Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati Reja Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni


Download 295.5 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1544992
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12 - Ma’ruza. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati

Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.

  • Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlabchiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.

    Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musav-virlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.


    3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati
    Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi.
    Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi.
    Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi.
    Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilamiz (7.4-rasm).


    Download 295.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling