Qabul qildi : jumayev n. A
Download 95.28 Kb.
|
Tеrmоelektrik hоdisаlаr. alisher
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tеrmоelektrron emissiya va uning qo’llanilishi. Yarim o’tkazgichlarda elektr tоki. Qattiq jismlarning zоnalar nazariyasi.
MUSTAQIL ISHTermoelektirik hodisalar Bajardi: ERGASHOV A.F QABUL QILDI :. JUMAYEV N.A Reja Termoelektirk hodisalar Kоntаkt pоtеnsiаllаr аyirmаsi Tеrmоelektr effеkt. Tеrmоelektrron emissiya va uning qo’llanilishi. Yarim o’tkazgichlarda elektr tоki. Qattiq jismlarning zоnalar nazariyasi. Gazlarda elektr tоki. Mustaqil bo’lmagan razryad. 1. Termoelektrik hodisalar - ket maket ulangan turli qattiq oʻtkazgichlardan iborat elektr toki zanjirida elektr va issiqlik jarayonlari orasidagi oʻzaro bogʻlanishga asoslangan fizik gʻodisalar. Zeyebek, Peltye va Tomson effektlari Termoelektr hodisalar boʻlib, ular asosida bu hodisalarning miqdoriy kattaliklari aniklanadi. Har xil tarkibli va ulanish nuqtalarida temperatura turlicha boʻlgan ikki oʻtkazgichda elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) — termo e.yu.k. qosil boʻlishini nemis fizigi T.I. Zeyebek 1821 yilda kashf etgan. 1953 yilda termo e.yu.k.ning yana bir manbai — elektronlarning fononlarga ergashish effekti ochildi. Agar qattiq jismda tralar oʻzgarishi yuz bersa, u holda issiq tomondan sovuq tomonga harakat qilayotgan fononlar soni teskari tomonga harakatlanayotganlarga nisbatan koʻproq boʻladi. Natijada fononlar elektronlar bilan toʻqnashib, ularni ham oʻziga ergashtiradi va sovuq tomonda manfiy (issiq tomonda musbat) zaryad toʻplana boshlaydi. Bu jarayon hosil boʻlayotgan potensiallar ayirmasi fononlar harakatini muvozanat holatga keltirguncha davom etadi. Metallarda elektronlar konsentratsiyasi katta va u traga bogʻliq emas. Elektronlar energiyasi ham traga bogʻliq emas, shuning uchun metallarda termo e.yu.k. kichik. Yarimoʻtkazgichlarda va ularning qotishmalarida termo e.yu.k. katta qiymatga erishadi. Chunki ularda tok tashuvchilar konsentratsiyasi kichik va u traga bogʻliq boʻladi. Tok tashuvchilar oqimida issiklik muvozanatining buzilishi barcha Termoelektr hodisalarga sabab boʻladi. Barcha termoelektrik koeffitsiyentlarning mutlaq qiymati tok tashuvchilar konsentratsiyasi kamayishi bilan kattalashadi; shuning uchun ular yarimoʻtkazgichlarda metallar va ularning qotishyalaridagiga nisbatan oʻn va, hatto, yuz marta katta boʻladi. Termoelektr hodisalar tralarni oʻlchashda va issiklik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda qoʻllaniladi. Download 95.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling