JISMONIY SHAXSLARGA BANK PLASTIK KARTOCHKASI ORQALI OVERDRAFT KREDITI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2900]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-son “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-son “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga hamda 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-iyun,
12/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 10-iyundagi 12/4-son qaroriga
ILOVA
Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-son “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-son “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga hamda 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda pensiya ko‘rinishidagi doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga (mijozlarga) milliy valyutadagi bank plastik kartochkalari orqali overdraft krediti berish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |