9.Intellektual boylik turini toping?
A). davlat zahiralari;
B). mualliflik huquqi;
S). aholi mol–mulki;
D). moddiy zahira va ehtiyotlar;
10.Umumiy, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatlik bu:
A). yalpi talab va yalpi taklif, yengil sanoat bilan oziq-ovqat sanoati o‘rtasida muvozanat;
B). og‘ir sanoat bilan yengil sanoat o‘rtasidagi muvozanat, ish kuchiga talab va taklif muvozanati;
S). moliyaviy resurslar bilan ishlab chiqarish, ishlab chiqarish bilan daromad o‘rtasidagi muvozanatdir;
D). yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlik;
11.Quyidagilardan qaysi birini ko‘pincha iqtisodiyotga «in’eksiya» deb ataladi?
A). investitsiya;
B). jamg‘arma;
S). soliqlar;
D). import;
12.Quyidagi mutanosibliklardan qaysi biri umumiqtisodiy xarakterga ega?
A). sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi;
B). qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi;
S). YaMM va uning harakat shakllari o‘rtasidagi;
D). ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi sohalar o‘rtasidagi;
13.Iqtisodiy barqarorlikka erishishning quyidagi mezonlaridan qaysi biri bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganlik xarakterini ifodalaydi.
A). kuchli ijtimoiy siyosatni ta’minlash, aholi turmush darajasini mumkin qadar yaxshilash;
B). pulning qadrsizlanishini to‘xtatish, to‘lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash;
S). ustuvor tarmoqlarni yuksaltirishga qulay sharoitlarni vujudga keltirish;
D). moliyaviy barqarorlikni mumkin bo‘lgan darajada ta’minlash;
14.Jamiyat ehtiyojlari, uning iqtisodiy imkoniyatlari va ishlab chiqarish natijalarining miqdoran, hamda tarkiban mos kelishlik darajasi–bu:
A). yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligi;
B). umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik;
S). ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari muvozanatligi;
D). iste’mol va ishlab chiqarish muvozanati;
Do'stlaringiz bilan baham: |