Akademik A. N. Kolmogorovning o’qituvchilarga ancha ma’lum bo’lgan “О профессии математика” degan kitobida quyidagi matematik qobiliyatlar ajratib ko’rsatilgan: - Akademik A. N. Kolmogorovning o’qituvchilarga ancha ma’lum bo’lgan “О профессии математика” degan kitobida quyidagi matematik qobiliyatlar ajratib ko’rsatilgan:
- Hisoblash (algoritmlash) qobiliyati, bu, murakkab algebraik shakl almashtira bilish bilan harakterlanadi.
- Logik tafakkur qobiliyati – izchil, to’g’ri qisimlarga ajratilgan mantiqiy mulohaza san’ati.
- Fazoviy tasavvur yoki geometrik intuitsiya.
- Matematik qobiliyatning turli tomonlari, deydi A. N. Kolmogorov, turli kombinatsiyalarda uchrashi mumkin, bunda xatto bularda yolg’iz bittasining rivojlanishi ham bazan ajoyib natijalarga va kashfiyotlarga olib kelishi mumkin. Shuni ham aytish mumkinki, matematikaning turli tatbiqlari ham bu qobiliyatlarning bir xilda rivojlanishini talab qilmaydi: bir sohada hisoblash uchun yaxshi algoritmni topish muhimroq bo’lsa, boshqa sohalar uchun mantiqiy fikrlash bilish muhimdir. Shu sababli o’qituvchi o’quvchilarning turli matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng yo’l ochib berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |