" kompyuter injiniringi " kafedrasi


Download 31.41 Kb.
bet1/2
Sana14.11.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1773082
  1   2
Bog'liq
” kafedrasi kurs ishi mavzu Kompyuter tarmoqlarini tashkil qili-fayllar.org


” kafedrasi kurs ishi mavzu: Kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish uchun apparat va dasruriy ta’minot Bajardi: anvarbekov. O. A ilmiy rahbar: tajibayev g. O

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

“ KOMPYUTER INJINIRINGI ” KAFEDRASI




KURS ISHI


Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish uchun apparat va dasruriy ta’minot
Bajardi: ANVARBEKOV .O.A
Ilmiy rahbar: TAJIBAYEV G. O.

Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish uchun apparat va dasruriy ta’minot

Reja:
Kirish
I BOB. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari haqida.

    1. -Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi.


    2. -Kompyuter tarmog’i


    3. -Kompyuter tarmog’i turlari




II BOB Kompyuter tarmog’i apparat va dasturiy ta’minoti
2.1 -Kompyuter tarmog’ining apparat ta`minoti
2.2 -Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta`minoti
2.3 -Bob boyicha xulosa
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilova

I BOB. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari haqida.
    1. - Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi.


Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri xisoblash resurslaridan hamkorlikda foydalanish, aloxida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Bunday tarmoqlarga sodda misol sifatida qattiq magnit disk (vinchester) yoki chop etish qurilmalari (printerlar)ning birgalikda ishlashini ko‘rish mumkin.

1969 yilda Len Kleynrok 3 ta talaba bilan interfeys va drayverlar ishlab chiqib ikkita kompyuterni bir - biri bilan ulab, ma’lumot almashishga erishishi kompyuter tarmog‘ini yaratilishiga asos bo‘lgan. Bir oy o‘tgandan so‘ng 4 ta, 1971 yilda esa ikki katta universitet kompyuterlarini birlashtirishga erishdilar. • 1969 – ARPA net – 4 ta kompyuterni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.

  • 1971 – tarmoqda 14 ta kompyuter. FTP – File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) qabul qilindi.


  • 1972 – Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.


  • 1974 – Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun TCP – Transmission Control Protocol taklif qilindi.


  • 1982 – ARPA net ikkiga bo‘lindi. Milnet (Military net – harbiy tarmoq) va Internet (tarmoqlararo tarmoq).


  • 1983 – TCP/IP – Transmission Control Protocol/Internet Protocol tarmoqlar orasida ma’lumotlarni almashish protokoli Internet uchun asos qilib olindi.


  • 1984 – Internetda domenlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi.


  • 1986 – Tezligi 56 kb/s bo‘lgan birinchi internet magistrali ishga tushdi.


  • 1991– Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam to‘ri)ga asos solindi. Internet hozirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi.


  • 1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi.


  • 1995 – birinchi veb brauzer Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.


  • 1996 – Google loyihasi ish boshladi.


  • 1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi.


  • 2007 – Mobil internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshlandi.




    1. -§Kompyuter tarmog’i


Kompyuter tarmog’i (Computer Net. Work, net–tarmoq, va work– ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.

Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi. Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.

    1. -Kompyuter tarmog’i turlar


Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:


Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;
Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;
Boshqarish usuli bo’yicha;
Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;
Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:

Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);


Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN– Metropolitan Area Network);
Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);
Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q. Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi (масштаби) bo’yicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi: : Bo’limlar tamog’i (сети отделов); : Kampuslar tarmog’i (сети кампусов); : Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).

Bosqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:


“Mijoz – server” Mijoz – server tarmoqlari (Клиент–сервер);
– Mijoz bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir. Yoki boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.
– Server–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki Server dastur) ob`ekt. Yoki boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi.
“Peer–to Peer” Peer (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.
Axborotlarni uzatish tezligi Ma`lumotlarni uzatishning kichik tezligi– tezligi bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 10 dan 100 gacha kilobit bo’ladi; kilobit Ma`lumotlarni uzatishning o’rtacha tezligi– tezligi bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi, birdan bir necha o’nlab megabit diapazonda bo’ladi; Ma`lumotlarni uzatishning yuqori tezligi– tezligi bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 100 dan yuqori megabit va megabit gegabit diapazonda bo’ladi.

Aloqa, ulanish topologiyasi bo’yicha kompyuter tarmoqlari quyidagicha bo’lish mumkin: " Umumiy shina topologiyasi (Bus– Общая шина ); " Yulduz topologiyasi (Star– Звезда); Yulduz topologiyasi " Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо); Halqa topologiyasi " Daraxtsimon tuzulmali topologiya (Tree– Древовидной); " Aralash tuzulmali topologiya (Mixed– Смешанной).


“Umumiy shina” topologiyasi Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)– шина bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.


“Yulduz” topologiyasi Yulduz topologiyasi (Star– Звезда)– Звезда bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.

“Halqa” topologiyasi Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо)– Кольцо bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan

Daraxtsimon tuzulmali topologiya

Aralash tuzulmali topologiya





Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling