” Fizika va texnologik ta’lim fakulteti dekani PhD. H. Sodiqov “ ” 2022 y. “Fizika
Taqrizchi JDPI “ Fizika va uni o’qitish metodikasi”
Download 327 Kb.
|
BMI yangi 2
Taqrizchi
JDPI “ Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi J.Xatamov Mundarija:
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan global muammolarni yechish usullari ya’ni jahon termoyadro urushini oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta’minlash, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqttisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez su’ratlar bilan ko’payayotganligini tartibga solish, atrof- muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish, insoniyatni kerakli resurslar- oziq-ovqat sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan ta’minlash, fan-texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo’l qo’ymaslik kabi muammolar yechimini kutayotgan dolzarb masalalar hisoblanadi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda planetamizda har xil yoqilg’ilarni yoqish sababli har yili 10.1 ,mlrd tonna kislorod sarf bo’lmoqda, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning 70% I , chuchuk suvlarning 20% i o’zlashtirilib foydalanilmoqda, o’rmonlar egallagan maydonlar yildan-yilga kamayib bormoqda , cho’l zonalarining maydoni oshib bormoqda, havo harorati yildan-yilga ko’tarilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi har yili o’sib borib, tabiiy zaxiralardan xo’jalik maqsadlarida yanada ko’proq foydalanishga to’g’ri kelmoqda. Agar insoniyat hozirgi taraqqiyot yo’lidan borishni davom ettirsa uning xolati ikki-uch avlod yashab o’tgandan so’ng yuz berishi ehtimoldan holi emas. Tabiat bilan jamiyat bir-biri bilan o’zaro uzviy aloqada, chambarchas bog’liqlikda bo’ladi. Bu muvozanatning buzilishi salbiy holatlarni keltirib chiqarib, tirik mavjudotning yashashiga xavf soladi. Tabiat obektlaridan foydalanishda shunday vositalarni topish , ularni qonunlarda o’rnatish, amaliyotga qo’llash lozimki, bu bir tomondan, xo’jalik faoliyti taraqqiyotini ta’min etsin, ikkinchi tomondan, tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilsin. Bu muammolarga bee’tibor bo’lish O’zbekiston va O’zbekiston xalqiga ham qimmatga tushishi mumkin. I.Karimovning ta’kidlashicha, xozirgi ekologik muammolarga quyidagilar kiradi: Yer yuzida tuproq nurab, eroziyaga uchrab , sho’rlanib, xosildorligi kamayyapdi. O’rmonlar kesilib ketmoqda, yong’inlarda yonib ketyapti. Tuzli yomg’irlar yog’ishi kuchaymoqda. Atmosfera benihoya ifloslanmoqda.Azon qatlamida tuynuklar ochilmoqda. Suvlar haddan ziyod ifloslanmoqda. Axolining yildan-yilga ko’payib, 5 mlrd dan ortib unga kerakli narsalarni ishlab chiqarishga energiya sarflanib, xavo zaxarlanmoqda. Yer shari iqlimining o’rtacha xarorati ortmoqda. Dunyoga radiatsiya zarralari chiqaradigan qurol-yarog’lar, ximik moddalar ishlab chiqarish, ularni sinash kengaymoqda. Avtomashinalar tobora ko’payib , zaxarli tutunlar chiqishi ortmoqda va h.k Xavflarning bir qismi respublikamizda ham mavjud . Yo’qlarini esa dunyoning ekologik muammolari bosi ketyapdi. Demak, shuning uchun ham bu mavzuni o’rganish nihoyatda muhimdir. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling