• Основные стратегические варианты
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
Qisqacha xulosalar
Marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketingni vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri - bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turining ko‘payishi va tadbirkorlar o‘rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir. 24 Muhtojlik – kishini biron-bir yetishmovchlikni his etishidir. Ehtiyoj, shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab, bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj. Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. Tovar, bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: talabni o‘rganish; bozor tarkibini aniqlash; tovarni o‘rganish; raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab-istaklarini o‘rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketingni quyidagi konsepsiyalari mavjud: ishlab chiqarish konsepsiyasi; tovar konsepsiyasi; sotish konsepsiyasi; an’anaviy marketing konsepsiyasi; ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi; o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi. Marketing-miksni 1964-yilda birinchi bo‘lib Garvard biznes maktabi professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 5“P”deb nomlanib, ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion), inson(reorle). Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling