• Mavzu. Ta’lim jarayoning mazmun mohiyati Didaktika haqida tushuncha


Download 345.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi345.69 Kb.
#214196
Bog'liq
Тақдимот-15



• Mavzu. Ta’lim jarayoning mazmun mohiyati 

Didaktika haqida tushuncha 

• Reja: 

• Ta’lim nazariyasi (didaktika) kaspiy 

pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. 

•  Didaktikaning maqsad  va vazifalari. 

• Ta’lim jarayonining mohiyati. 

• O‘qitish va o‘rganish jarayonlari tavsifi, o‘quv 

jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. 

• Talabalarni bilish faoliyati va ularning 

tuzilishi. 

• Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. 

 



Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos 

«o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy 

jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, 

qonuniyatlari, o‘qituvchi va talaba faoliyatlari, ta’limning 

maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim 

jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolarni 

tadqiq etadi.  

 

Bu tushunchani Yan Amos Komenskiy (1592-1670) 



“Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga olgan. 

“Didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, 

degan edi.  

Predmeti: ta’lim va tarbiya jarayonin  yaxlitligi

.

 




• Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli 

usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va 

ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va 

boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan 

boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir.  

• O‘qituvchi talabalarga o‘quv materiali mazmunini 

tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning 

faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, 

yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash 

lozimligini qayta ko‘rsatadi.  




maqsad 

O’qituvchi 

mazmun 

Ta’lim oluvchi 

shakl 

metod 


vosita 

natija 



• Ta’lim vazifalari.  

• Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta vazifasini 

ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va 

tarbiyalash

• Ta’lim berish vazifasi ta’lim jarayonining talabalarda 

bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. 

Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, 

tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy 

xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim 

jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini 

ifodalaydi.  




        O‘qitish va o‘rganish jarayoni. O‘qituvchi 

faoliyatining vazifasi va tuzilishi.  

        O‘qituvchi faoliyatining vazifasi talabaarning ijtimoiy 

borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan 

faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.  

• Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:  

• rejalashtirish; 

• tashkil etish; 

• boshqarish (rag‘batlantirish); 

• nazorat; 

• natijalarni baholash va tahlil qilish. 



     Talabaarni bilish faoliyati va  uning tuzilishi

1.O‘quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga 

o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish 

jarayoni tuzilishini  tasavvur etish 

     2.Talabalar tomonidan bilimlarni egallash : idrok 

etish, o‘quv materialini anglab yetish

mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini 

qo‘llash. 

      3.Tushunib yetganda yakunlash. 

 



 

•  Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni 

xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida 

amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, 

laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, Bilimlarni egallab 

olish bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir: 

• Bilimlarni egallash bosqichlari 

•   

•   

                                                             bilimlarini qo‘llash 

•   

•                                                    mustahkamlash 

•   

•                                   anglab yetish 

•                                

•         idrok etish 

•   


 


• Zamonaviy  qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:  

• Didaktik qonuniyatlar.  

• Gnoseologik qonuniyatlar.  

• Psixologik qonuniyatlar.  

• Kibernetik qonuniyatlar.  

• Sotsiologik qonuniyatlar.   

• Tashkiliy qonuniyatlar.  

• Sharq mutafakkirlari ham ta’lim tamoyillari va 

qonuniyatlari haqida o‘z fikr mulohazalarini 

bildirganlar 



Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling