7.2-chizma. Engel egri chizigi
Ozaro bogliq tovarlar narxi ozgarishining talabga tasirini organishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq boladi: 1) ozaro bir-birini almashtiruvchi yoki orinbosar tovarlar; 2) ozaro bir-birini toldiruvchi tovarlar.
Ozaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi ozgarishi bilan boshqasiga bolgan talabning ozgarishi togri bogliqlikda boladi. Masalan, sariyog narxining oshishi margaringa bolgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog narxining pasayishi esa margaringa bolgan talabni kamaytiradi.
Ozaro bir-birini toldiruvchi tovarlardan birining narxi ozgarishi bilan boshqasiga bolgan talabning ozgarishi teskari bogliqlikda boladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bolgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bolgan talab oshadi.
5. Kelgusida istemolchi daromadlari, tovar narxi ozgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bolishi yoki bolmasligi kabi omillar talab hajmini ozgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi istemolchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning kopayishining kutilishi tovarlarga bolgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab boladi.
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga tasir qiluvchi omillar. Taklif qonuni
Bozor holatining ozgarishigaistemolchi yoki xaridorning munosabati ularning talabi orqali namoyon bolsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining munosabati taklif orqali namoyon boladi.
Malum vaqt oraligidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan malum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning ozgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining togri bogliqlikdagi ozgarishi taklif qonuni deyiladi.
Narx darajasi va taklif miqdori ortasidagi togridan-togri bogliqlikni korsatuvchi malumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizigini tasvirlash mumkin (7.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |