• Основные стратегические варианты
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
1.4 -jadval
Zamonaviy marketing kompleksi elementlari 23 Model nomi Tarkibiy tuzilishi Muallifi 5R 4R+Packaging(qadoqlash) Dj.T. Rassel, U.R. Leyn 5R 4R+Preception(qabul qilish) N. Xart 6R 4R+Public opinion(jamoatchilik fikri)+Politics(siyosat) F. Kotler 7R 4R+People(insonlar)+Process(savdo jarayoni)+Physical Evidence(sharoit, firma stili) Ya. Ellvud 8R 7R+Pace(vaqt bo‘yicha muvofiqlik) L. Tvide 12R 8R+Permission(muloqotda ixtiyoriylik)+Paradigm(yangi qoidalar yaratish)+Pass along(bevosita marketing(og ‘izdan og ‘izga etkazish))+Practice(tajriba) S. Godin Marketing-miks keng qo‘llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, taqsimot miksi, kommunikativ miks. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uning bezatilishi, mahsulot sifati, o‘rovi, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar. Shartnoma miksida tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim ko‘rinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bunday chora-tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish va uni to‘lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi. Taqsimot miksida tovarni tayyorlanish joyidan oxirgi pirovard oluvchiga yetkazib berishni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati, iste’molchilar va bozorlar joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ miksning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish hamda tovar va xizmatni siljitish bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimining barcha obyektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan o‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling