Mustaqil ta’lim qoʻlyozma shaklida yoziladi (kamida 20 varaq). Reja tuziladi, har bir reja yetarli darajada yoritiladi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Ma’lumotlar qaysi adabiyotlardan olinganligi ssilka yordamida koʻrsatiladi. Tayyorlangan mustaqil ta’limning taqdimoti (MS Power Point dasturida) tayyorlanadi va talaba tomonidan himoya qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzulari
Funksiyalarni Loran qatoriga yoyish. Qutbga nisbatan funksiyaning chegirmasini topish.
Operatsion hisob yordamida differensial tenglamalar va tenglamalar sistemasini yechish. Tebranishlar differensial tenglamalarni yechish.
Tor tebranishlari tenglamasini Dalamber usuli va oʻzgaruvchilarini ajratish (Fure) usuli bilan yechish. Torning majburiy tebranishi.
Issiqlik tarqalish tenglamalarini metal sterjenda, chegaralanmagan sterjenda fazoda tekshirish. Laplasning ikkinchi tenglamasiga keltiriladigan masalalar. Dirixle masalasini yechish.
Amaliyotda koʻp uchraydigan muhim diskret va uzluksiz taqsimotlar, normal taqsimotning tadbiqlari.
Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari. Katta sonlar qonuni. Chebishev tengsizligi. Bir xil taqsimlangan oʻzaro bogʻliqsiz tasodifiy miqdorlar yigʻindisi uchun markaziy limit teoremasi.
Tasodifiy miqdorlar sistemasi, ularning taqsimot qonunlari, shartli taqsimot qonunlari. Kovariatsiya va korrelyatsiya. Ikki oʻlchovli normal taqsimot qonuni va uning oʻziga xos xususiyati.
Ehtimollar nazariyasining texnikaviy masalalarda qoʻllanilishi. Taqsimotning noma’lum paramertrlari uchun statistic baholarni qurishda masalaning qoʻyilishi. Statistic baholarga talablar: siljimaslik, asoslilik, effektivlik.
Dispersiya bahosining xossalari, tanlanmaning toʻgʻirlangan dispersiyasi. Statistic baholar qurish uslublari. Ishonchlilik intervallari. Statistic gipotezalar va ularning sinflari. Gipotezalarni tekshirish algoritmi. Birinchi va ikkinchi turdagi xatoliklar.
Eng quvvatli mezonlar. Neyman-Pirson mezoni. Kolmagorov mezoni. Pirsonning Xi kvadrat mezoni.
Korrelyatsion-regression tahlil elementlari. Korrelyatsiya tushunchasining kelib chiqish tarixi va xossalari.
Regressiyaning har xil koʻrinishdagi tenglamalarini topishda eng kichik kvadratlar usulining mohiyati va har xil modifikatsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |