Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati
Reja
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga tasir qiluvchi omillar. Talab qonuni
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga tasir qiluvchi omillar. Taklif qonuni
3. Talab miqdori va taklif miqdori ortasidagi nisbatning ozgarishi. Bozor muvozanati
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga tasir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalarga bolgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Lekin u taraqqiyotning turli davrlarida oz shaklini ozgartirib turishi mumkin. Xususan, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy korinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan taminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab bu pul bilan taminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taminlanmasa, u «xohish», «istak» bolib qolaveradi.
Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boladi, chunki narx ozgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham ozgaradi. Shu bogliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha tarif berish mumkin: malum vaqt oraligida, narxlarning mavjud darajasida istemolchilarning tovar va xizmatlar malum turlarini sotib olishga qodir bolgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bolib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bolgan talabning ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi.
Har bir istemolchining, yani alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bolgan talabi yakka talab deyiladi.Bir qancha (kopchilik) istemolchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bolgan talablari yigindisi bozor talabi deyiladi.
Yakka talab ham bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bolib turmaydi, balki ozgaruvchan boladi. Talab miqdorining ozgarishiga bir qancha omillar tasir qiladi. Ularning ichida eng kop tasir qiladigan omil narx omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |