???? Ko'narkan inson (Besh kunlik dunyo) Tug'ilgandan taajjubda, durli jahonda


Download 27 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi27 Kb.
#1184436
Bog'liq
she\'rlar

📜 Ko'narkan inson (Besh kunlik dunyo)

Tug'ilgandan taajjubda, durli jahonda
Tarbiyat-la, yosh niholdek unarkan inson
Anglab borar, goh zulmat, goh nurli jahonda
Alloh yozgan taqdiriga ko'narkan inson

Boyar bisot tafakkuri, o'spirin chog'in


Hayolotda, oyni ushlab ko'rarkan inson
Adashganda, yashirolmay ko'z qirin dog'in
Alloh yozgan taqdiriga ko'narkan inson

Yoshlik davr - o'tish davri, har kim har yo'lda


Necha savob, necha gunoh o'rarkan inson
Yig'gan hosil-xirmon ila qolsa gar cho'lda
Alloh yozgan taqdiriga ko'narkan inson

Yoshlik qolib ortda, kelsa o'rta yoshiga


Kuch-quvvatdan asta-sekin so'narkan inson
Sinovli yomgʻirdan tushsa tomchi boshiga
Alloh yozgan taqdiriga ko'narkan inson

Keksalik chogʻ - so'ngi bekat, bir qadam mahshar


Gunohkor, dod, Haqdan ma'zur so'rarkan inson
Tavba, afv-u, tazarruga ulgurmay aksar
Alloh yozgan taqdiriga ko'narkan inson

✍️Asror_Kadirov


📜Rasulullohni

Duolar qilaman, ko'zga olib yosh


Oydinli tunda-yu, chiqqanda quyosh
Har kuni, hamma vaqt yo'qlab Allohni
Tushimda ko'rsaydim Rasulullohni

Men juda xohlardim kunda, kun ora


Mayli, umr bo'yi faqat bir bora
Unda farishtalar qilar guvohni
Tushimda ko'rsaydim Rasulullohni

Musulmon bo'lib men angladim neni


Tahajjud qolib men tanladim neni
Farqlay olganimda savob-gunohni
Tushimda ko'rsaydim Rasulullohni

Islom ummatiga bo'lgandir nima


Namozsiz o'tar kun, farq qilmas juma
Chin muslim anglar bu fig'on-u ohni
Tushimda ko'rsaydim Rasulullohni

Shayton xiylasidan asra muslimni


Ilohiy tavbaga boshla muslimni
Qur'on-u hadisdan topsin panohni
Tushimda ko'rsaydim Rasulullohni

Allohni hamma vaqt yod etsa kimki


Savob-la dillarni shod etsa kimki
Iqror, tavbadan faryod etsa kimki
Tushida ko'rsin u Rasulullohni
✍️Asror_Kadirov
📜O'zga yori

Mengamas, boshqaga uzatgan qo'lin


Unga qaratilgan, bor e'tibori
Kun-u tun, bedor va intizor yo'lin
Poylashga haqqim yo'q, u o'zga yori

Hijron ham bearmon qiynasa meni


Boshim gangitsada, bu ishq xumori
Shunday holimda ham, mutlaqo uni
O'ylashga haqqim yo'q, u o'zga yori

Balki qutulolmam, armon, alamdan


Balki qazilgaydir, sevgim mozori
Ishqim ishq bilmagan, o'sha sanamdan
Kuylashga haqqim yo'q, u o'zga yori

Bu dardchil dilimning, ash'ordir do'sti


Bir zum yozay desam, jim ishq g'ubori
Qalam tilga kirib: "men qog'oz usti
"O'ynashga" haqqim yo'q, u o'zga yori"

Neni o'ylasada, men haqda o'yin


Shundan iboratdir, kamina bori
Hatto hayollarda, bo'yimga bo'yin
Bo'ylashga haqqim yo'q, u o'zga yori

Vaqt o'tib yengilsa, soch ham qirovga


Hamon qiynasada, bergan ozori
Shunda ham, u haqda boshqa birovga
So'ylashga haqqim yo'q, u o'zga yori

✍️Asror_Kadirov


📜Ayol

Bashar haqiqati - chiroy timsoli


Zohiran bahordek, aslida ayol
Bardoshi metinga tengdir misoli
Botinan kezar kuz faslida ayol

Bolasin o'ylaydi, o'zni unutar


Tuni bedor, farzand dastida ayol
Tungi alla bilan, u tongni kutar
Bordir zahmatkashlik, naslida ayol

Qayg'urar otasin, o'ylar onasin


Malika muruvvat qasrida ayol
Hatto yo'qsilning-da, tinglar nolasin
Yashaydi saxovat asrida ayol

Ayolga qiyosdir, palahmon toshi


Kun kelib, birovning xasmida ayol
Jufti halolining xam bo'lmas boshi
Bilsanggiz, muhabbat rasmida ayol

Ayolda ijobiy fazilatlar ko'p


Ha, yashar falakning ostida ayol
Bilamiz, samoda farishtalar ko'p
Hurlar falak uzra, rostida ayol

✍️ Asror_Kadirov

📜Ko'nmas ekan

O'tli muhabbatdan qolsahamki qahraton


Menda armon, unda bo'lsahamki qahramon
Samimiy ishq, muz uzra ham, hech so'nmas ekan
Ayriliqqa men ko'nsam ham, dil ko'nmas ekan

Firoq ila o'tmoqdadir, bazur onlarim


Ko'ngilga hech qiziq emas, bu farmonlarim
Uning uchun, ishqsiz o'tgan kun kunmas ekan
Ayriliqqa men ko'nsam ham, dil ko'nmas ekan

Gullar ko'p-u, ko'rolmaydi, bu ko'ngil zabun


Yo'llar ko'p-u yurolmaydi, bu ko'ngil zabun
O'zga dilda mendagi ishq, hech unmas ekan
Ayriliqqa men ko'nsam ham, dil ko'nmas ekan

Muhabbatga jinoyatsiz mahkumdir ko'ngil


Zindon ichra so'zlagay zor: "demanggiz ko'ngin"
"Sevgi uchun to'kilmagan xun xunmas" ekan
Ayriliqqa men ko'nsam ham, dil ko'nmas ekan

Bu sevgining ontlaridan, qayta olsa dil


"Kechdim ontdan" demoqlikni, ayta olsa dil
Tanim qaytgan, zabon aytgan, dil tonmas ekan
Ayriliqqa men ko'nsam ham, dil ko'nmas ekan
✍️Asror_Kadirov
📜Vatan madhi

Vatanim madh etmoq, juda mushkuldir


Neni bitsamki men, go'yo kam erur
Qog'oz uzra hatto, qalam tushkundir
Mos qavl topolmay, boshim xam erur

Yozishga urindim, rosa ko'p bora


Qog'ozlar o'zgardi, necha mingtalab
Tunlar so'z izladim bo'lib ovvora
Jismim arosatda, qalbda ming talab

Madhing chizolmaydi, bu arzon qalam


Hijolat tortmoqda, bo'yoq ham bunda
Tanim tinchlanolmas, qiynaydi alam
Tomirdagi qon ham, kam erur unda

Shoirlikka hech-da, yo'qdir da'voyim


Kimgadir hasadda, kimdandir o'tish
Otashin qalbimga, yolg'iz davoyim
Vatanim madhini yurakdan bitish.

✍️Asror_Kadirov
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling