Kurs ishi ilmiy rahbar: Bajaruvchi: kirish


Download 152.04 Kb.
bet1/8
Sana11.10.2023
Hajmi152.04 Kb.
#1698571
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi ilmiy rahbar Bajaruvchi kirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Sport turlari” fakulteti


“DZYUDO” talim yo’nalishining 3-kurs talabasi
“Jismoniy tarbiya sport nazariyasi va madaniyati” fanidan
“Jismoniy tarbiyaning umum pedagog usullari” mavzusi bo’yicha ishlagan
KURS ISHI


Ilmiy rahbar:
Bajaruvchi:


KIRISH

              1. Ko'p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichida tanlash va yo'llanma. Vazifasi.

              2. Dastlabki tanlash. Jinsiy organlarni yosh etilishi. Ruhiy ko'rsatkichlari. Ko'p yillik tayyorgarlikni ikkinchi va uchinchi bosqichida tanlash.

              3. Sport mashg'ulotini boshqarish. Joriy holati. Operativ holati.

              4. Nazoratning turlari va mazmuni.

              5. Bosqichli, joriy, operativ nazorat qilish haqida ma'lumotlarga ega qilish.

XULOSA
Foydalanilgan Adabiyotlar

KIRISH
Jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini aks ettiruvshi prinsiplar sport trenirovkasiga sam taaluqlidir. Umumiy qonuniyatlar sport trenirovkasida maxsus, uziga xos formada aks etadi.Yuksak ko’rsatkishlarga intilish Zamonaviy sportning qonuniyatlaridan biri, sar xil sport turlaridan bir xil sportni ishidagi turlar bo’yisha ham bir xilda yuqori natijaga erisha olmaydi. Shu sababli sport mashgʼulotlarida mutaxassisligi bo’yisha sport mashgʼulotlarini shuqur o’tkazishni o’ylash kerak. Sport yuksak ko’rsatkishlarga intilish va ularni doimo yaxshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadisiz foydalanganda natijalar imkon borisha yuqori darajada bo’lishi nazarda tutilmaydi. Sport faoliyatida esa maksimum natijaga erishish mo’ljallaniladi. Аlbatta, bu maksimum turli sportshilar ushun turlisha. Umumiylik esa, ularning har biri sport kamoloti yo’lida mumkin qadar ko’prok natija sari intilishidadir. Sport yutuqlari, albatta, shunshaki muhim bo’lmay, balki kush-quvvat, qobiliyat, mahorat taraqqijtining aniq ifodasi sifatida muhimdir. Yuksak sport natijalariga intilish shu munosabat bilan ulkan ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Bunday intilish sport faoliyatining barcha tashkiliy tomonlari va shart-sharoitlari bilan, jumladan, sport musobaqalari sistemasi va orta boruvshi ragʼbatlantirish choralari bilan qo’llab-quvvatlab boriladi. Yuksak ko’rsatkishlarga intilish sport musobaqasini shunga moslab tashkil qilish, eng taʼsirli (mashgʼulot ko’proq foyda keltirishi maʼnosida) vosita va metodlardan foydalanish, nihoyat darajada shuqur ixtisoslanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Sport mashgʼulotining yuqorida aytib o’tilgan qonuniyatlari sportdagi ko’p yillik kamolot bosqishlariga bogʼliq tarzda turlicha namoyon bo’ladi. Dastlabki bosqichlarda sport bilan shugʼullanish asosan umumiy tayyorgarlik tipida o’tkaziladi, bunda mashgʼulot jarayoni sport ixtisoslashtirilishining yorqin ifoda etilgan belgilariga ega bo’lmaydi, oliy ko’rsatkichlarga intilish uzoq kelajak xarakteriga ega bo’ladi. Sportda ixtisoslashish sport faoliyati jarayonida vaqt va kush-gʼayrat sarflashning shunday taqsimlanishi bilan xarakterlanadiki, bu sportning tanlangan makzur turini takomillashtirish uchun gʼoyat qulay bo’lgani holda sportning boshqa turlari ushun bunday bo’lmaydi. Shu munosabat bilan musobaqa uyushtirishda individual xususiyatlarni hisobga olish gʼoyatda muhimdir. Sportchining individual moyilligiga muvofiq ravishda o’tkaziladigan ixtisoslashtirish uning sport sohasidagi isteʼdodini mumkin qadar to’laroq namoyon etishga hamda sport qiziqishlarini qondirishga imkon beradi. Аksincha, ixtisosning hatto, sportchining shaxsiy fazilatlariga mos kelmaydigan bo’lishi sportchi va murabbiyning ko’pgina harakatlarini yo’qqa chiqaradi. Sportda yuksak ko’rsatkichlarga faqat ijodiy izlanish sharoitidagina erishish mumkin. Yangi sport yutugʼi hamisha u yoki bu darajada kashfiyotdir, sportchi imkoniyatlaridan foydalanishning yangi usullarini, mashgʼulotning yangi metodlarini kashf etishdir. Shuning ushun sportchidan ishga shunshaki ongli munosabatda bo’lishgina emas, balki uning mohiyatiga shuqur tushunib yetish va shunchalik faollik emas, balki doimiy ijodiy tashabbus talab qilinadi. Shuning ushun sport mashgʼulotiga rahbarlik qilishda onglilik va faollikning umumiy pedagogik tamoyili alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir.


Download 152.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling