Kurs ishi ilmiy rahbar: Bajaruvchi: kirish
Sportda tanlash ush bosqichda amalga oshiriladi
Download 152.04 Kb.
|
Kurs ishi ilmiy rahbar Bajaruvchi kirish
Sportda tanlash ush bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlabki - bunga bolaning marfo-funksional va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to’gʼri sport turini tanlash vazifasini xal qiladi. Oraliq 2-3 mashgʼulot bosqichlarida shugʼullanuvchilarda sport natijasi ixtisoslashish qobiliyatini aniqlash vazifasi hal etiladi. Yakunlovchi - halqaro miqyosidagi natijalarga tanlash masalalarini hal etadi. Ko’p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqishida tanlash va yo’llanma Vazifasi - bolaga sportda takomillashish uchun bir sport turini tanlab olishga yordam berishdir. Sport maktabiga 2-3 o’quv guruhini tanlash ushun 100 dan ortiq bolani tekshirish lozim. Statistik maʼlumotlarga qaraganda suv xavzasiga kelgan 60000 boladan faqatgina 1 ta xalqaro toifadagi sportchi chiqadi, ko’pgina xalqaro toifadagi sport ustalaridan olimpiya gʼoliblari chiqadi. Bolaning keyingi yutuqlarini aniqlaydigan narsa, sport bilan shugʼillanishni boshlanishi qaysi ishda boshlash kerakligi bilan belgilanadi. Quyidagini esda tutish kerak: 1) 6-7 yoshda bashorat qilish ko’p xollarda noto’gʼri. 2) sportdagi katta yuklamalar bola qancha kishik yoshdan bolasa shuncha tez sport bilan shugʼulanishini tugatadi. 6 - 8 yoshda shugʼullanishni boshlaganlar 15 - 17 yoshda tugatadi. BOʼSM ga tanlash kamida 30 mashgʼulotdan keyin boshlanishi kerak. Tez harakatni o’rganuvchilardan kelajagi bor sportshilar chiqmaydi. Lekin ozgʼin bo’yi novcha bolalardan yaxshi sportchi chiqadi. Tanlashda kam o’zgaradigan morfofofunksional ko’rsatkishlarga eʼtibor bering. Masalan: Bylgakova J. 11 - 16 bolalar yoshida katta bogʼliqlik topgan. 12 yoshli bolalarning bo’yi bo’lajak bo’yining 86 % tashkil qilar ekan. Tanlashda bolaning tana tuzilishiga eʼtibor berish shart. Masalan: suzishga va eshkak eshish bo’yi va vazni katta bolalar tanlanadi. Organizmni energiya bilan taʼminlanishi tizimini o’rganish katta ahamiyatga ega. Velospedchi, uzoq masofaga yuguruvchilar uchun o’pkaning tiriklik sigʼimi katta ahamiyatga ega. Masalan: 12yojshli velospedchilarda 300-350 sm. Keyingi yillarda muskul biopsiyasiga eʼtibor beri-layapti. Maʼlumki muskul to’qimasini tuzilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Tez qisqaradigan muskullar sprint ushun 90%. Skelet muskul ko’ndalang kesim. Stayerlarda sekin qisqaradigan muskul tolalari ko’p 80-90 % ni tashkil etadi. Dastlabki tanlashda- pedagogik testlar ko’p qo’llaniladi. Testlar tezkorlikni, harakat uygʼunligini, chidamlilikni, aerob va anaerob imkoniyatlarini tekshirish bilan bogʼliq. Pasport va biologik yoshni aniqlash muhim masalalardan biridir. Jinsiy organlarni tez rivojlanishi tezkor yaxshi natijalarga olib keladi, keyinchalik esa yaxshi natija bermaydi. Dunyo miqyosida 16- 17 yoshdagi sportchilarni kech rivojlanganlarini tanlash ham mavjud. Jinsiy organlarning yosh yetilishi-qizlarda 8-9, bolalarda 10 o’rtashasi: 10-11, bolalarda 12-13 yoshda. Kech rivojlanishi: qizlarda 13 yoshdan keyin, o’gʼil bolalarda 15 yoshdan keyin. Ruhiy ko’rsatkichlar ham katta ahamiyatga ega: shugʼillanishga ehtij mashq bajarishda yaxshi bahoga intilish qo’rqmaslik va h.k. Dastlabki tanlashda - sportdagi natija kriteriya bo’la olmaydi. Yoshlar butun ittifoq musobaqalardan yutganlari har 19 – o’rtacha sobiq SSSR gʼolibi: Yevropa chempionining har 52 - olimpiada o’yinlarining gʼolibi 120 tadan bittasidir. Ko’p yillik tayyorgarlikni 2 - 3 bosqichida tanlash Vazifalari - yuqori sport natijalarini ko’rsata oladigan qobiliyatli sportchilarni, individual imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshira oladigan sportchilarni tanlash. Bu bosqishda morfologik xususiyatlar katta ahamiyatga ega. Har xil turlariga, har xil morfologik tuzilishiga bu xususiyatlar nasldan o’tadi. Kishilarni doimiy ravishda sport mashgʼulotlariga jalb qilish, ularni qiziqishi va shaxsiy natijalari, shu yoki boshqa sport turlarining maxsus xususiyatlariga hamda individual qobiliyatiga bogʼliqdir. Har bir kishi sport turini tanlashda, individual xususiyatlarini ko’pchilik qismi shu sport turining talablariga mos kelishi, sport orientasiyasining mohiyatini tashkil qiladi. Sport orientasiyasi esa, ko’pincha bolalar va o’smirlar hamda ommaviy sport bilan bogʼliq. Sport orientasiyasini yo’lga qo’yilishi qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, shunchalik sport turiga tanlov o’tkazish samaraliroq bo’ladi. Chamalash va tanlovni texnologiyasi bir xil bo’lib qaysi yo’l bilan yondoshish bo’yicha bir biridan chamalash ma’lum inson ushun sport turini aniqlasa, tanlov jarayonida esa sport kishini tanlaydi. Sport tanlovi - yuqori darajali qobiliyatga ega bo’lgan shu sport turining maxsus talablariga javob beradigan tadbirlarning majmuasidir. Tanlov ko’p yillik va yillik tayyorgarlik tizimiga kirib, sifat tomonidan o’zgarib boradi va uning hamma davrlarida ishtirok etib, to’rt bosqichdan iborat bo’ladi. Birinshi bosqich - aniq sport turini aniqlash egallash uchun potensial qobiliyatga ega bo’lgan (ko’pincha 9-14 yoshli ) bolalarni boshlangʼich tanlovi. Tashkiliy tomondan tanlov uch davr bo’yicha o’tkaziladi. Download 152.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling