Tadqiqot ob’ekti va qo’llaniladigan metodlar
Tadqiqot ob’ekti sifatida usluksiz ta’lim tizimining umumiy o’rta ta’lim maktablari 9-sinfida Informatika va
axborot texnologiyalari va Matematika o’quv predmeti mavzulari ma'lumotlarni qanday qabul qilishni va bu
ma'lumotlarni o‘quvchilar uchun mantiqiy shaklda taqdim qilishni o‘rgatishdir. Ma’lumotlarni vizual tarzda taqdim etish
uchun turli xil texnikalar ishlab chiqilgan, ammo ushbu maqolada biz Pythonda bir nechta ma’lumotlarni vizualizatsiya
qilishni o‘rganish jarayoni olindi. Tadqiqot ishida tavsiflash, qiyoslash, kompleks va funktsional tahlil metodlaridan
foydalanildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili
Python dasturlash tili Gvido Van Rassum tomonidan birinchi marotaba 1991-yil yaratilgan boʻlib, u umumiy-
maqsadli dasturlash uchun keng ishlatiladigan yuqori darajali dasturlash tili hisoblanadi. Python dasturlash tili dinamik
turdagi tizim, avtomatik xotira boshqaruvi ega va u obyektga yo’naltirilgan, imperativ, funksional dasturlash va
prosessual stildagi ko’pgina dasturlash paradigmalarini ham qo’llab-quvvatlaydi. Uning katta hamda keng qamrovli
standard kutubxonalari mavjud va xozirgi kunda python keng xamjamiyatga ega chunki Python eng
mashhur tillardan biri , u ma'lumotlarni tahlil qilish, mashinani o'rganish, va veb-ishlab chiqishda, jumladan, o'yinlarni
ishlab chiqishda qo'llaniladi [1].
Python dasturlash muhitida ishlashdan oldin siz bir qancha ko‘nikmalarga ega bo‘lsangiz foydadan xoli bo‘lmaydi
siz Command promt yoki windows Powershell bilan ishlash uchun keling boshlang‘ich buyruqlarni ko‘rib chiqaylik:
cd - katalogga o‘ting;
cd .. - yuqoridagi katalogga o‘ting;
Ls - joriy katalogdagi fayllar ro'yxatini ko'rsatish;
pwd - joriy katalog nomini ekranga chiqarish;
mkdir -katalog yaratish
touch -yangi fayl yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |