Taklif egri chizigi
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar
ham tasir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
Resurslar narxi;
Ishlab chiqarish texnologiyasi;
Soliq va subsidiyalar;
Boshqa tovarlar narxi;
Narx ozgarishining kutilishi;
Bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining ozgarishi taklif hajmining ozgarishini taqozo qiladi.
Taklifga tasir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif ortasida mustahkam ozaro bogliqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamayti-radi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatla-rini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral ogitlar narxining pasayishi bug-doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqa-rish binolari taklifini qisqartiradi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif kopayadi.
Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksariyat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj tolovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi.
Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining ozgarishi ham mazkur tovar taklifini ozgartiradi. Masalan, boshqa ozgarmas sharoitlarda qoy goshti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol goshti taklifining oshirilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |