Talabaning FISh ________________yo’nalish va guruhi__________________
4-variant
1.Iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik xususiyatlarga ko‘ra raqobatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qo‘llanish qiyin bo‘lgan sohalar qanday nomlanadi?
A). davlat monopoliyalari;
B). tabiiy monopoliyalar;
S). iqtisodiy monopoliyalar;
D). sun’iy monopoliyalar;
2.Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar qanday nom bilan ataladi?
A). dotatsion narx;
B). ulgurji narx;
S). demping narx;
D). nufuzli narx;
3.Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi?
A). narx ko‘rsatkichi;
B). narx pariteti (nisbati);
S). narx diapozoni;
D). narx chegarasi;
4.“Narx tovar qiymatining puldagi ifodasi” degan qarash qaysi oqimga tegishli?
A). marjinalizm;
B). neoklassik (A. Marshall);
S). merkantilizm;
D). klassik (A. Smit, D. Rikardo, J.S. Mill);
5.Egasi aksionerlik jamiyati kapitaliga hissasini qo‘shganligi, uning foydasidan devidend shaklida daromad olish, korxonani boshqarishda qatnashish va jamiyat tugatilganda uning mulkiga sheriklik huquqi borligidan guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz qanday nomlanadi?
A). aksiya;
B). obligatsiya;
S). sertifikat;
D). Chek;
6.Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga kirmaydi?
A). ishchilarning malakasini oshirish;
B). fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish;
S). yer, ishlab chiqarish maydonini ko‘paytirish;
D). mehnat unumdorligini oshirish;
7.Iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladigan omilni aniqlang:
A). investitsiyalarning ko‘payishi;
B). mehnat unumdorligining ortishi;
S). atrof-muhitni himoya qilishga ketadigan xarajatlarning ortishi;
D). malaka va ta’lim uchun xarajatlarning ortishi;
8.Iqtisodiy o‘sish nima?
A). yaratilgan tovarlar va xizmatlar mutloq va nisbiy hajmining ko‘payishi;
B). ishlab chiqarishning takomillashishi;
S). ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishning o‘sishi;
D). yuqoridagilarning barchasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |