AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYoSATI
REJA:
1.Aholi daromadlari va uning tarkibi.
2.Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
3.Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Aholi daromadlari – aholining ma`lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya`ni shaxsiy iste`mol va jamg`arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma`naviy ne`matlarni sotib olishga etadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosat.
1-§. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko’rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag`larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.
Lorents egri chizig`i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta`minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |