“ Kompyuter injinering


Download 105.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi105.95 Kb.
#1574473
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kompyuterni tashkil etishi 10ball

Iqtisodiy qism 
Sichqoncha - kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini 
yengillashtiruvchi manipulyator. Kompyuterga axborotni kiritish qurilmasi 
hisoblanadi. Uning sichkoncha nomi tashqi ko’rinishidan kelib chiqqan. 
Sichqoncha qo’lga bemalol joylashuvchi bir necha tugmali quticha. 
Sichkoncha stol yoki maxsus yuzada(gilamchada) harakati tufayli 
ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Biror bir buyruqni 
bajarish uchun sichkonchaning mos tugmasi bosiladi. Bir xil amaliy 
dasturlar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan. 
Printerlar - ma’lumotlarni kog’ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha 
printerlar matnli ma’lumotni, ko’pchiligi esa rasm va grafiklarni ham 
kog’ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham 
bor.Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali (matritsali yoki nuqtali 
matritsali), siyohli(purkagichli) va lazerli. 
Matritsali printerlar keng tarqalgan printerlar turi bo’lib ,ularning 
ishlash qoidasi quydagicha: printerning yozish boshchasida vertikal 
tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va 
ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali kog’ozga uriladi natijada 
kog’ozda belgi yoki tasvir paydo bo’ladi. Ignalar soniga ko’ra bu printerlar 
bir necha turga bo’linadi: 9-ignali, 24-ignali, 48-ignali. 


 9-ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun yozishni 2 
yoki 4 yurishda bajarish kerak. 
24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. 
48 ignalisini yozuvni juda sifatli chiqaradi. 
Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha 
vaqt oraligi ketadi. 
Siyohli (purkagichli) printerlarda ma’lumotlar kog‘ozga maxsus 
qurilma(siyohdonlar) orqali purkalanayotgan siyoh tomchilari orqali chop 
qilinadi. Siyohli printerlar sifati lazerli printerlar sifatiga yaqin va narxi 
ham arzondir. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi 
kunda ko‘pchilik undan foydalanmoqda. Teligi bir bet uchun 15 dan 100 
sekundgacha vaqt oralig‘ini tashkil etadi. 
Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni 
ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan. Nusxa ko‘chiruvchi kseroksga 
yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug‘i yordamida 
elektrlandi. Bo‘yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi. Va tasvir 
hosil buladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm 
uchun ko‘proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi 
kunda minutiga 15-40 betgacha ma’lumotni chop etadigan lazerli printerlar 
mavjud. 

Download 105.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling