№ hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 ngkst
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Bajardi
: Ochilova D.U. energiyaning katta sarflari ionlarning elektrostatik o'zaro ta'sirini yengish zarurligi va ularning solvatlanmagan holatdagi barqaror emasligi bilan belgilangan. Uglevodorodlarning termik parchalanishining radikal–zanjirli jarayoni barcha zanjirli jarayonlar kabi uchta bosqichdan iborat: zanjirni initsirlash, zanjirning davomi, zanjirning uzilishi. Atmosfera bosimida 1 sm 3 gazda taxminan 1019, xuddi shu hajmdagi suyuqlikda esa taxminan 1021 molekula mavjud. Gazda 10 MPa bosim ostida molekulalarning kontsentratsiyasi qancha bo'lsa suyuqlikdagi molekulalarning kontsentratsiyasi ham xuddi shuncha bo'ladi. Shuning uchun reaksiyalarni suyuq fazada o'tkazish mono va bimolekulyar reaksiyalar tezligining nisbati nuqtai–nazaridan ularni gazli fazada yuqori bosim ostida o'tkazilganiga barobar bo'ladi. Natijada haroratlar teng bo'lganda uglevodorodlar va neft mahsulotlarining suyuq fazali termik reaksiyasiyalari kondensatsiya mahsulotlarining ancha ko'p chiqishiga va parchalanish mahsulotlarining kichik chiqishiga olib keladi. Suyuq fazadagi uglevodorodlarning o'zgarishlarining yig'indi natijasiga ma'lum darajadagi «katak effekti» va sol`vatlanish ta'sir ko'rsatadi. Gaz fazada uglevodorod molekulalari radikallarga parchalanganda ular shu zumdayoq uzoqqa uchib ketadi. Suyuq fazada radikallar qo'shni molekulalardan tuzilgan «katak» bilan qurshab olingan. Radikallarning kinetik mustaqil zarrachalar bo'ladigan masofaga yiroqlashtirish uchun qo'shimcha aktivatsion to'siqni yengish kerak bo'ladi, bu aktivatsion to'siq katakdan radikalni diffuziyasining faollanish energiyasiga tengdir. Boshqa tomondan esa rekombinatsiyalash uchun ham radikallar katakli effektni yengishi kerak. Natijada suyuqlikdagi radikallarning yig'indi kontsentratsiyasi gaz fazasidagiday bo'ladi. Ammo, agar radikallar massasi va faolligi jihatidan katta farq qilsa unda katak effekti radikallarning statsionar kontsentratsiyasini o'zgartirishi mumkin, bu esa gaz fazadagi reaksiyaga nisbatan suyuq fazali reaksiyaning faollanish energiyasining o'zgarishiga olib keladi. Termodestruktsiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta`sirida parchalanishini tushuniladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling