Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri


Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi


Download 41.42 Kb.
bet9/15
Sana11.05.2023
Hajmi41.42 Kb.
#1452781
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Mavzu rejasi Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri-fayllar.org

Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi. Baqtriya hududda ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati bronza davrida shakllangan. Ilk dehqonchilik madaniyatiga oid manzilgohlar Surxon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududlaridan topib o‘rganilgan. Janubiy Tojikistonda ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati Dushanbe atrofi hududida bronza davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan. Kofirnahr va Vaxsh vodiylarida bu davrida chorvador qabilalar madaniyati faoliyat yuritadi.


  • Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi. Baqtriya hududda ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati bronza davrida shakllangan. Ilk dehqonchilik madaniyatiga oid manzilgohlar Surxon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududlaridan topib o‘rganilgan. Janubiy Tojikistonda ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati Dushanbe atrofi hududida bronza davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan. Kofirnahr va Vaxsh vodiylarida bu davrida chorvador qabilalar madaniyati faoliyat yuritadi.

  • Baqtriyaning bronza davrida faoliyat yuritgan o‘troq dehqonchilik manzilgohlari dastlabki o‘rganilgan yodgorliklarga nisbatan janubda - Dashtli, shimolda esa - Sopolli madaniyati nomlari bilan yuritiladi. Janubiy Baqtriya. Janubiy Baqtriya hududining bronza davri arxeologiya yodgorliklari alohida dehqonchilik vohalarida joylashgan. Bu yerda Davlatobod, Dashli, Farukobad va Nichkin dehqonchilik vohalar ajrlib turadi. Davlatobod mikrovohasida joylashgan Tikar 1,2,3 Tikar 4 (Girdaytepa), Dashli mikrovohasidagi Dashtli 3, yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Davlatabod mikrovohasidagi yodgorliklarning maydoni 0,4-1,0 ga. ni tashkil etadi. Tikar 4 yodgorligida (100x95 m.) mudofaa devori va to‘rt burchagida burjlari mavjud. Mazkur hududdagi arxeologik yodgorliklarini o‘rgangan olim V.I.Sarianidi Afg‘onistonning bronza davrini Tikar va Girday bosqichlariga ajratgan.

Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida Dashtli vohasidagi Dashli 3 manzilgohi yaxshi o‘rganilgan. Dashli 3 manzilgohi aylana shakldagi ibodatxona va kvadrat shakldagi saroy-ibodatxonadan iborat ikkita majmuani tashkil etadi. Ibodatxona majmuasi ikki qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Mudofaa devori tashqarida o‘ziga xos ikki qator xalqani tashkil etadi imoratlar joylashgan. Saroy-ibodatxona esa kvadrat shaklda barpo qilingan. Qadimgi yevropa xalqlari afsonasida aylana shakli quyosh, kvadrat esa yer tomonlarini aks ettiradigan.

1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling