3- amaliy mashg‘ulot Issiqlik tarmoqlarining pezometrik grafigini qurish
Download 110,66 Kb.
|
Амалий 3
3- Amaliy mashg‘ulot Issiqlik tarmoqlarining pezometrik grafigini qurish P’ezometrik grafikda issiqlik tarmog‘i va abonent sestemalarida bosimlarini yaqqol ko‘rish mumkin. Grafikda bosim, tashuvchi ustunning chiziqli birligida ifodalanadi, va N deb belgilaniladi. N - kattaligi bosim yoki kuchlanish tariqasida nomlash mumkin. H=P/Gm Bu yerda P - bosim, Gm kgs /m" - issiqlik tashuvchining solishtirma og‘irligi P’ezometrik bosimlar aniq bir nuqtada quvurning o‘qidan boshlab o‘lchanadi va buning natijasida xaqiqiy bosim aks ettiradi. Tarmoqning birorta P’ezometrik bosim nuqtasidagi to‘la bosim va geodezik sanoq o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi. H=H'-Z Bu yerda: H' - p’ezometrik bosim H –to‘la bosim Z – o‘rganilayotgan nuqtadagi quvurning geodezik balandligi. To‘la bosimlar shartli mollik darajasining umumiy chizig‘idan boshlab hisoblanadi. Ular quvurdagi xaqiqiy bosimni qayt ettira olmaydi. Chunki ular bosimning sestema geodizik sanog‘iga bog‘lik ekanini hisobga olmaydi. Tizimning aniq bir nuqtasidagi (aylanuvchi) uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlardagi bosimlar farqini egallagan bosim deb ataladi. Tizimda suv aylanishi mavjud bo‘lmasa, bu rejimning dinamik, agarda aylanish mavjud bo‘lmasa - statik rejim deb ataladi. Issiqlik ta’minotini sestemasi mustahkam va me’yorida ishlashini ta’minlash uchun undagi bosimni aniq bir chegarada ushlab turish kerak. Issiqlik ta’minoti tizimidagi, bosimlar rejimi quyidagi talablarga javob berish kerak: 1. Tizimning barcha nuqtalarida ortiqcha bosimni ta’minlash kerak. (atmosfera bosimidan yuqori) 2. Tarmoq nasoslarining so‘rib oluvchi tomonlarida bosim 0,5-1,0 dan kam bo‘lmasligi kerak. 3. Bosim uskunalarini mustahkamligi bo‘yicha mumkin bo‘lgan darajadan oshmasligi kerak. 4. Bosimlar suvni qaynab ketmasligini ta’minlash kerak. 5. Abonentga kirishdagi egallangan bosimlar mahalliy tizimidagi hisoblangan bosim yo‘qotishlardan kam bo‘lmasligi kerak. Issiqlik tarmog‘ida bosimni o‘zgarishlarini chegaralash uchun sistamaning bironta (yoki bir nechta) nuqtasida aniq bir bosim ushlab turiladi. Bunday nuqtani boshqariladigan bosim nuqtasi deb ataladi. Agarda aniq bir nuqtada bir xil bosim ushlab turilsa (dinamik va statik rejimlarda) bunday nuqtani daxilsiz nuqta deb ataladi. Issiqlik tarmoqlaridagi suv bosimi taqsimlanishini p’ezometrik grafik ko‘rinishida ko‘rsatish qulay. Grafikda issiqlik tarmog‘ini istalgan joyida tizim ega bo‘lgan bosimni aniqlash mumkin. Shu tufayli optimal gidravlik rejim tanlashda ko‘pgina omillarni (joy relefi, bino balandligi, iste’molchi tizimini o‘ziga hosliklari va h.k) hisobga olish imkonini beradi. P’ezometrik grafiklar yozgi va qishki rejim uchun quriladi. Issiqlik bilan ta’minlashning ochiq tizimida p’ezometrik grafik isitish tizimi ishlayotgan davr uchun issiq suv bilan ta’minlash tizimiga suv, suv berish va qaytish quvurlaridan maksimal miqdorda olingan holatlar uchun alohida qurilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘lchovni chiziqli birliklarida ko‘rsatilgan qiymati, bosim yoki p’ezometrik bosim deyiladi. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlaridagi p’ezometrik grafik tizim ega bo‘lgan ortiqcha bosimni ko‘rsatadi. Bu bosimni shuningdek manometr bilan o‘lchab, o‘lchov natijalarini metrda ifoda etish mumkin. P’ezometrik grafik qurganda quyidagi omillarni hisobga olish lozim:
P’ezometrik grafikni qurish quvur trassasi o‘tkazilgan joy profilini qurishdan boshlanadi. Qabul qilingan masshtab bo‘yicha profilida binolarning balandligi qo‘yiladi. P’ezometrik grafik qurishda o‘tkazilgan quvur o‘qlari shartli ravishda yer sathiga mos keladi deb qabul qilinadi. Bunday shartni qabul qilish, quvurlar yer ostidan o‘tkazilgan holda, quvur yotqizilgan chuqurlik 1-2 m dan ortiq bo‘lmaganligi sababli o‘zini oqlaydi. Bu holda quvurlardagi haqiqiy bosim qiymati ularni qancha chuqurlikda joylashgan qiymatiga ortadi. Statik bosim (S-S-chiziq), eng yuqori iste’molchiga nisbatan 3-5 m ortiq bosimda, barcha iste’molchilar suv bilan ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. Statik bosimda bu ikki chiziq orasidagi bosim 60 m dan ortmaydi va bu bosim isitish tizimiga o‘rnatilgan isitish jihozlari uchun xavf tug‘dirmaydi. Suv yuborish magistralining p’ezometrik grafigi quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) maksimal bosim quvur, suv qizdiruvchi va isituvchi jihozlar mustahkamligi bo‘yicha belgilangan bosimdan ortiq bo‘lmasligi lozim; b) minimal bosim suv qaynab ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Muhandislik kommunikatsiya tizimlarini ishlashi mukammaligi loyihalashning to‘g‘ri ekanligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Loyihalashda esa gidravlik hisob natijalari muhim ro’l o‘ynaydi. Download 110,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling