urchuqboshlarning ko‘p nusxalari ham topilgan. Muhrlar loy, tosh va bronzadan yasalgan. Ularning sirtiga o‘yib naqsh solingan. Naqshlar turli geometrik shakllar, ilon, chayon, tog‘ echkisi va boshqa tasvirlardan iborat. Muhrlardan birining to‘rt tomonida ilonlarning tasvir boshqa birida tog‘ echkisining tasviri tushirilgan. Muhr va ulardagi tasvirlar bir tomondan diniy tushunchalar aks ettirsa, boshqa tomondan aholi o‘rtasida xususiy mulkiy munosabatlarning shakllanishidan dalolat beradi.

  • Akademik A.Asqarov Sopollitepa atrofida cho‘l o‘zlashtirilishi davrida tekislanib, o‘rnida sopol parchalari, hayvon suyaklari va kul qatlamlari saqlangan Kultepa va Kichiktepa yodgorliklarini ham qayd etgan. O‘z davrida ularning soni nisbatan ko‘proq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ulonbuloqsoy hududida yashagan aholisining xo‘jaligini dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi tashkil etgan. Ovchilik ahamiyati qisman saqlanib qolgan. Sopolli madaniyatining oxirida aholi Ulonbuloqsoy vohasidan ko‘chib ketadi.

Download 41.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling