9-mavzu: avtomobilning yo`l to`siqlaridan o`tuvchanligi. Avtomobilning yurish ravonligi. Avtomobilning ekologik xususiyati. Reja


Download 379.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana08.05.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1444087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


9-MAVZU: AVTOMOBILNING YO`L TO`SIQLARIDAN 
O`TUVCHANLIGI. AVTOMOBILNING YURISH RAVONLIGI. 
AVTOMOBILNING EKOLOGIK XUSUSIYATI. 
Reja: 
 
1. 
Avtomobilning yo’l to`siklaridan o`tuvchanlik ko’rsatkichlari. 
O`tuvchanlikning geometrik ko’rsatkichlari. 
2. 
O`tuvchanlikning 
tayanch-tishlashish 
ko’rsatkichlari. 
Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning avtomobilning o`tuvchanligiga 
ta`siri. 
3. 
Avtomobilning yurish ravonligi ko’rsatkichlari. Avtomobilning 
tebranishi. Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlaning avtomobilning yurish 
ravonligiga ta`siri. 
4. 
Avtomobil tarsportini ekologikligi haqida tushuncha. Avtomobil 
transportini aholiga, ishlovchilarga va atrof muhitga zararli ta’siri. 
Avtomobillarni ekologikligiga ularning texnik xolatining ta’siri. Dvigatel 
chiqindi gazlarining zaharliligini kamaytirish yo`llari 
 
1. 
Avtomobilning yo’l to`siklaridan o`tuvchanlik ko’rsatkichlari. 
O`tuvchanlikning geometrik ko’rsatkichlari 
Avtomobilning o`tuvchanligi deb, uning og’ir yo’l sharoitida va yo’lsiz 
joylardan harakatlana olishiga aytiladi.
Avtomobilning harakati uning yo’l sharoitiga mos emasligi, g’ildiraklarining 
yo’l bilan tishlashishi yetarli emasligi, dvigatel quvvatining kamligi va boshqa 
sabablarga ko’ra yomonlashishn mumkin. Avtomobillar yo’l tusiklaridan 
o`tuvchanligiga karab uch gruppaga bo’linadi: 
1) normal o`tuvchan avtomobillar-oldingi o’qi yetakchi bulmagan ikki va 
uch o’qli (4x2, 6x4 tip) avtomobillar
2) 
yuqori o`tuvchan avtomobillar - hamma o’qlari yetakchi bo’lgan ikki 
va uch o’qli (4X4, 6X6 tip) avtomobillar; 
3) o`ta yuqori o`tuvchan avtomobillar - maxsus komponovka yoki 
konstro’qtsiyaga ega bo’lgan hamma o’qi yetakchi turt yoki undan kup o’qli 
hamda yarim gusenitsali va amfibiya avtomobillar. O`tuvchanlik ko’rsatkichlari 
geometrik va tortish yoki tayaich-tishlashish ko’rsatkichlariga borlik. Bundan 
tashkari, o`tuvchanlik xaydovchining malakasiga ham bog’liq. Shuning uchui 
avtomobilni loyixalash vaqtida uning qanday yo’l va ob- xavo sharoitlarida 
ishlashini hisobga olish kerak. 


 
O`tuvchanlikning geometrik ko’rsatkichlariga avtomobilning eng pastki 
nuqtasidan yo’l betigacha bo’lgan oralik h oldingi α va ketingi β o`tuvchanlik 
burchaklari; yo’l tusiklarining bo’ylama r
pr
va ko`ndalangi r
pop
radiuslari; 
o`tiladigan ostonaning maksimal balandligi kiradi. 
Avtomobilning eng pastki nuqtasi bilan yo’l oraligi N 42-rasmda 
ko’rsatilganidek o`lchanadi. Oldingi α va ketiigi β o`tuvchanlik orasidagi burchak 
avtomobilning oldingi va ketingi qismidagi eng chekka nuqtalaridan g’ildiraklarga 
o’tkazilgan o’rinma chiziq bilan gorizoital o’rtasidagi burchakdir.

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling