Reja: Baqtriya bronza davrida. Sopolli madaniyati bosqichlari va ularning xronologiyasi. Jarqoʻton shahristoni


Download 1.13 Mb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1003755
  1   2   3   4
Bog'liq
Eshpoʻlatov Shaxboz. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi


Mavzu: Baqtriya bronza davri prota-shahar madaniyatlari.

Reja:
  • Baqtriya bronza davrida.
  • Sopolli madaniyati bosqichlari va ularning xronologiyasi.
  • Jarqoʻton shahristoni.

Qadimgi Baqtriya Amudaryo yuqori oqimining har ikkala sohili havzalarida
joylashgan. Hozirgi zamon etnogeografik tasavvurida uning sarhadlari Shimoliy
Afgʻoniston, Janubiy O‘zbekiston va janubiy-gʻarbiy Tojikiston hududlariga
toʻgʻri keladi.
Qadimgi Baqtriya arxeologiyasi sohasida yirik kashfiyotlar, ya‘ni bronza
davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanuvchi Baqtriya
sivilizatsiyasi tadqiqotida A.A. Asqarov (Sopolli madaniyati) va V.I. Sarianidi
(Dashli madaniyati) ning ilmiy izlanishlari muhim hisoblanadi. Xususan, A.A.
Asqarov Sopollitepa, Jarqoʻton, Bo‘ston kabi yodgorliklarda keng arxeologik
qazish ishlari o‘tkazib, O‘zbekistoning Janubiy sarhadlari miloddan avvalgi II
minginchi yillikda qadimgi Sharq sivilizatsiyasi tizimiga kirishini isbotladi
Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari: 1-2 ibodatxona, 3-saroy ibodatxonasi(dashtli), 4-sopolli.
Mutaxassisning yozishicha, Qadimgi Baqtriyaning Sopollitepa va Dashli
tipidagi yodgorliklarida olib borilgan ilmiy arxeologik tadqiqotlar natijalariga
ko‘ra, mazkur joylarning bronza davri sivilizatsiyasining shakllanishida Janubiy
Turkmaniston dehqon jamoalari muhim o‘rin tutgan. Qadimgi dehqon jamoalari
Baqtriya yerlariga bevosita Murg‘ob vohasidan kelgan. Murg‘oblik dehqonlar
Janubiy O‘zbekistonda avval Sherobod cho‘lini o‘zlashtirganlar. Ularning birinchi
qarorgohi Ulanbuloqsoy suvi bazasidi tashkil topgan Sopollitepa bo‘ldi.
Sopollitepaliklar asta-sekin Koʻhitang va Boysun tog‘ etaklari bo‘ylab shimoli –
sharqqa siljidi. Natijada Sherobod daryosining quyi havzasi tarmoqlari bo‘ylab
qadimgi dehqonlarning yangidan-yangi qishloqlari qad ko‘tara boshladi. Ana
shunday qishloqlarning katta bir guruhi Sherobod daryosining Boʻstonsoy
irmog‘ida joylashgan. Vaqt o‘tishi bilan yangi yerlar o‘zlashtirilishi asosida
Bandixonsoy, Xoʻjayipok, Sangardak daryolarining quyi havzalarida, undan
keyingi hududlar bo‘lgan Regar va Nurek atroflarida ham shunday qishloqlar
mil.avv. II minginchi yillik davomida paydo bo‘ldi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling