” Fizika va texnologik ta’lim fakulteti dekani PhD. H. Sodiqov “ ” 2022 y. “Fizika
Download 327 Kb.
|
BMI yangi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
- Ilmiy rahbar: O’.I.B prorektor B.Q.To’xtamishev
- Kafedra mudiri
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti “Himoya qilishga ruxsat beraman” Fizika va texnologik ta’lim fakulteti dekani ______________ PhD. H.Sodiqov “______” _____________ 2022 y. “FIZIKA va uni O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI 5110200 –Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun ,,XXI asrning global muammolari mavzusini mustaqil o’rganish” mavzusida bajarilgan Bitiruv malakaviy ishi Bajaruvchi: Abduvaitova Durdona Ilmiy rahbar: O’.I.B prorektor B.Q.To’xtamishev Ishni himoyaga tavsiya etaman: Ilmiy rahbar: _________ O’.I.B prorektor B.Q.To’xtamishev Taqrizchilar: _________o’qit. J.Hotamov _________JPI.o’qit. F.Yuldoshev BMI “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi yig`ilishi qarori bilan (Qaror № ___ ________ 2022y) himoyaga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: ___________ prof. Bekmirzayev R.N. JIZZAX – 2022 A.Qodiriy nomli JDPI fizika va texnologik ta’lim fakulteti fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bakalavriat bosqichi bitiruvchisi Abduvaitova Durdonaning “XXI asrning global muammolari mavzusini mustaqil o’rganish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning XULOSASI Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bakalavriat bosqichi bitiruvchisi Abduvaitova Durdonaning “ XXI asrning global muammolari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi asosan yer yuzidagi global muammolar va ularni yechimini topish yo’lida olib borilayotgan sa’y harakatlar haqida hamda bu muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni oldini olishga bag’ishlangan bo’lib, ish “ Kirish”, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobida global muammolar , globallashuv haqida umumiy ma’lumotlar , insonlarning yashash tarsi, ekologiyaga bo’lgan munosabati hamda turli energiya bilan bog’lanib ketgan muammolar xususida batafsil so’z yuritiladi. Bitiruv ishining ikkinchi bobi zamonaviy dunyoning asosiy muammolariga bag’ishlanib, unda xalqaro terrorizm tahdidi , ekologik muammolar, ijtimoiy muammolar jumladan qashshoqlik , ochlik, foydali resurslarning yetishmasligi, ishsizlarning ko’payishi va qiyin sharoitlarda yashashga majbur bo’layotgan insonlar taqdiri yoritib berilgan. Ishning so’ngi bobida esa global muammolarni yechishning oqilona yechimlari, jumladan shu sohada dunyo bo’yicha olib borilayotgan islohotlar, birdamlikka chorlovchi tabiatni asrash borasida qilinayotgan harakatlar, uyushmalar, tashkilotlar qolaversa ko’ngilli insonlarning yordami bilan qilinayotgan ko’plab ezgu ishlar borasida so’z boradi. Bundan tashqari global muammo bo’lib bizga ko’rinayotganlarni ilm yo’li bilan bartaraf etish mumkinligi haqida ushbu bobda tushunchalar berilgan. Abduvaitova Durdona bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida o’zining ushbu mavzudan chuqur va puxta bilimga ega ekanligini ko’rsatdi, o’qish davomida ham namunali xulqi va doimo “a’lo” baholarga o’qishi bilan ajralib turganligini ta’kidlash joizdir. Ishning kamchiligi sifatida ba’zi juz’iy xatoliklar va rasmiylashtirishdagi kamchiliklarni ko’rsatish mumkin. Ammo bu kamchiliklar ishning umumiy saviyasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Mazkur ish bitiruv malakaviy ishlariga qo’yilgan Davlat Ta’lim Standartlariga to’liq javob beradi deb hisoblayman va uni ijobiy baholab, himoyaga tavsiya etaman. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling