9-mavzu: avtomobilning yo`l to`siqlaridan o`tuvchanligi. Avtomobilning yurish ravonligi. Avtomobilning ekologik xususiyati. Reja


-rasm. Bir massali sistemaning tebranishi


Download 379.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana08.05.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1444087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
9.3-rasm. Bir massali sistemaning tebranishi. 
 Yuk kuygandan keyin esa uning og’irligi G kuch ta`sirida f
st
siljishiga ega 
bo’ladi (II xolat). Jismni muvozanatdan chikarish uchun prujina sikib, keyin qo`yib 
yuboriladi va uning erkin harakati hosil qilinadi. Agar shu tebranish lentaga yozib 
olinsa z
max
amplitudani, T esa tebranish davrini beradi. shu sxema uchun 
tebranishning differentsial tenglamasi quyidagicha ifodalanadi.: 


Md
2
z/d
t
2
+C z=0
 
Bu tenglama quyidagi yechisga ega: 
z=z
max
sin √c/m t, cm;
ω=√c/m bo’lgani uchun z
max
sin ω t 
bu yerda z, z
max
– tebranish amplitudalari; 
t-tebranish davri; 
ω-erkin tebranishning burchakli chastotasi; 
s-prujina bikrligi. 
Oxirgi (101) tenglamadan garmonik tebranishdagi yurish ravonligi 
o’lchamlarini aniqlash mumkin. Tebranish tezligi: 
v
a
=dz/dt= z
max
ω
2
cosω t, cm/c
tebranish tezlanishi: 
j=dz
2
/dt
2
= -z
max
ω
2
sinω t, cm/c

tebranishning o`sish tezligi: 
j=dz
3
/dt
3
= -z
max
ω
3
cosω t, cm/c

tebranish chastotasi: 
n=30/π√g/f≈300/f
ts
, tebranish/min
Oxirgi formulaga ko’ra osmaning statik defformatsiyasi f
ts
qanchalik katta 
bo’lsa, osma shunchalik yumshok bo’ladi, avtomobilning komfortabelligi esa 
ortadi. 
Yengil avtomobillar uchun f
ts
=100…250 mm. 
Yuk avtomobillari uchun f
ts
=60…120 mm. 
Avtobuslar uchun
f
ts
=100…200 mm. 
Avtomobil ko`p massali sistema bo’lgani uchun uning tebranishi juda 
murakkabdir. Qabul qilingan ekvivalent tebranish sistemasi ressoralangan massa t, 
ressoralanmagan t
1
, t
2
massalar va S
1
, S
2
bikrlikka ega bo’lgan osmalardan, S
sh1

S
sh2
bikrlikka ega bo’lgan shinalardan hamda K
a1
, K
a2
qarshilikli amortizatorlardan 
iborat; osma sharnirlari va ressora listlari o’rtasida kuro’q yoki yarim kuro’q, 
shinalarda esa molekulalararo ishqalanish mavjud. Kuzov va o’qlar oltita erkinlik 
darajasiga ega (uchta chiziqli va uchta burchakli). Tebranishga ta`sir etuvchi 
faktorlarnnng kupligi uni analitik usulda tekshirishni juda qiyinlashtiradi, shuning 
uchun avtomobilning konstruqtiv faktorlari soddalashtiriladi. Avtomobilning 
ressoralanmagan massalar miqdori ressoralangan massalar miqdorinipg 15...20% 
ni tashkil qiladi, ressoralar qattiqligi esa shinaniqidan 3...7 marta kam. Demak, 
ressoralanmagan 
massalarning 
erkin- 
tebranish 
chastotasi 
ressoralangan 
massalarnikidan katta bo’ladi. Shuning uchun ressoralanmagan massalarning 
kuzov tebranishiga ta`siri xisobga olinmaydi, osmaning elastik elementlari va shina 
bikrligi esa keltirilgan bikrlik bilan almashtiriladi. 
Osmaning keltirilgan bikrligi S
pr
deb, berilgan yuk ta`sirida haqiqiy osma 
kabi deformatsiyaga ega bo’lgan soxta elastik element bikrligiga aytiladi. 
Keltirilgan bikrlik quyidagicha aniqlanadi: 
S
pr
=S

S
sh
/ S
r
+S
sh
S
r, 
S
sh
— ressora va shinaning vertikal bikrligi. 
Ressoraning bikrligi shinaniqidan bir necha marta kichik bo’lgani uchun 
osmaning keltirilgan bikrligi ressoraniqidan 15,,.20 % kam bo’ladi, Avtomobillar 


oldingi va ketingi osmalarinnng bikrligi 200,-600 N/sm, shinasining bikrligi 
2000...4500 N/sm bo’ladi. 
Avtomobilning yurish ravonligini tekshirishni osonlashtnrish uchun uni ikkita 
erkinlik darajasiga ega sistema deb qabul qilish zarur: birinchisi—vertikal 
yo’nalishdagi tebranish; ikkinchisi—ko`ndalangi Y o’q atrofida vertikal tebranish. 
Ikkala xil tebranishlar birgalikda avtomobilning kishi organizmiga ta`sir etuvchi 
komfortli vaziyatni vujudga keltiradi. Avtomobilning vertikal tebranishi yumshok 
osma va amortizator bilan kamaytiriladi. Avtomobilning burchakli tebranishini esa 
osma konstro’qtsiyasini mo’qammallashtirish, avtomobil massalarini bo’ylama 
o’q, bo’yicha to’g’ri taqsimlash xisobiga kamaytirish mumkin.
Avtomobil tebranishiga yo’lning notekisligi katta ta`sir ko’rsatadi. Asfalt-
beton va tsement-beton yo’llarda balandligi 3...5 mm, uzunligi 8...10 m; balandligi 
10...12 mm va uzunligi 5...8 m tulkinlar bor. Yo’llar harakat intensivligi katta 
bo’lganda shunday tulkinsimon xolatga keladiva avtomobilning yurish ravonligini 
yomonlashtiradi. 
Avtomobil yurish qismining texnikaviy xolati yomonligi uning yurish 
ravonligiga ta`sir etadi. Agar ressora listlari orasida moy kam bo’lsa, ishqalanish 
kuchayib. tebranish chastotasi oshadi. Ishqalanish kuchayganda kuzov qattiq 
turtqilarni ham qabul kilib, uning tebranishi zurayadi. Agar amortizator salg’nigi 
yomon bo’lsa, uning moyi sizadi va tebranishni sundirish xususiyati yo’qoladi. 
Bunday amortnzatorli avtomobil notekis yo’ldan utgandan keyin ham ancha va o’q 
tebranishda davom etadi. Agar yo’ldagi notekisliklar takrorlansa va uning 
chastotasi erkin tebranish chastotasiga teng bo’lib qolsa, rezonans xodisasi ruy 
berishi mumkin. Natijada g’ildirak yo’l bilan kontaktini yo’qotib, yurish ravonligi, 
avtomobilning turg`unligi va boshqariluvchanligi yomonlashadi. 
Avtomobilning yurish ravonligi uning ustidagi yukka ham bog’liq. Yuk 
miqdori o’zgarishi bilan ressoralangan massa oshadi, avtomobilning og’irlik 
markazi pasayadi, osmaning elastik elementlari deformatsiyasi esa oshadi, Bu 
ayniqsa yuk avtomobillarida yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Shinaning elastikligi qanchalik yaxshi bo’lsa, u turtkilarni shunchalik yaxshi 
so`ndiradi. Shina elastikligi uning ichki bosimini kamaytirish hisobiga oshirilishi 
mumkin, lekin ichki bosim kamayganda shinaning yuk ko`tarish kuchi kamayadi, 
G’ildirashga qarshiligi esa kattalashadi. Shuning uchun shinalardagi bosim 
instruktsiyaga mos bo’lishi kerak. 

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling