” fakulteti Ro’yxatga olindi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#233107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
MO-61guruhi talabasi Ilhomov Eldor

 

 


 

Kirish 

Agarda  kasallik  tarqalishi  AQSh,  Hindiston,  Buyuk  Britaniya,  Kanada  va 

Braziliyada  ham  avj  olib  ketsa,  bu  jahondagi  eng  yirik  iqtisodiyotga  ega  o‘nta 

davlatning iqtisodiy o‘sishi sekinlashishini bildiradi. 

Yangi koronavirus epidemiyasi sababli jahon iqtisodiyoti koronavirus sababli 

2,7 trln dollargacha zarar ko‘rishi mumkin, deb ogohlantirdi Bloomberg ekspertlari. 

Ular ushbu kasallik rivojlanishi bilan bog‘liq to‘rt xil ssenariyni tasvirladi.  

Eng  yaxshi  ssenariyga  ko‘ra,  Xitoy  kasallik  ustidan  tezkorlik  bilan  nazorat 

o‘rnatadi va ikkinchi chorakda uning oqibatlarini bartaraf etadi. Jahon iqtisodiyotiga 

koronavirus ta'siri sezilarsiz bo‘ladi, deb taxmin qilmoqda ekspertlar. 

Ikkinchi ssenariyga ko‘ra, Xitoy koronavirusni darhol bartaraf eta olmaydi. 

Shu  bilan  birga,  Janubiy  Koreya,  Italiya,  Yaponiya,  Fransiya  va  Germaniyada 

kasallikning  avj  olishi  bu  davlatlarning  iqtisodiyotiga  zarar  yetkazadi,  deya  qayd 

etadi  ekspertlar.  Ularning  hisob-kitobiga  ko‘ra,  mazkur  holatda  2020  yilda 

iqtisodiyotning o‘sishi ilgari taxmin qilinganidek 3,1 emas, 2,2 foiz bo‘ladi. 

Agarda  kasallik  tarqalishi  AQSh,  Hindiston,  Buyuk  Britaniya,  Kanada  va 

Braziliyada  ham  avj  olib  ketsa,  bu  jahondagi  eng  yirik  iqtisodiyotga  ega  o‘nta 

davlatning  iqtisodiy  o‘sishi  sekinlashishini  bildiradi,  chunki  ular  kuchlarini  virus 

tarqalishiga  qarshi  kurashga  safarbar  etadi.  U  holda  global  iqtisodiyotning  2020 

yildagi o‘sish sur'ati 1,2 foizgacha tushadi, Yevrohudud va Yaponiya retsessiyaga 

duchor bo‘ladi. 

Ekspertlar  to‘rtinchi  ssenariyda  eng  salbiy  holatni  taxmin  qilmoqda.  Virus 

barcha  mamlakatlarga  tarqaladigan  bo‘lsa,  jahon  iqtisodiyoti  2,7  trln  dollargacha 

zarar ko‘radi, o‘sish esa nolga teng bo‘ladi. 

Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkilotining  ma'lumotiga  ko‘ra  esa, 

koronavirus  keng  miqyosda  tarqaladigan  bo‘lsa,  2020  yilda  global  global 

iqtisodiyotning o‘sishi ikki baravarga sekinlashib, 1,4-1,5 foizni tashkil etadi.  




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling