” fanidan kurs ishi mavzu


Download 224.81 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi224.81 Kb.
#1010114
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28-kredit


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
________________” FAKULTET
_______________” KAFEDRASI
___________” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: ___________________________________________________
______ - GURUHI TALABASI
_________________________________

RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2022 y.
_________
Imzo _________




Kurs ishi himoyaga tavsiya qilingan sana
____” _______2022 y.
Ilmiy rahbar __________
Imzo _______________

Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2022 y.


Baho «_____» _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


__________________


_________________




TOSHKENT – 2022

Mavzu: Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash va uning afzalliklari
Mundarija
I KIRISH
II ASOSIY QISM
1.Kredit liniyalarini berish va to'lash xususiyatlari.
2.Kredit liniyasini ochish va hisoblash misoli.
3.Qarz chegarasi bilan kredit liniyasining afzalliklari.
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul
munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy
taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va
boshqarilib boriladigan iqtisoddir.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish
dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur
o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati
tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan
olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul
muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini
tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi
muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va
tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik
mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga
kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday
tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?
Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni
rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan
foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud.
Yoar bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining
rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan.
Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul,
kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar
tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.
Mazkur darslik “Pul, kredit va banklar” kursining o’quv dasturi asosida
yaratilgan bo’lib, ushbu yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga
oladi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq mustaqil yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus bo’limi – pul, kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy munosabatlarning ifodasini o’zida aks ettiradi.

Download 224.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling